Toshkent davlat agrar universiteti rahimov Uchqun Hamroevich, Xakimov Aziz Abduvoxitovich


Download 0.51 Mb.
bet6/29
Sana10.03.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1256936
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
Virusologiya

Zaruriy jixozlar: Gerbariydan kasallangan o’simlik namunalarini olish. Mikroskop, buyum va qoplog’ich oyna, lupalar, petri likopchalar, preparoval nina, pipetkalar, spirtovka, pinsentlar.
Topshiriq bajarish tartibi: Kasalliklami tashqi ko’rinishlariga qarab ajratish, belgilarini yozib olish va rasmini chizish, kasalliklarga tashxiz qo’yish preparat tayyorlab mikroskop ostida ko’rish.
Pomidorda bodring mozaikasini shu mozaika virusi (Cucumis virus 1) qo’zg’atadi. Kriptogrammasi R/l; 1,3/19 + 1,1/19 + 0,8/19; S/S; S/Ap. Virionlari dumaloq shaklli, izometrik, diametri 30 nm gacha. O’simlik shirasida 6-19 kungacha hayotchanligini saqlaydi; tozalangan preparatlarda 0-4°C harorat va rN 9 sharoitida infeksiya qo’zg’atish qobiliyatini bir necha oy davomida saqlaydi. Bu mozaika dunyoning barcha mamlakatlarida, jumladan O’zbekiston va boshqa Markaziy Osiyo davlatlarida ham uchraydi, ayniqsa issiqxonalarda keng tarqalgan Pomidordan tashqari yuzlab o’simlik turlarini zararlaydi. Kasai o’simliklaming bo’yi va poya bo’g’in oralarining uzunligi kamayadi, barglar ingichkalashib, ba’zilari deyarli ip shakliga kiradi. Ilgari barglaming ipsimonligini tamaki mozaikasi virusi qo’zg’atadi, deb hisoblashgan. Kasallik ta’siridan mevalar o’smay qoladi, xunuk shakl oladi. Virus o’simlik qoldiqlarida saqlanmaydi, payvand qilganda ham kasal pomidordan sog’lomiga qiyinchilik bilan o’tadi. Odatda u zararlangan shaftoli yashil shirasi (Myzus persicae) bilan o’tadi; virus ba’zi boshqa shira turlari bilan ham o’tishi shubha qilinadi. Kasallik dala ichida ham shira yordamida tarqaladi. Bodring mozaikasi erta boshlansa, hosil dalalarda 10-15%, issiqxonalarda 50 foizgacha pasayishi mumkin.
Pomidorda beda mozaikasini shu mozaikaning ko’p komponentli, batsilla shaklli virusi (Medicago virus) qo’zg’atadi. Virionlarining aksariyati batsilla shaklli, inaktivatsiya harorati 70°C atrofida, oxirgi suyultirish 1:4000. Kriptogrammasi R/l; 1,1/16 + 0,8/16 + 0,8/16; U/U; S/Ap. Kasallik dunyoning barcha mamlakatlarida uchraydi. Kasal o’simliklaming barglari pastga qarab bujmayadi. Poyaning tuproqqa yaqin qismi (ildiz bo’g’zi) to’q-qo’ng’ir tus oladi va bu dog’lar poya tepasi va novdalariga tarqaladi. Ildizda qizg’ish-qo’ng’ir dog’lar paydo bo’ladi. Kasallik boshlanish davri bilan bog’liq holda, mevalarning hajmi kamayadi, tashqi va ichki qismlarida har xil darajada rivojlangan qo’ng’ir dog’lar hosil bo’ladi. Kasallik pomidorga zararlangan bedadan odatda qanotli shaftoli yashil shirasi (imagolari) orqali o’tadi. Pomidor dalalari ichida kasallikning ikkilamchi tarqalishi deyarli kuzatiimaydi. Qo’zg’atuvchi virus beda va pomidordan tashqari bir yillik madaniy ekinlardan kartoshka, qalampir, baqlajon, loviya, no’xat, soya va lyupinni zararlaydi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling