Toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali kompyuter tizimlari kafedrasi
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Mashinali o\'qitish 1-MI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashinali o’qitishga kirish
- Reja
MUXAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI KOMPYUTER TIZIMLARI KAFEDRASI 5330500 - Kompyuter injiniring Kompyuter injiniring ta'lim yo'nalishi “Mashinali o’qitishga kirish” fanidan MUSTAQIL ISH № 1 Mavzu . Mashinali o’qitishning sun’iy intellektda qo’llanilishi. Bajardi: Abdurashidov Sh Qabul qildi: Kubayev S Samarqand – 2023 Mavzu: Mashinali o’qitishning sun’iy intellektda qo’llanilishi. Reja: 1. Sun’iy intellekt (SI) tushunchasi. 2 Suni’iy intellect va uning imkoniyatlar. 3. Foydalanilgan adabiyotlar 4. Xulosa. Sun’iy intellekt (SI) tushunchasi. SI haqidagi tasavvur va bu sohadagi izlanishlar - «Aqliy mashinalar» ishlab chiqarishga ilmiy yondoshish birinchi bo`lib Stanford universitetining (AQSh) professori Djon Makkarti tashabbusi asosida 1956 yili tashkil topgan ilmiy to`garakda paydo bo`ldi. Bu to`garak tarkibiga Massachuset (AQSh) texnologiya oliygohi «Elektronika va hisoblash texnikasi» fakultetining faxriy professori Marvin Minskiy, «Umumiy masala yechuvchi» va «Mantiqchi- nazariyotchi» intellektual dasturlar bunyodkorlari – kibernetik Allen Nyuell va Karnegi-Mellen, dorilfununning mashhur psixologi Gerbert Saymon, hisoblash texnikasining ko`zga ko`ringan mutaxassislari Artur Samuel, Oliver Selfridj, Klod Shennon va boshqalar kirar edilar. Aynan shu to`garakda «Sun’iy intellekt» tushunchasi paydo bo`ldi. Intellekt atamasi lotincha intellektus so’zidan olingan bo’lib - bu aql, idrok, ong tushunchalarini anglatadi; insonning fikrlash qobilyati [6]. Shunga ko'ra, sun’iy intellekt (artificial intelligence) - inson intellektining alohida funksiyalarini bajarishni ta’minlovchi avtomatik tizim sifatida qaraladi, masalan, oldindan to’plangan tajribalarga asoslangan bilimlar va tashqi ta’sirlarni ratsional tahlil qilish asosida optimal tanlash va qaror qabul qilish. SIning vaqtli taqvimi 1.6-rasmda keltirilgan. Zamonaviy ATlarning asosiy yo`nalishlardan biri insonga talluqli bo`lgan vazifalarni bajaruvchi sun’iy intellekt tizimlarni yaratishdir. Sun’iy intellekt deganda – maqsadli yo’nalishdagi harakatni o’zida namoyon qilish qobiliyatiga ega ixtiyoriy biologik, sun’iy yoki formal tizimlar tushuniladi. Sun’iy yoki formal tizimlar muloqot, bilimlarni yig’ish, idrok etish, o’rgatish, anglab olish, moslashish va h.k. larni o’z ichiga oladi. SI – hisoblash mashina(HM)larining insonlarga aqlli bo`lib ko`rinadigan tomonlarini bajarishga imkon beradigan konsepsiyalar haqidagi fan. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling