Toshkent axborot texnologiyalari universiteti u. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev operatsion tizimlar


Download 7.33 Mb.
bet145/220
Sana28.07.2023
Hajmi7.33 Mb.
#1663293
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   220
Bog'liq
Операцион тизимлар

Holat kodi

Holat matni

Tavsif




Axborot

100

Continue

So‘rovning dastlabki qismi qabul qilindi, davom
ettirish

101

Switching

Server kommutatsiya protokollariga mos kelmoqda




Muvaffaqiyat

200

OK

So‘rov muvaffaqiyatli amalga oshirildi

201

Created

Yangi URL yaratildi

202

Accepted

So‘rov qabul qilindi, ammo u darhol amalga oshirilmadi

204

No content

Tanada kontent mavjud emas




Qayta yo‘naltirish

301

Moved permanently

So‘ralgan URL server tomonidan endi foydalanilmaydi

302

Moved
temporarily

So‘ralgan URL vaqtincha ko‘chirilgan

304

Not modified

Hujjat o‘zgartirilmagan




Mijoz xatosi

400

Bad request

So‘rovda sintaksis xato mavjud

401

Unauthorized

So‘rovda tegishli avtorizatsiya mavjud emas

403

Forbidden

Xizmat ras etildi

404

Not found

Hujjat topilmadi

405

Method not
allowed

Usul bu URLda qo‘llab-quvvatlanmadi

406

Not acceptable

So‘ralgan formatni qabul qilish imkoni mavjud emas




Server xatosi

500

Internal server
error

Server tarafda xatolik mavjud, masalan ishdan chiqish

501

Not implemented

Talab qilingan amalni bajarib bo‘lmaydi

503

Service unavailable

Xizmat vaqtincha ish faoliyatida emas

Javob xabari. Javob xabari formati 7.31- rasmda keltirilgan. Javob xabari holat satridan, sarlavha satrlaridan, bo‘sh satr va ba’zan asosiy qismdan iborat.

7.31- rasm. Javob xabari formati
Javob xabaridagi sarlavha satrlari. Holat satridan so‘ng nol yoki undan ko‘p javob sarlavhalariga ega bo‘lish mumkin. Har bir sarlavha satri serverdan mijozga qo‘shimcha ma’lumotlarni yuboradi. Masalan, jo‘natuvchi hujjat haqida qo‘shimcha ma’lumot yuborishi mumkin. Har bir sarlavhao‘z ichiga sarlavha nomi, ustun, bo‘sh joy va sarlavha qiymatini oladi. 7.6- jadvalda javob xabarida tez-tez ishlatiladigan ba’zi nomlar ko‘rsatilgan.
7.6- jadval

Sarlavha

Tavsif

Date

Joriy sanani ko‘rsatadi

Upgrade

Afzal aloqa protokolini belgilaydi

Server

Server haqida ma’lumot beradi

Set-Cookie

Server mijozdan cookieni saqlashni so‘raydi

Content- Encoding

Kodlash sxemasini aniqlaydi

Content-Language

Tilni aniqlaydi

Content-Length

Hujjatning uzunligini ko‘rsatadi

Content-Type

Media turini aniqlaydi

Location

Mijozdanboshqasaytgaso‘rovjo‘natishniso‘raydi

Accept-Ranges

Server so‘ralgan bayt diapazonlarini qabul qiladi

Last-modified

Ohirgi o‘zgartirishning sanasi va vaqtini beradi

Asosiy qism. U o‘z tarkibida serverdan mijozga yuboriladigan hujjatni saqlaydi. Agar javob xato xabar bo‘lmasa, u holda asosiy qism mavjud.

7.5. Tarmoq dasturlarini tashkil etish va boshqarish mexanizmlari


Ushbu bo‘limda tarmoq dizaynerlari tomonidan hal etilishi kerak bo‘lgan dasturiy mahsulot bilan bog‘liq bo‘lgan to‘rt masalani ko‘rib o‘tamiz:

  • Qanday qilib saytlar boshqa saytlarni topish uchun manzillardan foydalanadilar?

  • Xabarlar qanday yo‘naltiriladi va ular qanday yuboriladi?

  • Jarayonlar bir-biri bilan qanday aloqa qiladi?

  • Resurslarga bo‘lgan ziddiyatli talablar qanday hal qilinadi?

Manzillash bo‘yicha kelishuvlar
Tarmoq saytlari bir-birlari bilan aloqa qilishlari va bir-birlarining manbalariga kirishlari uchun o‘z foydalanuvchilarini qanday qilib aniqlab olishni belgilashlari kerak. Point-to-Point bog‘lanishdan tashqari saytlar bir-birlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanmaganligi uchun ismlar, manzillar va marshrutlar talab qilinadi. Shuning uchun manzillash protokollari tarmoq topologiyasi va har bir saytning geografik joylashuvi bilan chambarchas bog‘liq. Ba’zi hollarda, o‘z tizimida birlik ma’lum bo‘lgan nomni anglatadigan "mahalliy nom" va birlikni o‘z tizimidan tashqarida bildiruvchi nom - "global nom" o‘rtasida farq bor. Bu farq foydalidir, chunki u har bir saytga mahalliy miqyosda amalga oshirish qiyin bo‘lgan yagona nomlash qoidalarini o‘rnatmasdan, o‘zlarining standartlari bo‘yicha o‘z bo‘linmalarini aniqlash imkoniyatini beradi. Boshqa tomondan, global nom standart uzunliklar, formatlar va boshqa global kelishuvlarga muvofiq bo‘lishi kerak.
Oddiy misol sifatida Internet manzilidan foydalanganda, biz chapdan o‘ngga quyidagi tartibda ierarxik tuzilishga moslikni ko‘rishimiz mumkin: mantiqiy foydalanuvchidan host-mashinasiga, host-mashinadan tarmoq mashinasiga, tarmoq mashinadan klastergacha va klasterdan tarmoqqa. Masalan, har bir Internet manzilida: info@tuit.uz yoki igss12@aber.ac.uk, har bir komponentni ajratish uchun nuqtalar ishlatiladi. Esda tutish juda oson bo‘lgan ushbu elektron pochta manzillari mos keladigan qurilma manzillarga o‘zgartirilishi kerak. Ushbu o‘zgartirish kompyuter operatsion tizimining tarmoq bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi.
Yuqorida keltirilgan misollar Domen nomlari xizmati (DNS) protokoliga asoslangan bo‘lib, uning asosiy vazifasi Internet manzillarini hal qilishdir. Agar biz info@tuit.uz ni tarkibiy qismlarga ajratsak, bizda quyidagilar bo‘ladi:

  • info – mahalliy foydalanuvchi;

  • tuit – info deb nomlangan mahalliy foydalanuvchi uchun host;

  • uz – Toshkent axborot texnologiyalari universiteti uchun tarmoq.


Download 7.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling