Toshkent axborot texnologiyalari universiteti u. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev operatsion tizimlar
Download 7.33 Mb.
|
Операцион тизимлар
- Bu sahifa navigatsiya:
- Berkliklar muammosi Berklik (deadlock)
Ko‘p darajali navbat
Binobarin, tizimdagi jarayonlar turli o‘ziga xosliklarga (masalan, paketli va interaktiv) ega bo‘lishi mumkin, amalda operatsion tizimlarda bajarilishga tayyor jarayonlar navbati ikkita navbatlarga bo‘linadi: asosiy (interaktiv jarayonlar); fon (paketli jarayonlar). Har bir navbat o‘z rejalashtirish algoritmiga ega bo‘ladi. Asosiy navbat RR, fon navbat FCFS rejalashtirish algoritmiga ega bo‘ladi. Bu aralash algoritmda navbatlar orasidagi rejalashtirish, ya’ni u yoki bu navbatdan jarayonlarni tanlash algoritmi zarur bo‘ladi. Navbatlar orasidagi rejalashtirish quyidagi turlarga bo‘linadi: Qayd etilgan ustuvorlikli – asosiy navbatdan, keyin fon navbatdan barcha jarayonlarga xizmat ko‘rsatish. Bunda “och qolish” ehtimolligi mavjud. Vaqt oralig‘ini ajratish – har bir navbat qandaydir protsessor vaqt oralig‘ini oladi, u jarayonlar orasida taqsimlanishi mumkin, masalan, 80% asosiy navbatdagi RRga va 20% fon navbatdagi FCFSga taqsimlanishi mumkin. 2.24- rasmda jarayonlarni rejalashtirish uchun ko‘p darajali navbat tuzilmasiga real misol keltirilgan. 2.24- rasm. Ko‘p darajali navbatni rejalashtirishga misol Eng yuqori ustuvorlikka tizim jarayonlari ega, keyin interaktiv jarayonlar, undan past ustuvorlikka esa matn tahrirlagichlari chaqiriladigan interaktiv jarayonlarga ega (ular foydalanuvchilarning sekin ishlashi tufayli sezilarli katta vaqtni egallaydi), keyin paketli va nihoyat talabalar jarayonlari keladi. Real vaziyat shunday, lekin muallif talabalar jarayonlarini “kamsitilishini” to‘g‘ri hisoblamaydi. Aynan ularga tizim jarayonlaridan keyingi ustuvorlikni, masalan, diplom ishlarini himoya qilishdan oldingi davrda berish kerak bo‘ladi. 2.6. Berkliklar, Berkliklarni aniqlash va bartaraf etish usullariBerkliklar muammosi Berklik (deadlock) bu bloklangan jarayonlar to‘plami bo‘lib, ulardan har biri qandaydir resursga ega va bu to‘plamdan qandaydir boshqa jarayon ega bo‘lgan resursni kutadi.Berklikka oddiy misolni semaforalar yordamida modellashtirish oson. Tizimda ikkita J1 va J2 jarayonlar murojaat qiladigan ikkita tashqi A va B qurilmalar bo‘lsin. Semafor sinxronlashtirish maqsadida tashqi qurilmalarning har biri bilan bog‘langan, ularni ham A va B bilan belgilaymiz. Semaforlar oldindan ochiq. Jarayonlardan har biriga har ikkala qurilmalar zarur bo‘lsin, lekin ular qurilmalarga qarama-qarshi tartibda murojaat qiladi: J1: kutish (A); kutish (B) J2: kutish (B); kutish (A). Bu holda berklik o‘z o‘rniga ega bo‘ladi. J1 jarayon A semaforni yopish va birinchi qurilmani bloklash bilan ikkinchi qurilma bilan bog‘langan B semaforni qachon ochilishini hech qachon mo‘ljallay olmaydi, chunki uni J2 jarayon yorishga ulgurgan. Shunga o‘xshash, J2 jarayon A semaforning ochilishini mo‘ljallay olmaydi. Download 7.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling