Toshkent axborot tеxnologiyalari univеrsitеti
Download 376.81 Kb.
|
маъруза матни L
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Sug’urta tariflarini qurishning uslubiy jihatlari
O’lim ko’rsatkichi jadvali – bu o’lim ko’rsatkichi natijasida tug’iluvchilarning ayrim yig’indisini yoshi bo’yicha kamayishini ko’rsatuvchi o’zaro aloqador kattaliklarning tartibga solingan qatori. Bu hayotning turli davrlarida o’lim holatlari takrorlanishini (chastotasini), har qaysi yoshgacha yashab yetuvchilarning ulushini, hayot davomiyligini va boshqalarni o’lchovchi yosh ko’rsatkichlari tizimidir. O’lim ko’rsatkichi jadvalining ko’rsatkichlari hisobga olingan boshlang’ich soni bilan ayrim yoshdagilarni yashash va o’lim holatlarini ro’y berish jarayonining tasviri sifatida qurilgan. O’lim ko’rsatkichi jadvalining tuzilishi quyidagicha:
Jadvaldagi x – aholining yosh guruhlari; lx – har bir mazkur yoshgacha yashab borganlar soni, u bir vaqtda tug’ilgan 100000 kishidan nechtasi 1, 2, …, 20, …, 50 va boshqa yoshgacha yashab yetganini ko’rsatadi; dx - x yoshdan x=1 yoshga o’tishda o’lganlar soni bo’lib, u har qaysi yosh guruhiga yashab yetib keyingi yoshgacha yashab yetmaganlar sonini ko’rsatadi; - x=1 yoshga yetmasdan x yoshda vafot etish ehtimolligi; - keyingi yoshgacha yashab borish ehtimolligi; ex – o’rtacha hayot davomiyligi bo’lib, mazkur yoshgacha yashab yetgan odamning yana o’rtacha necha yil yashashini bildiradi. E.Galle tomonidan ishlab chiqilgan uslubiyotga hozirgi kunda ham hayot va pensiya sug’urtalarida tariflarni hisob-kitob qilishda tayanadilar. Bugungi kunda aktuar hisob-kitoblar nazariyasida matematika va statistikaning eng yangi yutuqlaridan foydalaniladi. 3. Sug’urta tariflarini qurishning uslubiy jihatlari Sug’urta tariflarini qurish masalasi har qanday sug’urtalovchi faoliyatida markaziy o’rin egallaydi. Uning ahamiyati shundaki, sug’urtalovchi sug’urta shartnomalari bo’yicha olingan majburiyatlarni matematik o’lchovini talab qiluvchi, mazmuni va tavsifi bo’yicha turlicha bo’lgan sug’urtalarni amalga oshiradi. Aktuar hisob-kitoblarni tashkil qilishda aniq bir sug’urta turiga bog’liq bo’lmagan umumiy masalalarni hisobga olish zarur. Unga netto-mukofotni, risk uchun qo’shimcha va ish yuritish xarajatlarini aniqlashni kiritish mumkin. Barcha aktuar hisob-kitoblarning uslubiy birligiga qaramasdan, ularni amaliyoti sug’urtaning alohida sohalari va turlari xususiyatlari bilan bog’liq turli variatsiya va variantlarda amalga oshiriladi. Aktuar hisob-kitoblar yordamida to’lash uchun taqdim etiladigan sug’urta to’lovlarining hajmi aniqlanadi. Hisob-kitoblar birligi sifatida sug’urta yig’indisiga kiritilgan sub’ekt xizmat qiladi. Sug’urta to’lovlarining hajmini hisoblab chiqarishda hisob-kitoblar birligi turli ierarxik tengliklarda, ya’ni butun mamlakat uchun, alohida hududlar bo’yicha ularning har birini xususiyatlari va tavakkalchiliklarni zamonda va makonda namoyon bo’lishidagi turlichaliklar hisobga olingan holda ko’rib chiqilishi mumkin. Alohida sug’urta turlari bo’yicha aktuar hisob-kitoblarning boshqa bir xususiyati shu bilan bog’langanki, mulkiy guruhda tavakkalchiliklarning katta tebranishlari mavjudligi sababli tavakkalchilik uchun maxsus ko’shimcha belgilanadi. Bunday qo’shimcha shaxsiy sug’urta bo’yicha aktuar hisob-kitoblarda, odatda, hisoblanmaydi (biroq, bo’lishi mumkin), ammo sug’urta yig’indisi hajmi yetarlicha katta, sug’urta summalari esa, nisbatan katta emas. Aktuar hisob-kitoblarni tashkil qilishda inson faoliyatidagi ijtimoiy holatlarning ta’sirini ham hisobga olish lozim. Aktuar hisob-kitoblar amaliyotidagi aniq xulosalar davr, o’rin va sug’urta turi bilan bog’liqdir. Aktuar hisob-kitoblar sug’urtalovchi o’z oldiga qo’ygan maqsadlardan va mamlakatning umumiqtisodiy shart-sharoitidan kelib chiqib belgilanadi. Bu shuni anglatadiki, mavjud aynan bir xil ob’ektiv omillarning (tavakkalchilikning paydo bo’lishi, ehtimollik darajasi, ish yuritish xarajatlari) ayrim ijtimoiy shart-sharoitlarga bog’liqligidan kelib chiqib, oxirgi aktuar hisob-kitoblar bir necha variantlarda bo’lishi mumkin. Sug’urtalovchi tomonidan amalga oshiriladigan aktuar hisob-kitoblarni bir necha belgilari bo’yicha turkumlash mumkin. Aktuar hisob-kitoblar sug’urta turlari bo’yicha turkumlanishi mumkin. Shuningdek, ular davri bo’yicha rejali va hisobot (keyingi) aktuar hisob-kitoblarga ham turkumlanishi mumkin. Amaliyotda, odatda, sug’urtalovchining amalga oshirib ulgurgan operatsiyalari bo’yicha keyingi aktuar hisob-kitoblar tuziladi. Bu hisob-kitoblar sug’urtaning mazkur turi bo’yicha sug’urtalovchining keyingi faoliyatiga xizmat qiladi. Rejali aktuar hisob-kitoblar faqatgina sug’urtaning yangi turini kiritish ko’zda tutilayotganda tavakkalchilikni qandaydir haqqoniy kuzatuvi yetishmaganda tuziladi. Odatda, kompaniya tomonidan amalga oshirilib kelinayotgan mazmun jihatdan yaqin yoki o’xshash sug’urta turlari bo’yicha aktuar hisob-kitoblar natijalaridan foydalaniladi. Uch-to’rt yil o’tganidan so’ng rejali aktuar hisob-kitoblar olingan statistik ma’lumotlar tahlilini hisobga olib korrektirovka qilinadi (tuzatish kiritiladi). Shu yo’sinda rejali aktuar hisob-kitoblar hisobot (keyingi) aktuar hisob-kitoblarga aylanadi. Aktuar hisob-kitoblar bosh belgisiga muvofiq umumiy (butun mamlakat uchun) va hududiy (alohida hudud uchun) bo’lishi mumkin. Aktuar hisob-kitoblar natijalari bo’yicha olingan sug’urta kalьkulyatsiyasi tarkibiy tuzulishi kalьkulyatsiyaga kiritilgan alohida xarajat elementlari o’rtasidagi mutanosibliklar bilan bog’liq bo’ladi. Bu sug’urta kalьkulyatsiyasini to’la va uning alohida elementlarini tahlil qilish imkonini beradi. Vaqt o’tishi bilan sug’urta kalьkulyatsiyasining tarkibiy tuzulishida tavakkalchiliklardagi o’zgarishlar, yangi sug’urta siyosati, bozordagi raqobat kurashi va boshqalar bilan asoslanuvchi o’zgartishlar bo’lib turadi. Download 376.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling