Toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali kompyuter tizimlari kafedrasi
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Mashinali o\'qitish 1-MI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Evolyutsion yondashuvda
- Imitatsiyali yondashuvda
2) Strukturali yondashuvda inson miyasining tuzilishini modellashtirish asosida SIni qurish masalalari qaraladi. Bunday modelni qurishga misol sifatida Rozenblatt perseptronini, xatoliklarni teskari tarqalishiga asoslangan NTlar, Hopfild NTlar va stoxastik NTlarini keltirish mumkin. Shuningdek, NTlar timsollarni tanib olish masalalarida ham keng miqyosda qo’llanilmoqda. 3) Evolyutsion yondashuvda SIni qurish masalalarida asosiy e’tibor boshlang’ich modellar va qoidalarni qurishga qaratiladi va undan keyin ular asosida SIni qurish evolyutsiyali (uzluksiz rivojlanish) shaklda rivojlanadi. Bu rivojlanish turli tipdagi usullarni o’z ichiga oluvchi yangi modellarni qo’llash bilan amalga oshiriladi. Masalan, NTlar modeli, mantiqiy qoidalar nabori va boshqa ixtiyoriy modellar bo’lishi mumkin. Bu modellar kompyuterga kiritilgandan so’ng, u usbu modellarni tekshirish asosida ular orasidan eng yaxshilarini tanlaydi va ularni generatsiya qilish natijasida yangi modellar hosil qilinadi, hosil qilingan yangi modellar orasidan eng yaxshisi tanlanadi va h.k. Shuni ta’kidalash joizki, evolyutsion modellar evolyutsion o’rgatuvchi algoritmlar ko’rinishida bo’ladi. 4) Imitatsiyali yondashuvda insonning boshqalardan nusxa olish qobiliyati, ya’ni boshqalar nima qilayotgan bo’lsa, xuddi ularga o’xshab bajarishni amalga oshirish modellashtiriladi. Ko’p hollarda nusxa olish qobiliyati insonga biror ishni bajarishda vaqtni kam sarflashga olib keladi. SIni qurishning yuqorida keltirilgan yondashuvlari tahlilidan kelib chiqib, shuni ta’kidlash lozimki, amaliy masalalarni yechishda ular orasida qat’iy chegara yo’q. Amaliyotda shunday masalalar uchraydiki, ularni yechishda aralash tizimlardan foydalaniladi, ya’ni ularning bir qismini yechishda ma’lum bir yondashuvga mos usullardan foydalanilsa, boshda qismini yechishda boshqa yondashuga mos usullardan foydalaniladi. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling