Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filliali tt va kt fakulteti tt-12-22 guruh talabasi Qurbonturdiyeva Zuxraning Akademik yozuv fanidan 1- mustaqil ishi Bajardi: Qurbonturdiyeva Zuxra Qabul qildi : Yuldasheva Ra`no


Download 290,6 Kb.
bet2/5
Sana02.04.2023
Hajmi290,6 Kb.
#1320367
1   2   3   4   5
Bog'liq
hn

Taqriz tili Taqrizning tili va uslubi boshqa janrlardan alohida ajralib turmaydi. Lekin taqriz qilinayotgan asar haqida, uning yutuq va kamchiliklari qay darajada koʻrsatilishidan qatʼi nazar, neytral til vositalaridan tashqari, obrazli, mazmunli, taʼsirchan-ekspressiv buyokdor til vositalaridan ham foydalanilgan holda fikr yuritiladi. Taqriz rukni T.larning aksariyat qismida rukn vazifasini „taqriz“ soʻzining oʻzi bajaradi.

Taqrizning leksik va grammatik xususiyatlari T.da uning biror soha yoki kitob, spektakl, kino, jurnallarga bagʻishlanganligiga qarab til vositalaridan turlicha foydalaniladi. Bu, albatta, muallifning asarga boʻlgan munosabatidan ham kelib chiqadi. T.ning yana bir harakterli xususiyati, unda kirish soʻz va birikmalarining qoʻllanilishidir. Masalan, „Nazarimda, ayrim yosh ijodkorlar mutolaa, adabiy savod masalasida ham gʻaribroqday. Zotan, sirdaryolik yosh ijodkor Dilmurod Doʻst nazarda tutgan — „quyib qoʻygandek oʻziga oʻxshagan“ sheʼr yozish uchun isteʼdodning oʻzi kamlik qiladi („OʻzA sayti“). Yana bir harakterli holat shuki, T.da taʼkid-munozara tarzida soʻroq gaplardan ham foydalaniladi: „Ikkita qushlar“ degani nima? Sonning oʻzi koʻplikni bildirmaydimi?“ („OʻzA sayti“). T.da ishlatilgan bir necha soʻroq va undov gaplar ham uning taʼsirchan yozilishiga maʼlum darajada hissa qoʻshadi. Ular materialning oʻqilishli qilishga yordam beradi, gazetxonni mulohaza yuritishga undaydi: „…baʼzan ishqiy izhor kimga qaratilgani mavhum, qizgami, yigitgami? Hatto Yaratganga ham murojaat bir xil. Shundan ehtiyot boʻlish kerak emas mi?

Ilm-fan, yaratuvchanlik va ijodiy yondashuv mamlakatni innovatsion rivojlanish yoʻlidan yetaklashga qodir Har qaysi davr oʻzining mashhur shaxslari — xalqni ilhomlantirib yutuqlarga boshlovchi yetakchilar, donishmand olimlar va maʼrifatparvar insonlar faoliyatiga tayanadi. Jumladan, yangi Uygʻonish davri ham. Bilimli, ijodkor va ilgʻor fikrlovchi shaxslar boʻlmas ekan, taraqqiyotga erishish mushkul. Ilm-fan, ishlab chiqarish, tadbirkorlik, madaniyat — xullas, barcha sohada yangilik yaratishga qodir boʻlgan kishilargina jamiyatni oʻzgartira oladi. Bunday insonlar qatlami esa oʻz-oʻzidan shakllanib qolmaydi. Yangi bilimlar, gʻoyalar va falsafiy qarashlar asosida yangi fikr yuzaga keladi. Zamondan orqada qolgan qoloq taʼlim tizimi esa kelajakka poydevor qoʻyadigan avlodni tarbiyalab, uni ulkan bunyodkorlikka chorlay olmaydi. Shavkat Mirziyoyev prezidentlik lavozimiga kirishganidan buyon amalga oshirilgan, puxta oʻylangan qadamlarning mazmun-mohiyati ham shunda. Taraqqiyotning eng ustuvor yoʻnalishlarini belgilashda davlatimiz rahbari iqtisodiy soha bilan birga ilm-fan, innovatsiya, taʼlim-tarbiya, salomatlik va sport, madaniyat va sanʼatni eng oldingi qatorlarga qoʻyishi bejiz emas, albatta. Zotan, tarix sabogʻi har doim kishiga nimani aynan qanday oʻzgartirish lozimligini uqtirib turadi.


Download 290,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling