Toshkent axborot texnologiyalari universiteti u. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev operatsion tizimlar


Download 7.33 Mb.
bet66/220
Sana28.07.2023
Hajmi7.33 Mb.
#1663293
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   220
Bog'liq
Операцион тизимлар

.
.
.

Sahifa n

0
1
2
3
4 5 6
7
8 9

3.19- rasm. Valid-invalid biti yordamida protsessor xotirasini himoyalash
Fizik manzil qurilma tomonidan mantiqiy manzil va ko‘chirish registrining qiymati yig‘indisi sifatida hisoblanadi. Ko‘chirish va chegara registerlari apparat bilan qo‘llab-quvvatlash manzillar sxemasi quyidagi 3.20- rasmda keltirilgan.
Segmentli xotira (Segmentation)
Segmentlash - bu xotirani boshqarish usuli bo‘lib, unda har bir vazifa turli o‘lchamdagi bir nechta segmentlarga bo‘linadi, har bir modul uchun tegishli funksiyalarni bajaradigan qismlar mavjud. Segmentlar sahifalardan farqli ravishda o‘zgaruvchan o‘lchamga ega bo‘lishadi. Har bir segment aslida har xil mantiqiy dastur manzili maydoni bilan farqlanadi. Jarayonni bajarish kerak bo‘lganda, uning har bir segmenti mavjud xotiraning qo‘shni blokiga yuklangan bo‘lsa ham, uning tegishli segmentatsiyasi o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan xotiraga yuklanadi. Segmentli xotirani boshqarish sahifali xotira bilan juda o‘xshash, ammo bu yerda segmentlar uzunligi bo‘yicha o‘zgaruvchan bo‘lib, almashtirish sahifalari esa belgilangan o‘lchamga ega. Dastur segmenti dasturning asosiy funksiyasini, yordamchi funksiyalarni, ma’lumotlar tuzilishini va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Segmentlashga misol 3.21- rasmda keltirilgan.

3.20- rasm. Qo‘shni xotirani taqsimlash sxemasi
Operatsion tizim har bir jarayon uchun segment xaritasi jadvalini va bo‘sh xotira bloklari ro‘yxatini, shuningdek segment raqamlarini, ularning o‘lchamlarini va asosiy xotiradagi tegishli xotira maydonlarini o‘z ichiga oladi. Har bir segment uchun jadvalda segmentning boshlang‘ich manzili va segment uzunligi saqlanadi. Xotira manzili segment va almashtirish ma’lumotlarini o‘z ichiga oladi.
Har bir segment – 0 dan boshlanadigan manzillarning to‘g‘ri chiziqli ketma-ketligidir. Segmentning maksimal o‘lchami protsessorning razryadi bilan aniqlanadi (bunda 32 razryadlida manzillashda 232 bayt yoki 4 Gb). Segment manzili dinamik ravishda o‘zgarishi mumkin (masalan, stek segmenti). Segmentlar jadvalining elementida segment boshlanishi fizik manzilidan tashqari odatda segment uzunligi ham beriladi.

3.21- rasm. Segmentlashga misol

Download 7.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling