Toshkent davlat agrar universiteti “Logistika” yo’nalishi 20-94 guruh


Taqsimlash logistikasi suyunadigan logistika prinsiplari va xususiyatlari


Download 0.49 Mb.
bet2/3
Sana23.04.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1393192
1   2   3
Bog'liq
taqsimot logistikasi

Taqsimlash logistikasi suyunadigan logistika prinsiplari va xususiyatlari.

Sotuv faoliyati boʼyicha nazariy va amaliy izlanishlar shuni koʼrsatadiki,

sotuvni logistik modellashtirish maʼlum bir tamoyillarga amal qilinsa,

yetarli darajadagi samaradorlikni oshirishga olib keladi. Bu tamoyillarni

(printsiplarni) logistik modellashtirish printsiplari deb atashadi.

Logistik modellashtirish tamoyillari quyidagilar:

Iqtisodiy xususiyatlari murakkab boʼlgan sotuv jarayonini modellashtira oladigan eng muhim prinsipi bu tizimlilik prinsipidir. Sotuv tizimi bu elementlarning erkin yigʼindisi emas, balki bir-biri bilan bogʼlangan, muvofiqlashgan bir yaxlitlikning qismlaridir. Bu printsip asosida logistik model barcha umumiy maqsadga yoʼnalgan elementlarni oʼz ichiga olishi kerak.Yaxlitlilik printsipi hech bir tizimni tashkil etuvchi qismlarida yoʼq xususiyatlarga tizimning ega boʼlishidir. Masalan, ombor yoki transport sexi yoki oʼrash sexi alohida olganda tugallangan sotish jarayonini (xaridorning toʼlovga layoqatlilik talabini firma daromadini maksimallashtirib qoniq-tiradigan) amalga oshira olmaydi.Ierarxiyalik printsipi alohida elementlar orasida vakolatlar taqsimlanishi boʼyicha qarama-qarshiliklarsiz koʼp pogʼonali sotuv tizimini amalga oshirish imkoniyatini beradi. Bu printsipni ketma-ketlikda amalga oshirish jarayonida tizimning har bir alohida boʼlimlari oʼz oldiga qoʼyilgan vazifalarni bajarish uchun usul va vositalar tanlashda mustaqillikka egadirlar. Funktsionallik printsipi sotuv tizimining va uning har bir elementining oʼz vazifasi borligini taʼminlaydi. Аynan funktsiyalar taqsimlash asosida sotuv xizmatining tashkili tuzilmasi kelib chiqadi, teskarisi emas. Boshqacha qilib aytganda sotuvni logistik modellashtirishda hamma tuzilma boʼlinmalariga funktsiyalar qidiriladi, keyin maʼlum bir funktsiyalar yigʼindisiga moslab tuzilmaviy boʼlinmalar yaratishadi.


Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling