Toshkent axborot texnologiyalari universiteti u. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev operatsion tizimlar


Qurilma Ma’lumot almashish tezligi


Download 7.33 Mb.
bet71/220
Sana28.07.2023
Hajmi7.33 Mb.
#1663293
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   220
Bog'liq
Операцион тизимлар

Qurilma

Ma’lumot almashish tezligi

Klaviatura

10 bayt/s

Sichqoncha

100 bayt/s

Modem 56K

7 Kbayt/s

Raqamli kamera

3,5 Mbayt/s

Blu-ray disk 4x

18 Mbayt/s

802.11n standartli simsiz tarmoq

37,5 Mbayt/s

USB 2.0

60 Mbayt/s

FireWire 800

100 Mbayt/s

Gigabit Ethernet standart tarmog‘i

125 Mbayt/s

SATA 3 disk

600 Mbayt/s

USB 3.0

625 Mbayt/s

SCSI Ultra 5 disk

640 Mbayt/s

Bir yo‘lakli shina PCIe 3.0

985 Mbayt/s

Shina Thunderbolt 2

2,5 Gbayt/s

SONET OC-768 tarmog‘i

5 Gbayt/s


  • Boshqaruvning murakkabligi. Printer uchun nisbatan sodda interfeys kerak, diskga esa – ancha murakkabroq. Bu farqlarning OT ga ta’siri kiritish/chiqarish kontrollerlarni murakkablashi bilan bartaraf etiladi;

  • Ma’lumotlar uzatish birligi. Ma’lumotlar bloklar yoki bayt yoki belgilar oqimlari bilan uzatilishi mumkin;

  • Ma’lumotlarni taqdim etish. Turli qurilmalar ma’lumotlarni kodlashning, shu jumladan, belgilarni kodlash va juftlikni nazorat qilish, turli sxemalaridan foydalanadi;

  • Xatolik shartlari. Xatoliklar tabiati, ular haqida xabar berish usuli, ularning asoratlari va ehtimolli javoblari bir qurilmadan boshqa qurilmaga o‘tganida keskin farqlanadi.

Ba’zi eng keng tarqalgan qurilmalarning ma’lumot uzatish tezligi 4.1- jadvalda keltirilgan.
Kontroller qurilmasi
Kiritish/chiqarish qurilmasi mexanik va elektr komponentlardan iborat. Bu komponentlar ko‘p holatlarda maksimal model va modelni umumlashtirish maqsadida mantiqiy ajratilishi mumkin. Odatda u shaxsiy kompyuterlarda kengayuvchan slotga o‘rnatiladigan ma’lum bir ko‘rinishli plata shaklida bo‘ladi. Mexanik komponentlar - qurilmaning o‘zi. Odatda kontroller platasi asosiy qurilmaning o‘ziga kabel orqali ulanishi mumkin bo‘lgan qismlar bilan jihozlangan bo‘ladi. Ko‘plab kontrollerlar ikki, to‘rt, xatto sakkizta qurilmalarni boshqarish imkoniyatiga ega. Agar kontroller va qurilma o‘rtasida interfeys standart bo‘lsa, unda belgilangan rasmiy standartlar ANSI, IEEE yoki ISO, yoxud alohida qurilma va kontrollerlar ishini soddalashtirish uchun chiqarilgan standartlar mavjud. Ko‘plab kompaniyalar SATA, SCSI, USB, Thunderbolt yoki FireWire (IEEE 1394) bilan mos keladigan qattiq disklarni ishlab chiqaradilar.
Ko‘plab kichik kompyuterlar yagona shina modeli bo‘yicha tashkil qilingan qurilmalar bilan birga ishlaydi (4.1-rasm). Ko‘plab mashina, meynfreymlar (dastlabki superkompyuterlar) kiritish/chiqarish kanali deb ataladigan ixtisoslashtirilgan kompyuterlarga kiritish/chiqarish xizmatini ko‘rsatish uchun bir nechta shinali modelni ishlatadi. Bunday tashkil qilish asosiy protsessorda yuklamani pasaytirishga imkon beradi.

Shina
4.1- rasm. Protsessor, xotira, kiritish/chiqarish va boshqa kontrollerlarni ulanish modeli
Qurilma va kontroller o‘rtasidagi interfeys qisman past pog‘ona interfeysi hisoblanadi. Masalan, biron bir qattiq disk sektor hajmi 512 bayt bo‘lgan yo‘lakga 2000000 sektor uchun formatlanishi mumkin. Darhaqiqat, kontroller sektor sarlavhasidan (kirish qismi) boshlanadigan ketma-ket bit oqimlarini oladi, keyin sektorda mavjud bo‘lgan 4096 bitni kuzatadi va xatolikni to‘girlash kodi (ErrorCorrecting Code) deb nomlangan nazorat summasi ohitiga yetadi. Sektor sarlavhasi formatlanayotgan (shakl berilayotganda) vaqtda diskga yoziladi. Boshqaruv qurilmasining vazifasi ketma-ket oqimni baytlar blokiga aylantirish va kerak bo‘lganda xatoliklarni tuzatishdir. U silindr va sektor raqami, sektor hajmi, sinxronizatsiyalash axboroti va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Blok bayti odatda kontroller buferida bitdan bitlarni to‘playdi. So‘ng blok nazorat summasini tekshiradi va agar u sektor sarlovhasida ko‘rsatilgan bilan mos tushsa, uni xatosiz deb e’lon qilgandan so‘ng, uni tezkor xotiraga ko‘chirishi mumkin.
Monitor kontrolleri (videokontroller) past pog‘onadagi qurilmalar kabi bitli ketma-ketlikda ishlaydi. U xotira baytlari hisoblaniladi va o‘z ichiga signalni tasvirlash va shakllantirish belgilarini oladi, elektron trubka nurlarini modulyatsiyalashda ishlatiladi, uni ekranda rasmini chiqaradi. Bundan tashqari, videokontroller signalni shakllantiradi, elektr nurlarni vertikal va gorizontal joylashishini boshqaradi. Bu signallar suyuq kristall ekranlarda alohida piksellarda ko‘rsatiladi va ularni yorug‘roq ko‘rsatadi.
Kontrollerning ayrim qurilmalari asosan, disk bosqichmabosqich to‘xtalishi juda qiyin. Masalan, zamonaviy diskni o‘quvchi kontroller qurilmalari bir necha megabaytli ichki xotiraga ega. Kontrollerni o‘qish operatsiyasini bajarish natijasida kerakli silindr ko‘rsatilgandan so‘ng ma’lumotlarni hisoblash va saqlash amalga oshiriladi (sektorga kirishga ruhsat berishni kutib o‘tirmaydi). Bunday keshlash ma’lumotlar so‘rovi ketma-ketligida samaraliroq bo‘ladi. Talab qilinayotgan ma’lumotni olingandan so‘ng kontroller sektorlar ketma-ketligida keshlashni davom ettirishi mumkin bo‘ladi. Shunga o‘xshash mexanizmlar diskga murojaat qilmasdan o‘qish, ko‘plab so‘rovlariga xizmat ko‘rsatishga imkon beradi.

Download 7.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling