Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filliali tt va kt fakulteti tt-12-22 guruh talabasi Qurbonturdiyeva Zuxraning Akademik yozuv fanidan 1- mustaqil ishi Bajardi: Qurbonturdiyeva Zuxra Qabul qildi : Yuldasheva Ra`no


Download 290.6 Kb.
bet5/5
Sana02.04.2023
Hajmi290.6 Kb.
#1320367
1   2   3   4   5
Bog'liq
hn

Taqrizning vazifasi, u yoki bu janrdagi badiiy asarning tahlili orqali uning adabiy jarayon va yozuvchi ijodidagi oʻrnini aniqlash, yutuq va kamchiligini koʻrsatish, fikrini isbotlash va baholashdan iborat. Yangi asarni birinchi boʻlib baholaydigan taqrizda ilmiy-estetik tahlil ixcham, siqiq shaklda, ommaga tushunarli tarzda oʻz ifodasini topadi. Shuning uchun taqriz ayrim tanqidchilar aytayotganidek, faqat “kutib oluvchi janr” emas. Balki u bir asar tahlili orqali adabiy jarayondagi yangi tamoyillarni koʻrsatadigan, uning yozuvchi ijodida tutgan oʻrnini tezlik bilan baholay oladigan estetik xususiyatga ega. S. Sayyidning “Soʻz yoʻli” ikki jildli saylanmasiga shoir Mahmud Toirning (2009, №14) “Yogʻdu ichra gullagan soʻz” deb nomlangan taqrizida buni koʻrish mumkin. Taqrizchi, eng avvalo, sheʼrdan olgan taassurotlarini ifodali tarzda bayon etadi. Taqriz sarlavhani izohlash bilan boshlanadi: “Yogʻdu ichra gullagan soʻz – sheʼr boʻladi. Bunday sheʼrning mazasi dardingga malham boʻladi… Sheʼrdagi otash – soʻzdagi otash. Ochiq koʻz bilan otashga oʻzini otgan odam – shoir boʻladi”. Sheʼrdan taʼsirlangan bunday qalb izhorlarini oʻqigan kitobxon beixtiyor shoir sheʼrlariga qiziqib qolganini sezadi. Taqrizda “Saylanma”ning mundarijasi haqida soʻz yuritilmaydi, balki S. Sayyid sheʼrlari oʻziga xos sharhlanadi, tahlil etiladi, shu orqali baholanadi. Shoir uslubining oʻziga xos tomonlari ochiladi. Masalan: “Sirojiddin siylagan soʻzlarning bittasi – ayvon…”. (Keyin ayvon soʻzi izohlanadi – Sh. A.) “Uyingizning ayvoni – umringizning ayvoni… Shoir bejizga “Onam ayvonidan keldingmi, bahor?” deya entikmaydi. Yoki ota uyining devorlarini dil bilan oqlab berishni xayol qilish shoirona jununlik emas. Balki ota-ona oldidagi farzandlik masʼuliyatini his qilishning yorqin eʼtirofidir”. Ijodkor sheʼrlariga ana shunday shoirona baho berish bilan taqriznavis ikki muddaoga erishgan: birinchidan, oʻquvchiga yangi va yaxshi kitob haqida yetarli maʼlumot berib, uni sheʼriyatga oshno etmoqda, ikkinchidan, taqrizning vazifalarini toʻliq boʻlmasa-da, bajarmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar va saytlar 1. http://www.lex.uz 2. http://mitc.uz 3. https://tuit.uz/meyoriy-huquqiy-xujjatlar 4. Kommunikatsiya texnologiyalari fanidan ma’ruza matnlari


Download 290.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling