Toshkent axborot tеxnologiyalari univеrsitеti
Sug’urta operatsiyalarini o’zini-o’zi qoplash va rentabelligini ta’minlash
Download 376.81 Kb.
|
маъруза матни L
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Aktuar hisob-kitoblarning mazmuni va vazifalari Aktuar hisob-kitoblar
Sug’urta operatsiyalarini o’zini-o’zi qoplash va rentabelligini ta’minlash. Mazkur moliyaviy tamoyillar to’laligicha olingan sug’urta badallari hisobidan sug’urta to’lovlarini va boshqa xarajatlarni amalga oshiradigan sug’urtalovchilarga tegishli. Mazkur tamoyildan kelib chiqib, sug’urta tariflari shunday qurilishi kerak-ki, olingan badallar sug’urtalovchining xarajatlarini (zararni qoplash, soliqlar, xodimlarga haq to’lash va b.) qoplabgina qolmasdan, balki daromad (foyda)ning xarajatlardan ortiq bo’lishini ham ta’minlashi lozim. Bu esa, sug’urtalovchining keyingi faoliyatini kengaytirish va rivojlantirish imkonini beradi.
O’zbekistonda sug’urta qonunchiligiga muvofiq sug’urtaning majburiy shakli bo’yicha tariflar Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi, ixtiyoriy sug’urta bo’yicha esa, sug’urta tashkilotlarining o’zlari belgilaydilar. Biroq, sug’urta tariflarining belgilanishi va asoslanishi hamda, umuman, mamlakatdagi sug’urta faoliyati ustidan nazoratni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan maxsus vakolatli davlat organi amalga oshiradi. Bunday vakolatli davlat organi sifatida O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi huzurida Davlat sug’urta nazorati inspektsiyasi 1998 yilning 8 iyulida tashkil etilgan. Istalgan sug’urta turi bo’yicha sug’urta tariflarining hisob-kitobi o’z aksida sug’urta jarayonini aks ettiradi. Bunda, tegishli ob’ektni sug’urtalash xarajatlari aniqlanadi. Aktuar hisob-kitoblar yordamida sug’urta xizmatining tannarxi va qiymati aniqlanadi. 2. Aktuar hisob-kitoblarning mazmuni va vazifalari Aktuar hisob-kitoblar bu – tarif stavkalarini hisoblashning iqtisodiy-matematik va ehtimolli-statistik usullari yig’indisidir. Shuningdek, aktuar hisob-kitoblar yordamida har bir sug’urtalanuvchining sug’urta fondini vujudga kelishidagi ulushi va boshqa qiymatlar aniqlanadi. Sug’urta qilinayotgan ob’ektning sug’urta xarajatlarini aniqlash – sug’urtalovchi faoliyatining juda mas’uliyatli vaziflaridan biridir. Sug’urtani amalga oshirish xarajatlarini hisobga olish shakli sug’urta(aktuar) kalьkulyatsiyasi deyiladi. Aktuar kalьkulyatsiyaning rolini har xil aspektlarda ko’rib chiqish mukin: bir tomondan, sug’urtalovchi ko’rsatayotgan xizmatning tannarxini aniqlash imkonini bersa, boshqa tomondan esa, u orqali sug’urtalovchi faoliyatidagi iqtisodiy, moliyaviy va tashkiliy yutuqlari yoki kamchiliklarini har tomonlama tahlil qilish va ochib berish uchun sharoit yaratadi. Aktuar kalьkulyatsiya shartnomada ko’rsatilgan sug’urta to’lovlarini aniqlash imkonini beradi. Aktuar hisob-kitoblar sug’urta ishi amaliyoti bilan bog’liq bo’lgan qator xususiyatlarga ega. Bularning asosiylari quyidagilar: baholanadigan hodisalar ehtimollik xarakteriga ega. Bu to’lanishi kerak bo’lgan sug’urta to’lovlari hajmida aks etadi; alohida yillarda umumiy qonuniyat ko’plab asoslangan tasodifiy hodisalar orqali namoyon bo’ladi. Ularning mavjudligi to’lanadigan sug’urta to’lovlarining sezilarli tebranishiga olib keladi; sug’urtalovchi tomonidan ko’rsatilayotgan xizmat tannarxini hisoblash hamma sug’urta ishlari bilan aloqadorlikda ishlab chiqiladi; sug’urtalovchi ixtiyorida bo’ladigan sug’urta rezervlarini ajratish, rezervlarning optimal hajmlarini aniqlash zarur; sug’urta shartnomasini bashorat qilishda uning hajmini tez baholash va boshqalar. Aktuar hisob-kitoblarning asosiy vazifalari: - sug’urta yig’indisi doirasida tavakkalchiliklarni tadqiq qilish va guruhlarga ajratish, ya’ni tavakkalchiliklarni ilmiy turkumlanishi talablariga rioya etish; - sug’urta holatining ro’y berishini matematik ehtimolligini hisoblash, alohida olingan tavakkalchilik guruhlarida va to’laligicha sug’urta yig’indisida zarar yetkazish oqibatlarining tez-tez takrorlanishi (chastota) va darajalarini aniqlash; - sug’urtalovchining ish yuritish uchun zaruriy xarajatlarini matematik asoslash va ularni rivojlanish tendentsiyalarini bashorat qilish; - sug’urtalovchi uchun zaruriy rezerv fondlarini matematik asoslash, bu fondlarni shakllantirishning aniq uslub va manbalarini taklif etish. Aktuar hisob-kitoblar nazariyasining asoslari XVII asrda olimlar D.Graunt, Yan de Vitt, E.Galle ishlarida yaratilgan. 1662 yili ingliz olimi D.Grauntning «O’lim ko’rsatkichi byulleteni ustida olib borilgan tabiiy va siyosiy kuzatishlar» nomli ishi e’lon qilingan. U birinchi bo’lib insonlar o’lim ko’rsatkichi haqidagi ma’lumotlarni qayta ishlagan va o’lim ko’rsatkichi jadvalini tuzgan. Shu davrda golland olimi Yan de Vitt umrbod renta sug’urtasi bo’yicha tariflar haqidagi ishini e’lon qilgan bo’lib, unda sug’urtalanuvchining yoshi va pullar ko’payishining me’yorlaridan kelib chiqib tariflarni hisoblash usulini bayon qilgan. Aktuar hisob-kitoblar nazariyasi o’zining keyingi rivojini ingliz astronomi va matematiki E.Galle ishlarida topdi. U o’lim ko’rsatkichining asosiy jadvallariga ta’rif berdi. E.Galle tomonidan taklif qilingan jadvallar shakli hozirgacha qo’llanib kelinmoqda. Download 376.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling