Toshkent davlat agrar universiteti rahimov Uchqun Hamroevich, Xakimov Aziz Abduvoxitovich


Makkajo’xori mozaikasi, makkajo’xorining pakana mozaikasi va jo’xorining qizil chiziqcha shaklli dog’lanishi kasalligi


Download 0.51 Mb.
bet5/29
Sana10.03.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1256936
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
Virusologiya

Makkajo’xori mozaikasi, makkajo’xorining pakana mozaikasi va jo’xorining qizil chiziqcha shaklli dog’lanishi kasalligi. Ushbu kasalliklaming barchasini bitta fitopatogen virus qo’zg’atadi. AQSHda ushbu kasallikni makkajo’xori pakanaligi deb, Yevropada esa oddiy mozaikasi deb atashadi.
Makkajo’xorida ushbu kasallik mozaika ko’mishida bo’lib, kuchsiz yoki kuchli rivojlanishi mumkin. Zararlangan o’simlik o’sishdan orqada qoladi. Kasallik o’simlikning generativ a’zolari rivojlanishiga ta’sir etadi, bunda makkajo’xori supurgisi deformatsiyaga uchraydi va so’tasi yaxshi rivojlanmaydi. Zararlangan jo’xorida esa och-yashil dog’lanish va chiziqchalar paydo bo’ladi, vaqt o’tishi bilan esa och-yashil dog’lar sarg’ish va qizg’ish, botiq, dog’lar ko’rinishiga kiradi.
Makkajo’xorining pastbo’ylilik mozaikasi yoki jo’xorining qizil chiziqchalik kasalligini qo’zg’atuvchi virus potiviruslar guruhiga kiradi, ammo yaxshi o’rganilmagan. U shakarli o’simlik (steviya) virusiga yaqin va uning shtammi bo’lishi taxmin qilinadi. Makkajo’xorining pakanaligi va jo’xorining qizil chiziqcha shaklli dog’lanishi kasalligini qo’zg’atuvchi virusning ipsimon qismlarining hajmi 670 780 nm. Virus mexanik usulda, ya’ni o’simlik sharbati orqali oson yuqadi.
Virusning vektorlari asosan o’simlik shiralaridir. Virus g’umay o’simligida yaxshi rivojlanadi va unda rivojlangan virus o’simlik shiralari boshqa o’simliklarga tarqaladi

.

POMIDORNING VIRUS KASALLIKLARI
3. Amaliy mashg’ulot
Reja:

  1. Pomidorda bodring mozaikasi

  2. Pomidorda beda mozaikasi

  3. Pomidorda tamaki mozaikasi

  4. Pomidorda jut't strik

  5. Pomidor o’simligi tepasi bujmayishi

  6. Pomidor olachipor so’lishi (bronza tusini olishi)

  7. Pomidorda sariq yoki stolbur kasalligi

  8. Pomidorningvirus va fitoplazma kasalliklari


Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling