Toshkent axborot tеxnologiyalari univеrsitеti


OOT – oldini olish tadbirlari; IYuX


Download 376.81 Kb.
bet33/95
Sana04.04.2023
Hajmi376.81 Kb.
#1327117
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   95
Bog'liq
маъруза матни L

OOToldini olish tadbirlari;
IYuXish yuritish xarajatlari;
Frejalashtirilgan foyda.

Brutto-stavkani netto-stavka va yuklamaga bo’lishning asosi shundan iboratki, netto-stavka sug’urtalovchilarning sug’urtalanuvchilar oldidagi majburiyatlarini bajarishga, yuklama esa sug’urta tashkiloti faoliyatini moliyalashtirishga mo’ljallangandir.


Tarif stavkasini ishlab chiqish va asoslash jarayoni tarif siyosati deyiladi. Uning ostida sug’urtalovchining sug’urtani muvaffaqiyatli va zararsiz rivojlantirish maqsadida sug’urta tariflarini o’rnatish, aniqlashtirish va tartibga solish bo’yicha faoliyati tushuniladi.
Bu siyosat quyidagi asosiy tamoyillarga tayanadi:

  1. Tomonlarning (sug’urtalovchi va sug’urtalanuvchi) sug’urta munosabatlarini ekvivalentligi. Bu netto-stavkalar zarar ehtimolligiga maksimal mos kelishi zarurligini bildiradi. Shu bilan birga tarif davridagi sug’urta fondining mablag’larini sug’urta tarifi qurilgan ko’lamdagi sug’urtalanuvchilar yig’indisiga qaytarilishi ta’minlanadi. Shunday qilib ekvivalentlik tamoyili sug’urtaning qayta taqsimlash mohiyatiga mos kelishi zarur.

  2. Sug’urta tariflarining keng ko’lamdagi sug’urtalanuvchilar uchun qulaylik tamoyili. Tarif stavkalarining o’ta yuqori bo’lishi sug’urtaning rivojlanish yo’liga to’siq va befoyda bo’lishi mumkin.

  3. Sug’urta tariflari hajmining uzoq muddat davomida barqarorligi. Doimiy tariflarga sug’urtalanuvchilar ham, sug’urta xodimlari ham ko’nikib qoladilar. Bu bilan sug’urtalanuvchilarning sug’urta ishiga va sug’urta kompaniyalarining to’lovga qobiliyatiga bo’lgan ishonchi mustahkamlana boradi.

  4. Sug’urta mas’uliyati hajmini kengaytirib borish. Bu tamoyilga asosan sug’urtalovchilar o’zlarining mas’uliyat chegaralarini kengaytirib borishlari lozim. (Masalan, hayotni sug’urtasi bo’yicha qo’shimcha ko’ngilsiz hodisalardan sug’urtalash, turli sabablar natijasida hayot darajasining pasayishi sug’urtasi va b.).


  5. Download 376.81 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling