Toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali kompyuter tizimlari kafedrasi
Sun'iy intellekt tizimlarini sinflash
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Mashinali o\'qitish 1-MI
- Bu sahifa navigatsiya:
- SIning asosiy tarkibiy qismlari va arxitekturasi.
Sun'iy intellekt tizimlarini sinflash. Muammolarni maqsadli
tavsiflash uchun SI tizimlarini sinflashning eng muhimlarini keltiramiz. S.N.Pavlov SIning quyidagi yo'nalishlarini taklif qiladi [16]. 1) Birinchi avlod (oddiy, murakkab) va II avlod ETlari (integrallashgan, ko'p funksionalli, intellektualli, kreativli (ijodli) va gibridli. 2) Intellektual ishlab chiqarish tizimlari: savol-javob tizimlari, mantiqiy - hisoblash tizimlari, intellektli LIAT, ABT. 3) NTlari va neyrokompyuterlar (NTlari va neyrokompyuter texnologiyalari). 4) BBni qurish va qurishni avtomatlashtirish, tahlil qilish, qayta ishlash va bilimlarni olish. 5) O'rgatish va o'zini-o'zi o'rgatish (maslahatchi tizimlar, intellektual murabbiylar, maktab va oliy ta’lim tizimlari). 6) Evolyutsion modellashtirish (genetik algoritmlar, sinflovchi tizimlar, genetik dasturlash, evolyutsion dasturlar, evolyutsion strategiyalar). 7) Mashinali tarjima qilish tizimlari. 8) Tabiiy-tilli aloqa tizimlari (muloqot qilish, tabiiy-tildagi mulohazalarni tusunadigan va o’zgartiradigan mashina tiliga o’tish ). 9) Ovozli muloqot tizimlari (sintez (matn-ma’no), nutqni tahlil qilish va anglab olish (ma'no-matn)). 10) Vizual axborotlarni ishlash tizimi (tasvirlarni ishlash, tahlil va sintez qilish). 11) Timsollarni anglovchi tizimlar. SIning asosiy tarkibiy qismlari va arxitekturasi. SIning tarkibiy qismlari 1.9-rasmdagidek keltirish mumkin. SI tizimlaridan predmet sohaga, masala tipiga va foydalanuvchiga moslashish nuqtai–nazaridan foydalanishning funksional strukturasini 1.10-rasmda keltirish mumkin. Bu struktura uchta hisoblash vositalari majmuasidan tashkil topgan. Birinchi majmua masalani samarali yechish nuqtai nazaridan loyihalangan dasturni bajaruvchi vositalar majmuidan tashkil topgan, ba’zi hollarda muammoli yo’nalishga ega. Ikkinchi majmua - keng doiradagi foydalanauvchilar talablariga tez moslashuvchi strukturaga ega bo’lgan intellektli interfeys vositalari majmui. Uchinchi vositalar majmui birinchi va ikkinchi majmuaning o’zaro aloqasini ta’minlaydigan BB hisoblanadi. Bajaruvchi tizim shakllangan dasturni bajarishni ta’minlaydigan barcha vositalar majmuini birlashtiradi. Intellektual interfeys – dasturiy va instrumrntal vositalar tizimi bo’lib, foydalanuvchilar uchun ularning kasbiy faoliyatida vujudga keladigan masalalarni yechishda kompyuterni qo’llashni ta’minlaydi. BB – boshqa komponentalarga nisbatan markaziy o’rinni egallaydi. Chunki BB orqali masalani yechishda ishtirok etadigan hisoblash tizimlari vositalarining birlashuvi amalga oshiriladi. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling