Toshkent axborot tеxnologiyalari univеrsitеti


Sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari


Download 376.81 Kb.
bet38/95
Sana04.04.2023
Hajmi376.81 Kb.
#1327117
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   95
Bog'liq
маъруза матни L

Sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari

Sug‘urta bozorining subyektlari professional va professional bo‘lmagan qatnashchilarga bo‘linadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10 apreldagi PQ-618-sonli qaroriga bilan “Sug‘urta bozorining professional qatnashchilari to‘g‘risidagi Nizom” qabul qilingan bo‘lib, unda sug‘urta bozorining professional qatnashchilarining tarkibi, ularning faoliyatini tashkil qilish tartib hamda shartlari, shuningdek asosiy funksiyalari belgilab qo‘yilgan.
Nizomga ko‘ra sug‘urtalovchilar, sug‘urta vositachilari (sug‘urta brokeri, qayta sug‘urtalovchi broker, sug‘urta agenti), aktuar, adjaster, syurveyer xizmatlari, shuningdek assistans xizmatlari ko‘rsatadigan yuridik va jismoniy shaxslar sug‘urta bozorining professional qatnashchilari hisoblanadi.
Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarini davlat ro‘yxatiga olish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan, sug‘urta bozorining boshqa professional qatnashchilarini davlat ro‘yxatiga olish esa - qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tumanlar va shaharlar hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatga olish inspeksiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) asosida amalga oshiriladi.
Aktuar, adjaster, syurveyer xizmatlari hamda assistans xizmatlari ko‘rsatadigan yuridik va jismoniy shaxslar:

  • sug‘urtalovchi sifatida sug‘urtalash va qayta sug‘urtalash operatsiyalarini o‘tkazish;

  • sug‘urtalash bo‘yicha vositachilik faoliyatini amalga oshirish;

  • sug‘urtalovchilarning ustav fondlarida qatnashish huquqiga ega emas.

Sug‘urta bozorining professional qatnashchilari o‘z faoliyatini muvofiqlashtirish, umumiy manfaatlarni himoya qilish va ifodalash hamda umumiy vazifalarni hal etish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda notijorat tashkilotlar hisoblangan o‘z uyushmalari va ittifoqlarini tuzishga haqlidir.
Sug‘urta bozorining professional qatnashchilari uyushmalari va ittifoqlaridan sug‘urta bozorini monopoliya qilishga yo‘naltirilgan bitimlarga erishish uchun foydalanilishi mumkin emas.

Download 376.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling