Toshkent davlat agrar universiteti rahimov Uchqun Hamroevich, Xakimov Aziz Abduvoxitovich


Download 0.51 Mb.
bet14/29
Sana10.03.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1256936
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29
Bog'liq
Virusologiya

Zaruriy jixozlar: Kasallangan o’simlik gerbariylari, mikroskop, buyum va qoplog’ich oyna, lupalar, Petri likopchalar, preparoval nina, pipetkalar, spirtovka, pinsentlar.
Topshiriq bajarish tartibi: Kasallangan o’simlik gerbariylari va bankalarda saqlanayotgan namunalami tashqi ko’rinishlariga qarab ajratish, belgilarini yozib olish va rasmini chizish, zararlangan organlaridan preparat tayyorlab mikroskop ostida ko’rish.
Lavlagi mozaikasini virus (Beta virus) qo’zg’atadi. Virionlari ipsimon shaklli, 733x15 nm, inaktivatsiya harorati 55...60°C virus o’simlik sharbatida xona haroratida 2-4 kun saqlanadi. Kriptogrammasi */*; */*; E/E; S/Ap. Virusni kasallangan barg shirasidan 60°C haroratda 10 minutdan keyin, xona sharoitida 6 kundan keyin ajratib olish mumkin.
Kasallik dunyoning barcha mintaqalarida tarqalgan, O’zbekistonda xo’raki va xashaki lavlagida qayd etilgan. Lavlagidan tashqari, virus bilan xashaki dukkakli ekinlar, ismaloq, eshaksho’ra, qaylyug’un, sho’ra, g’umay va olabo’ta ham zararlanadi. Infeksiya zaralangan o’simliklaming qoldiqlaridaham saqlanadi.
Zararlangan o’simlik barglarida mozaika (rangsiz nuqtasimon, dumaloq, yulduzsimon, to’rsimon dog’lar) rivojlanadi, ularning usti biroz g’ijimlangan tus oladi. Bargning kasallangan to’qimalarida xloroplastlar soni kamayib ketadi. Bu kasallik belgilari yosh barglarda yorqin ifodalansa, keksa barglarda ko’zga tashianmaydi. Mozaika asosan urug’lik ko’chatzorlarda uchrab 3-8% o’simliklami kasallantiradi. Dog’lar turli kattalikda bo’lib, yupqa bo’lib qoladi, bir necha qavat ustunsimon to’qimalar o’miga bir qator kubsimon to’qimalar hosil bo’ladi.
Ekin ichida vims 44 ta shira turlari asosan lavlagi qora shirasi, yashil shaftoli shirasi, burgalar, saratonlar va qandalalar vositasida tarqaladi. Bu hasharotlar o’simlik shirasini 6-10 sek. davomida iste’mol qilgandan keyin tashuvchiga aylanadi va infeksiyani 30 min. davomida saqlashi mumkin. Asosiy infeksiya manbai virus bilan zararlangan, urug’ olish uchun ekilgan ildizmevalar hamda qishlovchi begona o’tlar hisoblanadi; ulardan virus birinchi yil ekilgan lavlagiga o’tadi. Kasallik ildizmevalarda saqlanishi tufayli o’simliklami birinchi va ikkinchi yilda ham kasallantiradi. Virus kasallangan o’simlik shirasida ко’payadi.
Kasallik ildizmevalar hosilini pasaytiradi, urug’ hosilini 20% gacha kamaytiradi. Kasallangan o’simlikning fiziologik jarayonlari buzilib, fotosintez faolligi pasayadi. Natijada o’simliklaming ildizmevasi 5-7% ga, qand miqdori 1-2 % ga, urug’ hosil qilish xususiyati 15-20% ga pasayadi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling