Bug’doyning chiziqcha shaklli mozaikasi. Kasallik AQSH, Kanada, Evropaning bir qancha davlatlarida, Shimoliy Kavkazda, Ukraina, Moldaviya va Markaziy Osiyoda qayd etillgan.
Ushbu virus bilan zararlangan bug’doy o’simliklari barglarida kuchsiz och- yashil chiziqlar hosil bo’ladi, ular barg tomirlarida yaqqol ko’rinadi. Kasallik rivojlana borgan sari o’simlik sarg’aya boshlaydi, o’sishdan orqada qoladi va zararlangan barglari qurib qoladi. Kasallangan o’simlik boshoqlarida don qisman hosil bo’ladi yoki umuman hosil bo’lmaydi. Ushbu virusning vektori Aceria avlodiga mansub bo’lgan o’simlik kanalaridir. Kasallik bilan bug’doydan tashqari arpa, suli va boshqa begona o’tlar ham zararlanadi. Bug’doyning chiziqchali mozaika virusining kriptogrammasi R/l; 2.8 /*; E/E; S/E; S/Ac. Virusga tashxis qo’yish uchun elektron mikroskop va serologik usul qo’llaniladi. Virionlarining hajmi 700 nm.
Arpaning tasmacha (chiziqcha) shaklli mozaikasi. Kasallikni tayoqcha shaklli, o’lchami 125-150x30 nm keladigan virus (barley stripe mosaic virus) qo’zg’atadi. Kasallik MDHda Latviya, Ukraina, Moldova, Shimoliy Kavkaz va Rossiyaning Noqoratuproq zonasida qayd etilgan.
Zararlangan o’simliklaming barglarida parallel joylashgan och-yashil yoki sariq tasmachalar hamda to’q-qo’ng’ir tusli, to’g’ri yoki ba’zan «V» shaklli nekrotik chiziqchalar hosil bo’ladi. Kasallik belgilari arpa navi va virus shtammiga bog’liq holda o’zgaruvchan bo’ladi. Erta va kuchli zararlangan o’simliklar o’sishdan orqada qoladi va xunuk shaklli boshoqlar hosil qiladi.
Virus bilan zararlanadigan o’simliklar qatoriga, arpadan tashqari, bug’doy va shakar makkajo’xori (ba’zan qiltiqsiz yaltirbosh ham) kiradi. Ularning barglarida oeh-yashil yoki oqish tasmachalar hosil bo’ladi, ba'zan barglar butunlay oqaradi. Virusning tashuvchisi aniqlanmagan. Patogen zararlangan o’simliklardan olingan urug’lik don orqali tarqaladi. Zararlangan arpa donida virus hayotchanligini 10 yilgacha saqlashi mumkin. O’simliklar qancha erta zararlansa, virusning hosilga zarari ham shunchalik katta.
Do'stlaringiz bilan baham: |