Toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali kompyuter tizimlari kafedrasi


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana02.05.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1422034
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mashinali o\'qitish 1-MI

SIning vaqtli taqvimi. 
SIning asosiy masalasi HMlarini foydaliroq qilish va aql asosida 
yotadigan 
prinsiplarni tushunishdan iborat.
Tadqiqotlar va odamlar intellektual deb hisoblagan xatti-harakatlarni 
aniqlaydigan mashinalarni yaratilishini biz sun'iy intellekt deb ataymiz. 
Eng keng tarqalgan va zamonaviy mashinalar - kompyuter texnikasi va 
aloqa vositalari hisoblanadi, shuning uchun ham SI yo'nalishi 
kompyuterlar va hisoblash tizimlari sohasiga tegishli hisoblanadi. 
SIT - bu kompyuterli, kreativ tizim (ko’p funksiyali, integratsiyali, 
intellektualli), murakkab strukturali moslashish, o'rnatish uchun, 
(sintaktik, semantik, pragmatik axborot) maqsadga erishish uchun (aniq 
maqsadlilik) muhit o’zgarishiga moslashish va soha o’zgarishidagi ichki 
holat hisoblanadi 


SI masalalarini yechuvchi dasturlar . Evristik dasturlar shaxmat, 
shashka, karta o'yinlarini o’nashi mumkin, savollarga javoblarni topadi, 
matematik hisoblar sohasidan yechimlarni topadi, matematik mantiq va 
geometriya teoremalarini isbotlaydi, o'z tajribalari asosida o'rgatishlarni 
amalga oshiradi va turli xil masalalarni yechadi. D.A.Pospelov tomonidan 
taklif etilgan intellektual masalalarni yechuvchi dasturlar strukturasi 1.8-
rasmda keltirilgan. 
SITlarini qurishning turli yondashuvlari. SITlarini qurishning 
turli yondashuvlari oldin ham bo’lgan va hozirgi vaqtda ham mavjud. 
Shuni ta’kidlash joizki, SIni to’liq quradigan tizimlar oldin ham 
bo’lmagan va hozirgi davrda ham mavjud emas. Shuning uchun SIni 
qurishdagi yondashuvlarning qaysi biri to’g’ri va qaysi biri noto’g’ri 
ekanligini aniq aytish qiyin masalaligicha qolmoqda. 
SITlarini qurishning quyidagi mavjud yondashuvlarini keltiramiz: 
Mantiqiy yondashuv. Mantiqiy model uchun asos sifatida Bul 
algebrasi xizmat qiladi. Bul algebrasining rivojlanishi predmet belgilar
ular orasidagi munosabatlar, mavjudlik va ixtiyoriylik kvantorlarini o’z 
ishiga olgan predikatlar mantiqi hisobiga kengaydi. SIning har bir 
tizimining ishlashi asosan mantiqiy qoidalarga asoslangan. Bunga misol 
sifatida teoremalarni isbotlashni keltirish mumkin. Teoremalarni 
isbotlashda boshlang’ich ma’lumotlar aksiomalar sifatida ma’lumotlar 
bazasida, ular orasidagi munosabatlar mantiqiy xulosalash qoidalari 
sifatida saqlanadi. Bundan tashqari, har bir mashinada maqsadlarni 
generatsiy qilish bloki mavjud bo’ladi va xulosalash tizimi ushbu 
maqsadlarni teoremalar ko’rinishda isbotlaydi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling