Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fan: Elektronika va sxemalar 1


Transformatorning nominal kattaliklari va ish rejimlari


Download 0.77 Mb.
bet5/6
Sana28.12.2022
Hajmi0.77 Mb.
#1014068
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
electronics lecture22

Transformatorning nominal kattaliklari va ish rejimlari:

  • Transformatorning nominal kattaliklari va ish rejimlari:
  • Transformatorlardan normal foydalanish maqsadida uning pasportida quyidagi nominal kattaliklar ko‘rsatilgan bo‘ladi: 1) transformatorning turi; 2) chiqish tomonidagi nominal quvvat Snom, kVA; 3) birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlarning nominal liniya kuchlanishlari (U1nom va U2nom ) kV; 4) salt ishlagandagi quvvat isrofi (P0 = Pp ) , kVt; 5) mis chulg‘amlardagi, ya’ni qisqa tutashuv paytidagi quvvat isrofi (Pm= Pk) kVt; 6) qisqa tutashuv kuchlanishi (uq ) % 7) yuklama nominal va uning yarmiga teng hamda cosφ2 =1 dagi foydali ish koeffitsienti. Transformator birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlarining nominal toklari esa uning nominal kattaliklaridan hisoblab topiladi.

    Bir fazali transformatorlarda

    Uch fazali transformatorlarda

    Kichik quvvatli transformatorlarning nominal kuchlanishi va toki xujjatda ko‘rsatilgan bo‘ladi.

Transformatorning tashqi xarakteristikasi va undagi kuchlanishning o‘zgarishi.

  • Transformatorning tashqi xarakteristikasi va undagi kuchlanishning o‘zgarishi.
  • Birlamchi chulg‘am kuchlanishi U1 va quvvat koeffitsienti o‘zgarmas bo‘lganda ikkilamchi chulg‘amdagi kuchlanish U2 ning yuklama toki I2 ga bog‘liqligini ifodalovchi egri chiziq U2= f (I2) transformatorning tashqi xarakteristikasi deyiladi.
  • 4.17-rasm

  • 4.17-rasmda transformatorning turli xil xarakterdagi yuklamalarga oid tashqi xarakteristikasi ko‘rsatilgan. Xarakteristikadan ko‘rinadiki, aktiv yuklamada aktivinduktiv yuklamada esa cosφ<1 va faza siljish burchagi φ>0 bo‘ladi. Nihoyat aktivsig‘im yuklamada cosφ2 <1 va φ<0 dir. Ikkilamchi chulg‘amdagi kuchlanishning o‘zgarishi:
  • Bu yerda: U2n = U20 - transformator salt ishlagan paytda ikkilamchi chulg‘am uchlaridagi kuchlanish; U2 - transformator yuklama bilan ishlayotgandagi kuchlanish. Tashqi xarakteristikadan ko‘rinadiki, aktiv va aktiv-induktiv yuklama (iste’molchi) uchun ishlayotgan transformatordagi kuchlanish nominalidan doim ΔU ga kichik, aktiv-sig‘im xarakterli yuklamada esa ΔU ga ortiq bo‘ladi. Elektr iste’molchilari, asosan, aktiv-induktiv xarakterga ega bo‘ladi. Liniyadagi kuchlanishlarning pasayuvini hisobga olib iste,molchiga o‘rnatiladigan katta quvvatli transformatorlarning chiqish tomonidagi kuchlanishi, odatda, nominaldan 5 % ortiq qilib loyihalanadi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling