Toshkent davlat agrar universiteti rahimov Uchqun Hamroevich, Xakimov Aziz Abduvoxitovich


Download 0.51 Mb.
bet1/29
Sana10.03.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1256936
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
Virusologiya



O’ZBEKISTON RESPUBUKASI QISHLOQ VA SUV XO’JALIGI VAZIRLIGI

TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI
Rahimov Uchqun Hamroevich, Xakimov Aziz Abduvoxitovich
VIRUSOLOGIYA

TOSHKENT-2014
Mualliflar:
Uchqun Hamroevich Rahimov
Aziz Abduvoxitovich Xakimov

Ushbu amaliy mashg’ulotlar bo’yicha uslubiy qo’llanmada qishloq xo’jalik o’simliklarining virus kasalliklarining tashqi belgilari, tarqalishi va rivojlanishiga sabab bo’luvchi omillar, hosilga ta’siri, viruslarga tashxis qo’yish usullari, ulaming o’simliklarda rivojlanishi qisqacha bayon etilgan.
O’quv qo'llanma 5410300 - O'simliklar himoyasi va karantiniyo’nalishi bakalavr talabalari uchun mo’ljallangan.
Taqrizchilar:
Sh.G. Komilov ToshDAUning «O’simliklami himoya qilish» kafedrasi dotsenti, b.f.n.
M.S. Mamiev - ToshDAUning «Qishloq xo’jaligi biotexnologiyasi va fitopatologiyasi» kafedrasi dotsenti, b.f.n.
Uslubiy qo’llanma “Qishloq xo’jaligi biotexnologiyasi va fitopatologiyasi” kafedrasining umumiy yig’ilishida 2014 yil 19 dekabr 5-sonli bayonnomasi, “Seleksiya, urug’chilik va o’simliklarni himoya qilish” fakultetining o’quv- uslubiy kengashining 2014 yil 19 dekabr 4-sonli bayonnomasi hamda Toshkent Davlat agrar universitetining o’quv-uslubiy kengashining 2014 yil 26 dekabr 2-sonli bayonnomasi bilan ko’rib chiqildi va chop etishga tavsiya etildi.
KIRISH
O’simliklarning kasalliklarini zamburug’lar, bakteriyalar, viruslar, fitoplazmalar, aktinomitsetlar qo’zg’atadi va ularning soni yildan-yilga ortib bormoqda. Bu kasalliklarga qarshi kurash jarayonida insonlar ularga bevosita (kimyoviy, fizikaviy) va bilvosita (agrotexnik, seleksiya) ta’sir ko’rsatmoqda. Natijada, kasallik qo’zg’atuvchi mikroorganizm-larning xususiyatlari o’zgarib, yangi tur va shakllari vujudga kelmoqda. Xorijiy davlatlar bilan iqtisodiy, savdo munosabatlarining kengayishi bir davlat hududidagi kasallik va ularning qo’zg’atuvchilarini boshqa hududlarga tarqalib areallari kengayishiga sabab bo’lmoqda. Ekinlar kasalliklari to’g’risida fitopatologik bilimlar saviyasi kasallikning kelib chiqishi, tarqalishi, zarari, patogenlik jarayonining sabablarini to’g’ri bilish, ularga qarshi kurashning ilmiy asoslangan choralarini ishlab chiqish imkonini beradi.
O’simlik kasalliklariga qarshi kurash ularning hosildorligini oshirish, isrof qilmasdan saqlash maqsadiga qaratilgan yagona iqtisodiy siyosatini amalga oshirib qolmasdan, balki zararsiz, xavfsiz kimyoviy va biologik vositalardan foydalangan holda inson salomatligini hamda tashqi muhitni muhofaza qilishga qaratilgan bo’lishi kerak. Hozirgi vaqtda barcha fermerlar va qishloq xo’jaligi mutaxassislari ekinlarning kasalliklarini to’g’ri aniqlashi va zamonaviy kurash choralarini qo’llash asosida, hosildorligini saqlab qolish yo’llarini bilishi talab qilinadi. Kasalliklarga qarshi kurashdan ko’ra ularning oldini olish muhimdir. Buning uchun kasallik qo’zg’atuvchilarini to’g’ri aniqlash, kasallik belgilarining namoyon bo’lishi, infeksiya manbalarini bilish, ularning ekinlarga keltiradigan zararini keskin kamaytirish va ekinzorlarning fitosanitariya holatini yaxshilash imkonini beradi.
Ekinlarning kasalliklariga qarshi agrotexnik, biologik, fizikaviy, kimyoviy kurash choralari keng qo’llanilmoqda. Bu kurash choralarini to’g’ri belgilashda malakali mutaxassislaming bilim saviyasi va ko’nikmalari asosiy rol o’ynaydi. Keyingi yillarda matbuotda o’simlik kasalliklariga qarshi kurash borasida ko’p fundamental ishlar chop etilgan bo’lsada, ular xorij mutaxassislari tomonidan rus, ingliz tillarida yozilganligi tufayli mahalliy mutaxassislarga etib borishida va kadrlar tayyorlashda ularning adabiyotlar bilan ta’minlanishida o’ziga xos qiyinchiliklarni tug’dirmoqda. Bu kanichiliklami bartaraf qilishda virusologiya fanidan uslubiy qo’llanma chop etilishi muhim qadam bo’ladi.

Virusologiya fanidan davlat tilida yaratiigan o’quv qo’llanma rnualliflarning respublikada «Ta’lim to’g’risida»gi qonunni hayotga tadbiq qilish borasidagi sa’yi-harakati natijasidir. Mualliflar umid bildiradiki, ushbu o’quv qo’llanma o’simliklami himoya qilish bo’yicha mutaxassislar, agronomlar, fermerlar, aspirantlar, magistrlar hamda talabalar uchun foydali bo’lib, uni kelajakda yaxshilash uchun mushtariy o’quvchilarning fikr, mulohazalarini mamnuniyat bilan qabul qiladi.



Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling