Toshkent davlat agrar universiteti rahimov Uchqun Hamroevich, Xakimov Aziz Abduvoxitovich


Download 0.51 Mb.
bet3/29
Sana10.03.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1256936
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
Virusologiya

2-amaliy maslig’ulot
Reja:

  1. Kuzgi bug’doy mozaikasi

  2. Arpa sariq pakanaligi

  3. Bug’doyning chiziqcha shaklli mozaikasi

  4. Arpaning tasmacha (chiziqcha) shaklli mozaikasi

  5. Makkajo’xori mozaikasi, makkajo’xorining pakana mozaikasi va jo’xorining qizil chiziqcha shaklli dog’lanishi kasalligi

Zaruriy jixozlar: Gerbariydan na’munalar (bug’doy, arpa, suli, sholi va makkajo’xorining virusli kasalliklari bilan zararlangan a’zolari). Mikroskop, buyum va qoplog’ich oyna, lupalar, petri likopchalar, preparoval nina, pipetkalar, spirtovka, pinsentlar.
Topshiriq bajarish tartibi: Kasalliklami tashqi ko’rinishlariga qarab ajratish, belgilarini yozib olish va rasmini chizish, kasalliklarga tashxiz qo’yish preparat tayyorlab mikroskop ostida ko’rish.
Kuzgi bug’doy mozaikasi. Ushbu kasallik birinchi bo’lib Rossiyaning Voronej viloyatida, keyinchalik Moskva va Kuybishev (hozirgi Samara) viloyatlarida, Krasnodar o’lkasida va Markaziy Osiyoda aniqlangan va o’rganilgan.
Kasallikning xarakterli belgisi - barglarda mozaika rivojlanishi va barg tomirlari bo’ylab sariq chiziq hosil bo’lishidir. Bug’doy boshoqlashi davrida poyalar va barglaming rozetkalari hosil bo’ladi. Zararlangan o’simliklaming aksariyati umuman boshoq hosil qilmaydi. Kasallikning kuzgi bug’doydagi asosiy belgilari mozaika hosil bo’lishi va o’simliklar o’sishdan orqada qolishdir. Ushbu kasallik bilan bug’doydan tashqari arpa, suli va tariq, begona o’tlardan itqo’noq turlari (Setaria g/auca, S. viridis) zararlanadi.
Kasallik asosan sikadka va uning tuxumlari orqali tarqaladi. Infeksiya asosan kuzgi bug’doyda saqlanib, qishlab chiqadi. Virusning batsilla shaklli qismlari kasallik tashuvchi sikadkaning va uning tuxumlarining ichida ham topilgan.
Arpa sariq pakanaligi. Ushbu kasallik ko’p mamlakatlarda, jumladan Ukraina, SHimoliy Kavkaz va Boltiq bo’yi davlatlarida tarqalgan. Kasallikning harakterli belgisi - asosan arpa bargining uchki qismi oltinsimon sariq rangga kirishidir. Zararlangan o’simlik egilib qoladi va uning bo’yi pasayadi. Arpadan tashqari virus bilan suli, sholi, bug’doy, makkajo’xori va boshqa madaniy va yovvoyi o’simliklar zararlanadi. Virusning kriptogrammasi R /1; 2/*; S/S; S/Ap.
Arpadan tashqari virus bilan suli, sholi, bug’doy, makkajo’xori va boshqa madaniy va yovvoyi o’simliklar zararlanadi. Arpa sariq pakanaligini qo’zg’atuvchi virus kartoshka bargini bujmaytiruvchi virus bilan birga lyuteoviruslar guruhiga kiradi. Virionlari izometrik shaklli diametri 25 nm. Kasallik qo’zg’atuvchi virus o’simlik shiralari vositasida tarqaladi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling