Toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali kompyuter tizimlari kafedrasi
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Mashinali o\'qitish 1-MI
- Bu sahifa navigatsiya:
- SI masalalarini yechuvchi dasturlar .
- SITlarini qurishning turli yondashuvlari.
- Mantiqiy yondashuv
SIning vaqtli taqvimi.
SIning asosiy masalasi HMlarini foydaliroq qilish va aql asosida yotadigan prinsiplarni tushunishdan iborat. Tadqiqotlar va odamlar intellektual deb hisoblagan xatti-harakatlarni aniqlaydigan mashinalarni yaratilishini biz sun'iy intellekt deb ataymiz. Eng keng tarqalgan va zamonaviy mashinalar - kompyuter texnikasi va aloqa vositalari hisoblanadi, shuning uchun ham SI yo'nalishi kompyuterlar va hisoblash tizimlari sohasiga tegishli hisoblanadi. SIT - bu kompyuterli, kreativ tizim (ko’p funksiyali, integratsiyali, intellektualli), murakkab strukturali moslashish, o'rnatish uchun, (sintaktik, semantik, pragmatik axborot) maqsadga erishish uchun (aniq maqsadlilik) muhit o’zgarishiga moslashish va soha o’zgarishidagi ichki holat hisoblanadi SI masalalarini yechuvchi dasturlar . Evristik dasturlar shaxmat, shashka, karta o'yinlarini o’nashi mumkin, savollarga javoblarni topadi, matematik hisoblar sohasidan yechimlarni topadi, matematik mantiq va geometriya teoremalarini isbotlaydi, o'z tajribalari asosida o'rgatishlarni amalga oshiradi va turli xil masalalarni yechadi. D.A.Pospelov tomonidan taklif etilgan intellektual masalalarni yechuvchi dasturlar strukturasi 1.8- rasmda keltirilgan. SITlarini qurishning turli yondashuvlari. SITlarini qurishning turli yondashuvlari oldin ham bo’lgan va hozirgi vaqtda ham mavjud. Shuni ta’kidlash joizki, SIni to’liq quradigan tizimlar oldin ham bo’lmagan va hozirgi davrda ham mavjud emas. Shuning uchun SIni qurishdagi yondashuvlarning qaysi biri to’g’ri va qaysi biri noto’g’ri ekanligini aniq aytish qiyin masalaligicha qolmoqda. SITlarini qurishning quyidagi mavjud yondashuvlarini keltiramiz: Mantiqiy yondashuv. Mantiqiy model uchun asos sifatida Bul algebrasi xizmat qiladi. Bul algebrasining rivojlanishi predmet belgilar, ular orasidagi munosabatlar, mavjudlik va ixtiyoriylik kvantorlarini o’z ishiga olgan predikatlar mantiqi hisobiga kengaydi. SIning har bir tizimining ishlashi asosan mantiqiy qoidalarga asoslangan. Bunga misol sifatida teoremalarni isbotlashni keltirish mumkin. Teoremalarni isbotlashda boshlang’ich ma’lumotlar aksiomalar sifatida ma’lumotlar bazasida, ular orasidagi munosabatlar mantiqiy xulosalash qoidalari sifatida saqlanadi. Bundan tashqari, har bir mashinada maqsadlarni generatsiy qilish bloki mavjud bo’ladi va xulosalash tizimi ushbu maqsadlarni teoremalar ko’rinishda isbotlaydi. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling