Тошкент автомобил-йўллар институти
Tezkor-kuch sifatlarini rivojlantirishda harakatli
Download 141.5 Kb.
|
Tezkorlik-kuch sifatlarini tarbiyalash (13-14) yoshli bolalarda
1.2. Tezkor-kuch sifatlarini rivojlantirishda harakatli
o‘yinlarni o‘rni Maqsadga muvofiq rejalashtirilgan jismoniy tayyorgarlik sport mahoratni shakllantirish va musobaqa davomida yuksak natijaga erishishida nihoyatda muhim omillardan biridir. Lekin, sport amaliyotida har doim ham rejalashtirilgan jismoniy mashqlar muvofiq harakat sifatlarini rivojlantirishda kutilgan natijani bermaslik holatlari tez – tez uchrab turadi. Buning asosiy sabablaridan biri mashg‘ulotlarda qo‘llanilgan u yoki bu jismoniy mashqlarning hajmi va shiddati hamda ushbu ko‘rsatkichlarni shug‘ullanuvchilarni organizmiga ta’sir etish darajasi (organizmni nagruzkaga bo‘lgan aks javobi riaksiyasi) ob’ektiv ravishda baholanmasligidadir. Shuning uchun ham o‘quv trenirovka jarayonida qo‘llanilayotgan jismoniy nagruzka (jismoniy mashqlar)ning shug‘ullanuvchilar organizmining funksional imkoniyatlariga muvofiqligi e’tiborga olinishi shu nagruzkani maqsadga muvofiq rejalashtirish imkoniyatini yaratadi. A.A.Ro‘ziev fikricha, mamlakatimiz miqiyosida, yosh kurashchilarning ko‘p yillik tayyorgarligini oqilona tashkil qilishni ilmiy asoslanib berish bunday tayyorgarlik qonuniyatlari va tamoyillari, tavsiflari hamda musobaqa faoliyati me’yorlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishni taqozo etadi. Bu trenirovka nagruzkalari me’yorlarini chuqur ishlab chiqish bilan bog‘liq. Malakali sportchilarni tayyorlashda harakat funksiyasining ikki, bir – biriga uzviy bog‘liq tomoniga alohida e’tibor qaratiladi: sportchini texnik – taktik malakalarga o‘rgatish va ularni takomillashtirish; sportchi jismoniy sifatlarini tanlangan sport turi xususiyatiga muvofiq ravishda tarbiyalash. V.N.Platonovning fikricha umumiy jismoniy tayyorgarlik tushunchasi bu sportchining harakat sifatlarini har tomonlama (garmonik ravishda) rivojlanganlik darajasini anglatadi. Masalaga shu tarzda yondoshish oddiy inson sog‘lig‘ini (sportchini ham) shakillantirish nuqtai nazaridan maqsadga muvofiqdir. Albatta, “Katta” sportda bu ham zarur. Lekin, bunday amaliyot va shunga asoslangan trenirovka uslubiyati malakali sportchilarni tayyorlash hamda yuksak musobaqa natijasiga erishish samarasini susaytirish ehtimoldan holi emas. Chunki, har bir sport turining o‘ziga hos va o‘ziga mos xususiyatlari mavjudligi tufayli bir sport turida ko‘proq kuch – tezkorlik sifati ustun tursa, ikkinchi bir sport turida chidamkorlik sifati yetakchi rolni o‘ynaydi yoki uchinchi bir sport turida egiluvchanlik sifati asosiy ahamiyatga ega bo‘ladi. Ammo, qayd etilgan fikrdan muayyan sport turida ma’lum jismoniy sifat juda zarur, boshqasi esa muhim emas degan xulosa kelib chiqmaydi. Aksincha, har bir sifatnig muayyan sport vaziyatida ozmi – ko‘pmi, lekin muhim “ulushi” mavjud bo‘ladi. Yuqorida qayd etilgan fikr va mulohazalar sportning kurash turlarida, ayniqsa, yaqqol ko‘zga tashlanadi. So‘ngi yillarga kelib olimlar o‘rtasida malakali sportchilarni tayyorlashda jismoniy tayyorgarlikni o‘rni, jumladan jismoniy sifatlarning bir-biriga uzviy bog‘liqligi hamda ularni sport mahoratiga bo‘lgan ta’siri haqidagi muammolar tobora katta qiziqish uyg‘otib bormoqda. Maktab yoshidagi bolalarning jismoniy tayyorgarligi hamda jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan extiyojini oshirish uchun maktab jismoniy tarbiya shakli, vosita va uslubiyatini takomillashtirish zaruriyatini tug‘diradi Hozirgi jahon sportidagi ko‘rsatkichlarni jadal ravishda yangilanib borayotganligi, yosh sportchilarni tayyorlashni yangi, yanada samarali vositalarini, uslublarini va shakllarini izlashni taqozo etadi. Yuqorida qayd etilgan ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, yosh kurashchilarni maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirish, ularning texnik malakalarini shakllanishida muhim ahamiyat kashf etadi. Demak, yuqori malakali kurashchilar tayyorlashda maxsus jismoniy sifatlar ularning asosiy o‘yin malakalarini takomillashishida muhim o‘rinni egallar ekan. Avvaldan isbot qilinganki, kuch va tezkorlik sifatlarini o‘zaro muvofiq tarzda shakllantira borish sportchini tayyorgarligaga ijobiy ta’sir e’tadi. Malakali kurashchilarni tayyorlashda umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasining beqiyos ahamiyatini ta’kidlab, ushbu jarayonni texnik mahoratni shakllanishida asosiy omil bo‘lib xizmat qilishini ko‘rsatib o‘tganlar. Mualliflar o‘zbekcha milliy kurash bilan shug‘ullanuvchi sportchilarda barcha jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchi ko‘pdan – ko‘p mashqlarni va ularni qo‘llash uslublarini yoritib berganlar. V.S.Daxnovskiy tezkor – kuch va maxsus chidamkorlik sifatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan mashqlar bilan uzoq muddat mobaynida muntazam shug‘ullanish natijasida kurashchilarning texnik – taktik mahorati hamda boshqa qobiliyatlari qanchalik sezilarli darajada shakllanishi mumkinligini tadqiqot asosida isbot qilib berganlar. Kuch va tezkorlik – kuch chidamkorligi sifatlarini yosh sportchilarda juda extiyotkorlik bilan rivojlantirish zarurligi, katta yuklamaga ega mashqlar bilan bu sifatlarni zo‘rma – zo‘raki o‘stirishga intilish salbiy oqibatga olib kelishi ehtimoldan holi emasligini takidlab o‘tilgan F.A.Kerimov, 2001 va boshqalar. So‘z jismoniy tayyorgarlik va xususan sportchilarni tayyorlashda harakat sifatlarini (tezkorlik, kuch, chidamkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik) bir – biriga bog‘lab shakllantirish muhimligi haqida borar ekan, bu borada tezkor – kuch sifatiga alohida urg‘u berish maqsadga muvofiqdir. Har bir sport turida ijro etiladigan harakat malakasi negizida tezkor - kuch sifati hal qiluvchi muhim man’ba bo‘lib hisoblanadi. Masalan, voleybolda to‘r ustidan hujum zarbasini ijro etish uchun tezkor – kuch sifati ushbu malaka muvoffaqiyatini ta’minlovchi omildir; kurashda esa mazkur sifat hujum yoki qarshi hujum usullarini qisqa vaqtda katta kuch bilan qo‘llashda asqotadi. Darhaqiqat, kuzatuv natijalariga ko‘ra kurash bo‘yicha Jahon, Olimpiya, Ovro‘pa, Osiyo, va boshqa xalqaro musobaqalarda g‘alabaga erishishgan aksariyat kurashchilar yuksak darajada rivojlangan tezkor – kuch qobiliyatiga ega bo‘lganlar. Kurash turlarida chidamkorlik sifati ham g‘alabaga yetaklovchi asosiy manbalardandir. Ayniqsa kurashga oid maxsus chidamkorlikning o‘rni beqiyos. Bu borada taniqli tadqiqotchi olim Yu.V.Verxoshanskiy diqqatni jalb qiluvchi o‘ta muhim ma’lumotlarni keltiradi. Chunonchi, sportning yakkakurash turlarida texnik mahoratning nisbatan farq qiluvchi xususiyatlaridan biri bu o‘zgaruvchan musobaqa vaziyatida tezkor – kuch asosida ijro etiluvchi murakkab harakat malakalaridir. Aynan ushbu sifat hal qiluvchi vaziyatlarda o‘z yetakchiligini namoyish etadi. Shu bilan bir qatorda uzoq muddat davom etadigan musobaqa jarayonida texnik malakalarni yuqori samarada ijro etish birinchi navbatda maxsus chidamkorlik sifatiga bevosita bog‘liqligi isbotni talab qilmaydi. Yu.V.Verxoshanskiyning kuzatuvlariga qaraganda, erkin kurash bo‘yicha Jahon chempionati ishtirokchilarining musobaqa davomida ijro etgan texnik malakalari olishuvning 3 – davrida o‘z samarasini keskin susaytirgan. Ushbu vaziyat ana shu kurashchilarning maxsus chidamkorligi yuqori darajada shakllanmaganligiga e’tibor qaratadi. Demak, bundan ko‘rinib turibdiki, texnik mahorat samarasini musobaqalar davomida uzoq vaqt saqlab turishda maxsus chidamkorlik sifati alohida o‘rin egallaydi. Ma’lumki, maxsus chidamkorlik umumiy chidamkorlik yaxshi rivojlangan holda samarali shakllanishi isbot qilingan. A.N.Lensning fikricha, maxsus chidamkorlikni rivojlantirish uchun kurashchi maxsus texnik mashqlarni uzoq vaqt davomida, hatto charchash asoratlari mavjud bo‘lganda ham, ijro etishi kerak bo‘ladi. Umumiy chidamkorlik o‘rtacha shiddatda ko‘p hajmli mashqlarni (uzoq masofaga chopish, eshkak eshish, suzish, velosipedda yurish va hakazo) surunkasiga bajarish asosida shakllantiriladi. Kurashchilarni tayyorlashda va texnik mahoratni shakllantirishda egiluvchanlik sifati ham zarur omillardan biridir. Yuqori darajada rivojlangan egiluvchanlik qobiliyatiga ega bo‘lgan kurashchi “most” holatidan keskin halos bo‘lish, egilib ko‘tarib tashlash kabi texnik malakalarni mohirona ijro etishga muyassar bo‘ladi. Egiluvchanlik asta – sekin, uzoq muddatli mashg‘ulotlar evaziga shakllanadi. Agar egiluvchanlikni rivojlantirishga oid mashg‘ulotlar biroz to‘xtatib qo‘yilsa bu sifat keskin yuqolib ketishi yoki susayishi mumkin. Kurashda qo‘llaniladigan usullar (texnik) malakalarni o‘zi egiluvchanlikni shakllantirib boradi. Lekin, buni o‘zi ushbu sifatni to‘laqonli rivojlantirish imkoniyatini bermaydi. Bu sifatni samarali takomillashtirish uchun mushak, pay, bo‘g‘imlarni cho‘zish, egish, yoyish, siqish, burash kabi maxsus mashqlarni sekin – asta muntazam qo‘llash kerak bo‘ladi. Egiluvchanlikni yoshlikdan boshlab shakllantirish maqsadga muvofiqdir. Shu bilan bir qatorda bu sifatni rivojlantirish extiyotkorlikni talab qiladi. Zo‘rma – zo‘raki yoki keskin tarzda qo‘llangan mashqlar mushak, pay, bo‘g‘imlarni shikastlanishiga, hatto og‘ir jarohatlarga olib kelishi mumkin. Malakali kurashchilarni tayyorlashda, bundan tashqari chaqqonlik va kuch sifatlarini rivojlantirish ham alohida ahamiyatga ega. Ta’kidlab o‘tish joizki, o‘quv – trenirovkav jarayonida barcha jismoniy sifatlarni garmonik ravishda rivojlantirish mahoratli kurashchilarni tayyorlash garovidir. Aynan shu sifatlar aksariyat o‘yin malakalarining samarali ijro etilishiga ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun sport tayyorgarligi jarayonida tezkorlik, kuch, chaqqonlik, chidamkorlik va egiluvchanlik sifatlariga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir. Chunki, ushbu sifatlarning yetarli darajada rivojlangan bo‘lishi sport mahoratining samarali shakllanishiga olib keladi. Boshqacha qilib aytganda, bu sifatlar sport maxoratini tez va mukammal o‘sishi uchun eng zarur poydevordir. Tezkorlik qobiliyatlari (dinamik kuch) – tez xarakatlarda, tezkor- kuchlilik qobiliyatlari qarshiliklarni enguvchi va yon beruvchi (amortizatsion kuch) kuchlarga bo`linadi. Juda ko`p sport adabiyotlarida tezkorlik sifatlarini tarbiyalash uchun ko`p metodlar uchraydi. V.M.Kachashkin (25) aytadiki, umumiy tezkor sifatlarini tarbiyalash metodi har tomonlama yo`naltirilgan maxsus tezkorlik sintetik va analitik metodlardan foydalanishni tavsiya etadi (qisqa vaqtda zo`r berish, qaytarish, interval, aylanma metodlari). Tezkorlik mashqlari muskullarni juda yuqori darajada tez xarakat qilishga undaydi va u uzoq davom etmaydigan ishda yaxshi natjalarga erishadi: 30,60,100 metrga yugurish va boshqa. Tezkorlikni rivojlantirish uchun mashg’ulotlar jarayonida quyidagi mashqlar tavsiya qilinadi: tezkorlik uchun mashqlar pastki startdan tezlikka 30,60,100 m yugurish, 30 dan 50 mgacha tezlanish bilan yugurish, arg’amchada tez sakrash: to`ldirma qopni 10-15 sek davomida ko`tarib yugurish (marta). Qisqa masofalarga yugurish (sprint) shartli ravishda 4 fazaga bo`linadi: yugurishning boshlanishi (start), startdan yugura boshlash, masofada yugurish, marraga yugurish, marraga chopib kelish. YUgurishning boshlanishi (start). Startda yugurishni tezroq boshlashga va maksimal tezlikni qisqa bo`lakda oshirishga imkon beruvchi past start qo`llaniladi. Startdan tezroq chiqib olish uchun start dastgog’i yoki qoliplar qo`llaniladi. Ular itarilish uchun qattiq tayanishni, oyoqlarni joyiga qo`yish va tayanch maydonchalari qiya burchaklari barqarorligini ta`minlaydi. Startning turli xillari uchun start kolodkalari joylanishi turlicha bo`ladi, biroq natija uchun bu oyoq qo`yishlar printsipal ahamiyatga ega emas. Start va undan keyingi qadamlar texnikasi yuguruvchining kuchi va tezkorligiga bog’liq. Hali jismoniy jihatdan etarli tayyorlanmagan yangi sprinter startdan chiqishni bajara olmaydi. Tezkorlik insonning tashqi ta`sirlarga bir zumda javob qaytarish hamda tez harakatlar bajara olish qobiliyatidir. Sport amaliyotida tezkorlik tezlik - kuch sifatlarining o`ziga xos shakllarida namoyon bo`ladi. Asab jarayonlarining harakatchanligi, mushakka berilgan asab impul’sining amalga oshish tezligi va samaradorligi tezkorlikning fiziologik shartlari sanaladi. Tezkorlik sifatining namoyon bo`lishi ATF qisqarishlar quvvat manbaining resintezini tasdiqlovchi biokimyoviy reaktsiyalar tezligiga ham bog’liq. Katta tezlik bilan harakatlanishda insonning faqat funktsional hususiyatlari emas, morfologik sifatlari: bo`yi, tana og’irligi ham katta ahamiyatga ega. Tezkorlikni tarbiyalashda qo`llaniladigan jismoniy mashqlar tuzilishiga ko`ra maxsus harakat ko`nikmalariga yaqin bo`lishi lozim. Boshqacha aytganda, sport ixtisoslashuvi doirasida tezkorlikni rivojlantirish uchun samarali vositalar sifatida texnik jihatdan mukammal harakat shakllarini tilga olish zarur bo`lib, ular maksimal tezlikda bajarilishi mumkin. Har bir mashqning davomiyligi shunday bo`lishi kerakki, oxiriga borib uning tezligi pasaymasin. Tezlik pasaygach, mashqni takroran bajarish o`z ma`nosini yo`qotadi: tezlik ko`tarilmaydi. Toliqish asoratlari bo`lgan holda tezlik mashqlarini takrorlash tezlik chidamliligini rivojlantirish vositasi sanaladi. Bolalik va o`smirlik davrida tezkorlikni tarbiyalash vositalari turlicha. Bular yuqori tezlikda bajariladigan umumrivojlantiruvchi mashqlar, o`yinlar, o`yin mashqlari, qisqa masofalarga yugurish va boshqalar. Kichik maktab yoshidagi bolalarda 15m dan 30m gacha bo`lgan masofalarga toliqtirmaydigan qisqa muddatli tez yugurish tezlik-kuch sifatlarini rivojlantiruvchi samarali vosita hisoblanadi. Bu vositadan foydalanganda, rioya qilish zarur bo`lgan asosiy shartlar yugurishning tabiiy shakllaridan uzoq bo`lgan yuqori sur`atli harakatlarni amalga oshirish, yuqori hissiy ko`tarinkilikni paydo qilish. 10-11 yoshli o`quvchilarda tezkor faoliyatni bir necha bor bajarish (qisqa masofalarga takroran yugurish) qobiliyati kuchayadi. 13-14 yoshli o`smirlarda yugurish tezligi va tana uzunligi orasida chambaras aloqa kuzatiladi: baland bo`yli o`smirlar past bo`yli tengdoshlari oldida shubhasiz ustunlikka ega. 10-11 yoshli bolalarda bunday bog’liqlik yo`q: baland bo`ylilar ham, past bo`ylilar ham bir xil tezlikda yuguradilar. Demak, jismoniy etilish davrida tezlik sifatlari namoyon bo`lishida bunday etilish darajasi hamda u bilan bog’liq jismoniy rivojlanish saviyasi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Maktab yoshidagi bolalar qisqa muddatli tezlik - kuch yuklamalariga yaxshi chidaydilar. Ular bilan mashg’ulot o`tkazganda, sakrash, akrobatika mashqlari, gimnastika, snaryadlardagi dinamik mashqlar keng qo`llaniladi (31,48). Shu bilan birga, bolalar nafasini qat`iy nazorat qilgan holda turg’un vaziyatlarni saqlab turishni bilishlari kerak. Mashqlarni bajarishda to`g’ri holatni tutib turish ehtiyoji tufayli turg’unlik mashqlarini qo`llash zaruriyati yuzaga keladi. Bu yoshda qad-qomatni shakllantirish uchun turg’unlik mashqlarining o`ziga xos o`rni bor. Qad-qomat orqadagi mushaklarning turg’unlik chidamliligi bilan chambarchas bog’liq. Shuning uchun uni rivojlantirish qomat buzilishining oldini oladigan vosita hisoblanadi. 11-12yoshli bolalarda tezlik - kuch sifatlarining shiddatli o`sishi kuzatiladi. Tezlik - kuch sifatlarini rivojlantirishda portlash xususiyatiga ega bo`lgan dinamik mashqlarga ustunlik beriladi. Chuqurlikka sakrashdan so`ng yuqoriga sakrab chiqishning samaradorligi juda yuqori. 12-14 yoshlar orasida asosan tezlik - kuch sifatlarining rivojlanishi hisobiga harakatlanish tezligi ham jadal sur`atlar bilan o`sib boradi. SHuning uchun tezlik - kuch mashqlaridan keng foydalanish mazkur sifatning kuchayishiga qulay sharoit yaratadi. O`smirlik davrida tez yugurish texnologiyasini o`rganish uchun fiziologik imkoniyatlar paydo bo`ladi. Tezkorlikni rivojlantirish vositalari sirasiga imkon chegarasidagi yoki chegara oldi tezlik bilan 20 m dan 60 m gacha yugurish, mayda qadamlab yugurib, keyin tezlashish, shuningdek, mushaklarning zo`riqishiga ko`ra bir-biriga zid mashqlar kiradi. 14-15 yoshlarga borib, tezkorlik asosidagi yosh bilan bog’liq funktsional va morfologik qayta qurishlarning sur`atlari susayadi. SHu sababli tezlik va tezlik-kuch mashqlarining samaradorligi ham pasayadi. 15 yoshdan keyin faqat mashqlar yordamidagina tezlik kuch sifatlarining ijobiy o`zgarishlariga erishish mumkin. SHaxsning jismoniy madaniyatini shakllantirish jarayonida shug’ullanuvchilar harakatlarni va ular bilan bog’liq bilimlarni o`zlashtiribgina qolmay, o`z jismoniy qobiliyatlarini ham rivoj-lantiradilar. Hozirgi vaqtda insonning harakat imkoniyatlarini tavsif-lash uchun “jismoniy qobiliyatlar” va “jismoniy sifatlar” atama-laridan foydalaniladi. Bu tushunchalar ma`lum ma`noda o`xshash bo`lsalarda, lekin bir xil emaslar. Afsuski, adabiyotlarda mazkur tushunchalarning ta`rifi va o`zaro aloqasi haqida birmuncha qarama - qarshi fikrlarni uchratish mumkin. Masalan, bir holatda jismoniy qobiliyatlar organizmning harakat faoliyatida ishtirok etayotgan hamda uning ta`sirini belgilaydigan funktsional tizimlar layoqatining namoyon bo`lish shakllari sifatida tushuniladi (T.YU.Krutsevich, 2003), boshqasida hayotda, ayniqsa, harakat faoliyatida amalga oshiriladigan va asosini jismoniy sifatlar tashkil etadigan insonga xos imko-niyatlar nazarda tutiladi (A.P.Matveev, 1991); uchinchisida qobi-liyatlar deganda, organizmning ruhiy - fiziologik va morfoligik xususiyatlariga asoslanuvchi rivojlangan tug’ma qobiliyat nishona-lari tushuniladi (F.N.Nasriddinov., K.M.Mahkamdjanov, 1992). Jismoniy qobiliyatlar - insonning u yoki bu mushak faoliyati talablariga javob beradigan va uning samarali bajarilishini ta`daqlaydigan ruhiy - fiziologik hamda morfologik hususiyatlari majmuasidir. Inson harakat imkoniyatlarining alohida jihatlarini ifodalash uchun uzoq vaqt “jismoniy (harakatlantiruvchi) sifatlar” degan atama qo`llanilgan. Hozir ayrim mualliflar uni “jismoniy sifatlar” tushunchasining sodda formalastik mazmuni tufayli ilmiy muomaladan chiqarib yuborishni va ularning o`rniga faqat “jismoniy qobiliyatlar” atamasini qo`llashni taklif qilmoqdalar. SHunga qaramay, kundalik nutqda va ilmiy - usuliy adabiyolarda mazkur atama ancha keng tarqalgan. SHuning uchun, ehtimol, bu ikki tushuncha orasidagi o`xshash va farqli tomonlarni aniqlash, ulardan foydalanish vaziyatlarini belgilab olish o`rinlidir. Eng avvalo, qayd etib o`tish kerakki, “sifat” tushunchasi har doim biron - bir narsaga nisbatan qo`llanilib, uning boshqa narsalardan farqlab turadigan, mohiyatiga xos belgisini ifodalaydi, xususan, buyum, xom ashyo, oziq - ovqat mahsuloti, hayot sifatlari, shaxsning, bilimning sifati va hokazo haqida shunday gapiriladi. Jismoniy tarbiya sohasida ham bu atamadan xuddi shu ma`noda foydalanish lozim. Demak, insonning jismoniy sifatlarini uning harakat im-koniyatlariga xos ba`zi xususiyatlar singari jismoniy qobiliyatlar namoyon bo`ladigan u yoki bu shakllarga nisbatan qo`llab tekshirish, ya`ni ular to`g’risida amalga oshirib bo`lingan qobiliyatlar asosida fikr yuritish mumkin. Inson sifat jihatidan bir-biridan farq qiluvchi turli-tuman qobiliyatlar egasi bo`lishi mumkin. Aynan shu turli jismoniy qobiliyatlarning sifatiy o`ziga xosligi uning jismoniy sifatlari to`g’risida guvohlik beradi. Turmushda, jismoniy tarbiya va sportda inson qobiliyatlarining sifatiga xos xususiyatlar “kuchli”, “tezkor”, “chaqqon”, “egiluvchan”degan iboralarda o`z aksini topgan. Bu sifatlarning hayotdagi ahamiyati ularni ayirib ko`rsatish mezoni hisoblangan. Aslida, jismoniy sifatlar alohida jismoniy qobiliyatlarning erishilgan darajasi, ularning aniqligi, o`ziga xosligi, ahamiyati ifodasi sanaladi. Masalan, insonning kuch qobiliyatlarini olaylik. Ular mushaklarning zo`riqish darajasi yuqori, qisqarish tezligi esa nisbatan uncha katta bo`lmagan kuch mashqlarida namoyon bo`ladi. Asli kuch qobiliyatlari “sust kuch”, “siquvchi kuch”, “statik kuch” kabi kuch sifatlarini tavsiflaydi. Tezlik - kuch qobiliyatlari mushaklarning jiddiy zo`riqishi va ularning yuqori qisqarish tezligini talab etuvchi mashqlarda yuzaga chiqadi. Tezlik - kuch qobiliyatlarining rivojlanishi, eng avvalo “portlovchi” kuch deb ataladigan sifatda aks etadi. YUqorida tilga olingan kuch sifatlari insonning kuch qobiliyatlarini yaxlit tarzda aniqlash va farqlashga imkon beradi. Xuddi shunday boshqa jismoniy qobiliyatlarning ham sifat tafovutlarini ifodalash mumkin. Jismoniy qobiliyatlar va sifatlar orasida ko`p ma`noli bog’liqlik bor. Bir xil qobiliyat turli jismoniy sifatlarni namoyon qilishi, turli qobiliyatlar esa ulardan faqat bittasini tavsiflashi mumkin. Masalan, «epchil» sifati asosida ko`pgina qobiliyatlar: muvofiqlash, tezkorlik , kuch va boshqalar yotadi. Tezlik - kuch qobiliyatlari fahat «kuch» emas, «tezkorlik» sifatida ham o`z aksini topadi. SHunday qilib, insonning jismoniy sifatlari jismoniy qobiliyatlari bilan uzviy bog’liq bo`lib, turli harakatlar chog’ida ularning namoyon bo`lish xususiyatlari bilan belgilanadi, jismoniy qobiliyatlarning rivojlanish va namoyon bo`lish darajasiga bir tomondan atrof - muhit omillari (turmushning ijtimoiy-maishiy sharoitlari, iqlimiy va geografik sharoit mashg’ulot o`tkaziladigan joylarning moddiy ta`daqlanganligi, ularni rivojlantirish usuliyati va h.k.), ikkinchi tomondan esa organizmning turli tas`irlarga o`ziga xos reaktsiyasi bilan bog’liq bo`lgan irsiy omillar («motor» qobiliyat nishonalari) ta`sir o`tkazadi, jismoniy qobiliyat nishonalari sifatida inson organizdaqing anatomik, fiziologik va ruhiy xususiyatlari yuzaga chiqadi. Biror-bir faoliyatni bajarish jarayonida “motor nishonalar” organizmning moslashish o`zgarishlari asosida takomillashib, tegishli jismoniy qobiliyatlarga aylanadi. Tezkorlik insonning tashqi ta`sirlarga bir zumda javob qaytarish hamda tez harakatlar bajara olish qobiliyatidir. Sport amaliyotida tezkorlik tezlik - kuch sifatlarining o`ziga xos shakllarida namoyon bo`ladi. Asab jarayonlarining harakatchanligi, mushakka berilgan asab impul’sining amalga oshish tezligi va samaradorligi tezkorlikning fiziologik shartlari sanaladi. Tezkorlik sifatining namoyon bo`lishi ATF qisqarishlar quvvat manbaining resintezini ta`daqlovchi biokimyoviy reaktsiya-lar tezligiga ham bog’liq. Katta tezlik bilan harakatlanishda insonning faqat funktsional xususiyatlari emas, morfologik sifatlari: bo`yi, tana og’irligi ham katta ahamiyatga ega. Tezkorlikni tarbiyalashda qo`llaniladigan jismoniy mashqlar tuzilishiga ko`ra maxsus harakat ko`nikmalariga yaqin bo`lishi lozim. Boshqacha aytganda, sport ixtisoslashuvi doirasida tezkorlikni rivojlantirish uchun samarali vositalar sifatida texnik jihatdan mukammal harakat shakllarini tilga olish zarur bo`lib, ular maksimal tezlikda bajarilishi mumkin. Har bir mashqning davomiyligi shunday bo`lishi kerakki, oxiriga borib uning tezligi pasaymasin. Tezlik pasaygach, mashqni takroran bajarish o`z ma`nosini yo`qotadi: tezlik ko`tarilmaydi. Toliqish asoratlari bo`lgan holda tezlik mashqlarini takrorlash tezlik chidamliligini rivojlantirish vositasi sanaladi. Bolalik va o`smirlik davrida tezkorlikni tarbiyalash vositalari turlicha. Bular yuqori tezlikda bajariladigan umumrivojlantiruvchi mashqlar, o`yinlar, o`yin mashqlari, qisqa masofalarga yugurish va boshqalar. Kichik maktab yoshidagi bolalarda 15m dan 30m gacha bo`lgan masofalarga toliqtirmaydigan qisqa muddatli tez yugurish tezlik-kuch sifatlarini rivojlantiruvchi samarali vosita hisoblanadi. Bu vositadan foydalanganda, rioya qilish zarur bo`gan asosiy shartlar - yugurishning tabiiy shakllaridan uzoq bo`lgan yuqori sur`atli harakatlarni amalga oshirish, yuqori hissiy ko`tarin-kilikni paydo qilish. 10-11 yoshli o`quvchilarda tezkor faoliyatni bir necha bor bajarish (qisqa masofalarga takroran yugurish) qobiliyati kuchayadi. 13-14 yoshli o`smirlarda yugurish tezligi va tana uzunligi orasida chambaras aloqa kuzatiladi: baland bo`yli o`smirlar past bo`yli tengdoshlari oldida shubhasiz ustunlikka ega. 10-11 yoshli bolalarda bunday bog’liqlik yo`q: baland bo`ylilar ham, past bo`ylilar ham bir xil tezlikda yuguradilar. Demak, jismoniy etilish davrida tezlik sifatlari namoyon bo`lishida bunday etilish darajasi hamda u bilan bog’liq jismoniy rivojlanish saviyasi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Maktab yoshidagi bolalar qisqa muddatli tezlik - kuch yuklamalariga yaxshi chidaydilar. Ular bilan mashg’ulot o`tkazganda, sakrash, akrobatika mashqlari, gimnastika, snaryadlardagi dinamik mashqlar keng qo`llaniladi. Shu bilan birga, bolalar nafasini qat`iy nazorat qilgan holda turg’un vaziyatlarni saqlab turishni bilishlari kerak. Mashqlarni bajarishda to`g’ri holatni tutib turish ehtiyoji tufayli turg’unlik mashqlarini qo`llash zaruriyati yuzaga keladi. Bu yoshda qad-qomatni shakllantirish uchun turg’unlik mashqlarining o`ziga xos o`rni bor. Qad-qomat orqadagi mushaklarning turg’unlik chidamliligi bilan chambarchas bog’liq. SHuning uchun uni rivojlantirish qomat buzilishining oldini oladigan vosita hisoblanadi. 11-12yoshli bolalarda tezlik - kuch sifatlarining shiddatli o`sishi kuzatiladi. Tezlik - kuch sifatlarini rivojlantirishda portlash xususiyatiga ega bo`lgan dinamik mashqlarga ustunlik beriladi. Chuqurlikka sakrashdan so`ng yuqoriga sakrab chiqishning samaradorligi juda yuqori 12-14 yoshlar orasida asosan tezlik - kuch sifatlarining rivojlanishi hisobiga harakatlanish tezligi ham jadal sur`atlar bilan o`sib boradi. SHuning uchun tezlik - kuch mashqlaridan keng foydalanish mazkur sifatning kuchayishiga qulay sharoit yaratadi. O`smirlik davrida tez yugurish texnologiyasini o`rganish uchun fiziologik imkoniyatlar paydo bo`ladi. Tezkorlikni rivojlan-tirish vositalari sirasiga imkon chegarasidagi yoki chegara oldi tezlik bilan 20 m dan 60 m gacha yugurish, mayda qadamlab yugurib, keyin tezlashish, shuningdek, mushaklarning zo`riqishiga ko`ra bir-biriga zid mashqlar kiradi. 14-15 yoshlarga borib, tezkorlik asosidagi yosh bilan bog’liq funktsional va morfologik qayta qurishlarning sur`atlari susayadi. SHu sababli tezlik va tezlik-kuch mashqlarining samaradorligi ham pasayadi. 15 yoshdan keyin fa-qat mashqlar yordamidagina tezlik - kuch sifatlarining ijobiy o`zgarishlariga erishish mumkin. Download 141.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling