Makkajo’xori mozaikasi, makkajo’xorining pakana mozaikasi va jo’xorining qizil chiziqcha shaklli dog’lanishi kasalligi. Ushbu kasalliklaming barchasini bitta fitopatogen virus qo’zg’atadi. AQSHda ushbu kasallikni makkajo’xori pakanaligi deb, Yevropada esa oddiy mozaikasi deb atashadi.
Makkajo’xorida ushbu kasallik mozaika ko’mishida bo’lib, kuchsiz yoki kuchli rivojlanishi mumkin. Zararlangan o’simlik o’sishdan orqada qoladi. Kasallik o’simlikning generativ a’zolari rivojlanishiga ta’sir etadi, bunda makkajo’xori supurgisi deformatsiyaga uchraydi va so’tasi yaxshi rivojlanmaydi. Zararlangan jo’xorida esa och-yashil dog’lanish va chiziqchalar paydo bo’ladi, vaqt o’tishi bilan esa och-yashil dog’lar sarg’ish va qizg’ish, botiq, dog’lar ko’rinishiga kiradi.
Makkajo’xorining pastbo’ylilik mozaikasi yoki jo’xorining qizil chiziqchalik kasalligini qo’zg’atuvchi virus potiviruslar guruhiga kiradi, ammo yaxshi o’rganilmagan. U shakarli o’simlik (steviya) virusiga yaqin va uning shtammi bo’lishi taxmin qilinadi. Makkajo’xorining pakanaligi va jo’xorining qizil chiziqcha shaklli dog’lanishi kasalligini qo’zg’atuvchi virusning ipsimon qismlarining hajmi 670 780 nm. Virus mexanik usulda, ya’ni o’simlik sharbati orqali oson yuqadi.
Virusning vektorlari asosan o’simlik shiralaridir. Virus g’umay o’simligida yaxshi rivojlanadi va unda rivojlangan virus o’simlik shiralari boshqa o’simliklarga tarqaladi
.
POMIDORNING VIRUS KASALLIKLARI
3. Amaliy mashg’ulot
Reja:
Pomidorda bodring mozaikasi
Pomidorda beda mozaikasi
Pomidorda tamaki mozaikasi
Pomidorda jut't strik
Pomidor o’simligi tepasi bujmayishi
Pomidor olachipor so’lishi (bronza tusini olishi)
Pomidorda sariq yoki stolbur kasalligi
Pomidorningvirus va fitoplazma kasalliklari
Do'stlaringiz bilan baham: |