Toshkent axborot texnologiyalari universiteti u. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev operatsion tizimlar


Resurslarni taqsimlash grafi bo‘yicha berkliklarni qidirish


Download 7.33 Mb.
bet48/220
Sana28.07.2023
Hajmi7.33 Mb.
#1663293
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   220
Bog'liq
Операцион тизимлар

Resurslarni taqsimlash grafi bo‘yicha berkliklarni qidirish Ma’lumki, bunday grafdasikl berklikning borligini bildiradi.

2.28- rasm. Berklikli resurslarni taqsimlash grafiga misol
2.28- rasmda berklikli resurslarni taqsimlash grafiga misol keltirilgan. 1, 2 va 3- jarayonlar orasidagi siklli kutish vaziyati mavjud. 1- jarayon, 2- jarayon ega bo‘lgan resursga da’vogarlik qiladi. 2- jarayon, 3- jarayon ega bo‘lgan resursga da’vogarlik qiladi. 3- jarayon bitta birligi 1- jarayonga, ikkinchi birligi 2- jarayonga berilgan resursga da’vogarlik qiladi.
Lekin har doim ham resurslarni taqsimlash grafida siklning bo‘lishi berklikni borligini bildirmaydi.
2.29- rasmda siklli, lekin berkliksiz resurslarni taqsimlash grafiga misol keltirilgan. Bu holda (2.29- rasm) to‘rtta jarayonlar va ikkita resurslar turlari mavjud bo‘ladi. Siklda 1- va 3- balandliklarjarayonlar qatnashadi. Lekin har bir resursda ikkitadan birliklar borligi tufayli berklikning oldini olishga erishiladi. 1- resursni kutadigan 1- jarayon uni bu resursning bitta birligiga ega bo‘lgan va kutish sikliga kirmaydigan 2- jarayon (1- jarayon emas) tugagandan keyin olishi mumkin. Shunga o‘xshash, 2- resursga da’vogarlik qiladigan 3- jarayon uni 4- jarayon (1- jarayon emas) bo‘shatganidan keyin olishi mumkin.

2.29- rasm. Siklli, lekin berkliksiz resurslarni taqsimlash grafiga misol
Shunday qilib, quyidagi mulohazani aytish mumkin. Agar resurslarni taqsimlash grafi sikllarga ega bo‘lmasa, u holda tizimda berkliklar mavjud emas. Agar resurslarni taqsimlash grafi sikllarga ega bo‘lsa, u holda quyidagi ikkita hollar bo‘lishi mumkin:

  1. Agar har bir turdagi resurslar faqat bittadan bo‘lsa, u holda berklik o‘z o‘rniga ega bo‘ladi;

  2. Agar resurslar bir necha nusxalarda bo‘lsa, u holda berklik bo‘lishi mumkin.

Berkliklarga ishlov berish usullari
Nazariy jihatdan quyidagi berkliklarga ishlov berish usullari bo‘lishi mumkin:

bo‘ling;

Afsuski, amalda ko‘plab OTlarda (shu jumladan, UNIXda) berkliklar bilan kurashishning uchinchi “usuli” ham ishlatiladi. Berkliklar muammosi inkor qilinadi, lekin OT mualliflari hech bir asoslarsiz tizimda berkliklar mumkin emasligiga da’vo qilishadi.

Download 7.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling