Windowsda xotirani boshqarish
Windows virtual xotira menejeri xotira qanday taqsimlanishi va almashtirish (paging) qanday bajarilishini boshqaradi. Xotira menejeri turli platformalarda ishlash va 4 Kbaytdan 64 Kbaytgacha bo‘lgan sahifalar hajmidan foydalanish uchun mo‘ljallangan. Intel va AMD64 platformalarida har bir sahifada 4 Kbayt, Intel Itanium platformalarida esa har bir sahifa 8 Kbayt dan tashkil topadi.
Windowsda virtual manzil xaritasi. 32-razryadli
platformalarda, har bir Windows foydalanuvchi jarayoni alohida 32razryadli manzil maydonini ko‘radi va har bir jarayon uchun 4 Gb virtual xotirani ta’minlaydi. Odatda, ushbu xotiraning yarmi OT uchun ajratilgan (zaxiralangan), shuning uchun har bir foydalanuvchi amalda 2 Gb virtual manzil maydoniga ega va barcha jarayonlar yadro rejimida ishlaganda yuqori 2 Gb tizim maydonining ko‘p qismini birgalikda ishlatadi. Mijozlar va serverlarda katta hajmdagi xotiraga ega ilovalar Windowsning 64-razryadli versiyasidan foydalangan holda yanada samarali ishlashi mumkin. Netbuklarga qo‘shimcha ravishda, zamonaviy kompyuterlarning aksariyati 32-razryadli yoki 64-razryadli tizim sifatida ishlashi mumkin bo‘lgan AMD64 protsessor arxitekturasidan foydalanadi. 9.10- rasmda odatiy 32razryadli foydalanuvchi jarayoniga ko‘rinadigan standart virtual manzil maydoni ko‘rsatilgan. U to‘rtta maydondan iborat:
0x00000000 dan 0x0000FFFF: Dasturchilarga NULLko‘rsatkich vazifalarini aniqlashga yordam berish uchun ajratilgan. 0x00010000 dan 0x7FFEFFFF: Mavjud foydalanuvchi manzil maydoni. Bu maydon asosiy xotiraga yuklanishi mumkin bo‘lgan sahifalarga bo‘lingan.
0x7FFF00000 dan 0x7FFFFFFF: foydalanuvchi kirishi mumkin bo‘lma-gan himoya sahifasi. Ushbu sahifa OT uchun mavjud ko‘rsatkichdan (chegaradan) tashqaridagi havolalarni tekshirishni osonlashtiradi.
0x80000000 dan 0xFFFFFFFF: tizim manzillari maydoni. Ushbu 2 Gbayt jarayon Windows bajaruvchisi (Executive), yadro, HAL (hardware abstraction layer) va qurilma drayverlari uchun qo‘llaniladi. 64-razryadli platformlarda, Windows 7 da 8 Tbayt foydalanuvchi manzil maydoni mavjud.
NULL-
ko‘rsatkichlivazifal
ar uchun 64-Kbayt 2 Gbayt foydalanuvchi manzil maydon (mavjud maydoni (zahiralanmagan,
foydalanish mumkin)
Noto‘g’riko‘rsatkichlivazifalar
uchun 64-Kbayt
maydon (mavjud Operatsion tizim uchun 2 Gbayt emas) maydon (mavjud emas)
9.10- rasm. Windowsda standart 32-razryadli virtual manzillar maydoni
Do'stlaringiz bilan baham: |