Toshkent davlat agrar universiteti rahimov Uchqun Hamroevich, Xakimov Aziz Abduvoxitovich


Download 0.51 Mb.
bet2/29
Sana10.03.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1256936
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
Virusologiya

G’O’ZANING VIRUS KASALLIKLARI
1- amaliy mashg’ulot
Reja:
1. G’o’za barglari bujmayishi
2. G’o’za barglarining shakli o’zgarishi, g’o’za jingalakligi (kurchavost)

  1. Antotsianoz

Zaruriy jixozlar: G’o’zaning virusli kasalliklari bilan zararlangan a’zolari. Mikroskop, buyum va qoplog’ich oyna, lupaiar, petri likopchalar, preparoval nina, pipetkalar, spirtovka, pinsentlar.
Topshiriq bajarish tartibi: Kasalliklami tashqi ko’rinishlariga qarab ajratish, belgilarini yozib olish va rasmini chizish, kasalliklarga tashxiz qo’yish preparat tayyorlab mikroskop ostida ko’rish.
G’o’za barglarini bujmayishi Ushbu kasallik faqat MDH mamlakatlarida uchraydi. G’o’za bargi bujmayishi kasalligini virus qo’zg’atadi, virusning molekulyar tuzilishi va boshqa belgilari o’rganilmagan. Kasallangan g’o’za shonalari, gullari va ko’saklarining soni keskin (50% gacha) kamayishi bilan ifodalanadi. Kasallik erta paydo bo’lsa g’o’zaning generativ a’zolari umuman hosil bo’lmaydi va o’simlik o’sishdan orqada qolib, pakana bo’lib qoladi. Shu bilan birga tola va chigit sifati yomonlashadi (tola uzunligi qisqaradi, uning sifati pasayadi, chigit engil, puch bo’lib qoladi va unib chiqish energiyasi pasayadi). Zararlangan ingichka tolali g’o’za navlari o’sishdan orqada qoladi, poya qisman egiladi va poya bo’g’in oralari qisqaradi. Zararlanishning asosiy belgilaridan biri g’o’zaning o’suv nuqtasi rivojlanmasligi va uning o’mida bir qancha yosh barglar paydo bo’lishidir; ular boshqa barglardan kichikligi bilan ajralib turadi. Zararlangan barg va gulkosabargiar barg tomiri tomonga qarab egiladi va barg quvur shakliga kiradi. Barg rangi o’zgarib, och-yashil tusga kiradi. Kasallik belgisi asosan g’o’zaning shonalash davrida va yig’im-terim oldidan paydo bo’ladi.
Tadqiqotlar ko’rsatishicha o’simlik inokulyasiya qilinganida virus yuqmaydi, virus faqat o’simlik shiralari (shaftoli shirasi, akatsiya shirasi, g’o’za shiralari) bilan tarqaladi. Virus rivojlanishining eng past davri hasharotlarda 10 soat, o’simlikda esa 1-2 oyni tashkil etadi. Virus zararlangan o’simlikdan tashqari urug’ orqali ham tarqaladi. Shu bilan birga, virus begona o’tlardan surepkada ham saqlanadi. Zararlangan o’simlik qoldiqlarida va tuproqda virus saqlanmaydi.
G’o’za barglarining shakli o’zgarishi. g’o’za jingalakligi (kurchavost) Kasallik bilan kuchli zararlangan o’simliklar barglarining plastinkalari va meva o’simtalari bujmayadi, asosiy poya yaxshi rivojlanmaydi, uning bo’g’in oralari qisqarib ketadi va bo’g’imlaming uzunligi har xil bo’lib qoladi. Kasallik natijasida ko’sak soni keskin pasayib ketadi. G’o’za turlari va navlariga qarab kasallik belgilari o’zgaradi.
Zararlangan ingichka tolali g’o’za (Gossypium barbadense) barg tomirlari ingichkaiashadi va yangidan yosh, kichik, bujmaygan barglar rivojlanadi, ularning chetlari pastga yoki yuqoriga qarab bukiladi. Zararlangan o'rta tolali g’o’za (Gossypium hirsutum) navlarida mozaika hosil bo’ladi. Kasallik barg tomirlari och tusga kirishidan boshlanadi, keyinchalik barg plastinkasi yoppasiga olachipor rangga kiradi. Dog’larning rangi och-yashil rangdan och- sariq ranggacha bo’lib, so’ngra oq tusga oladi. Barglarning ustki qismida shishlar paydo bo’ladi. Poya bo’g’in oralarining qisqarishi natijasida o’simlik pakana bo’lib qoladi.
G’o’za barglarining shakli o’zgarishi kasalligini qo’zg’atuvchi virusning bir nechta shtammlari mavjud. O’simlik sharbati bilan sog'lom o’simliklarni inokulyasiya qilganda virus mexanik tarzda yuqmaydi, tuproq va urug’lik chigit orqali tarqalmaydi.
Virus g’o’za ildizi va zararlangan ko’p yillik begona o’tlarda saqlanadi va o’simlikdan o’simlikka g’o’za oqqanoti yordamida tarqaladi.
Antotsianoz Kasallik Hindistonda va Osiyoning boshqa mamlakatlarida aniqlangan. Virus bilan zararlangan o’simlikning o’rta va pastki yarusdagi barglarida magniy moddasi etishmasligi kuzatiladi va virus ta’sirida qizg’ish dog’lar paydo bo’ladi. Kasallik qo’zg’atuvchi virus urug’ va mexanik usulda yuqmaydi. O’suv davrida virus g’o’za shiralari orqali tarqaladi.

G’ALLA DONLI EKINLARNING VIRUS KASALLIKLARI

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling