Toshkent davlat agrar universiteti rahimov Uchqun Hamroevich, Xakimov Aziz Abduvoxitovich
Download 0.51 Mb.
|
Virusologiya
Pomidorda tamaki mozaikasini tamaki mozaikasi virusi (TMV) (Nicotiana virus) qo’zg’atadi. Virionlari uzunchoq shaklli, ularning uzunligi 300 nm gacha va diametri 18 nm gacha. Kriptogrammasi R/l; 2/5; E/E; S/O. TMV butun dunyoda, jumladan O’zbekistonda, ochiq dalalarda va ayniqsa issiqxonalarda keng tarqalgan. Virus pomidor, baqlajon, qalampir va boshqa ko’p ekinlarni zararlaydi. Uning ko’p shtammlari mavjud bo’lib, ular pomidor navlarini har xil darajada zararlashi va kasallik belgilari o’ta o’zgaruvchanligi bilan ta’riflanadi. Zararlangan o’simliklar, ayniqsa ular jadal o’sayotgan bo’lsa, quyoshli ob-havoda so’lg’in bo’lib qolishi mumkin, ammo harorat pasayishi bilan ularning sog’lom holati tiklanadi. Bunday vaqtincha so’lish fazasi, virus bilan zararlangan vaqtdan boshlab 1-2 hafta davom etadi. Virusning ko’p tarqalgan oddiy shtammlari pomidor barglarida umumiy simptom - mozaika paydo qiladi, bunda bargda biroz bo’rtib chiqqan to’q-yashil va och-yashil qismlari birin-ketin joylashadi, barglar buraladi va shaklini yo’qotadi, ba’zan ipsimon shaklga kiradi. Kasallik pomidor o’simliklarida tez tarqaladi. Ba’zi shtammlar o’simlik bargi, poyasi va mevalarida nekrozlar paydo qiladi, boshqalari barglarda xloroz rivojlanishiga olib keladi. Virus o’simlik bo'vini va hosil tugishini har xil darajada pasaytirishi mumkin. Ba’zan pomidor mevalari zararlanadi va ularning ustida qo’ng’ir dog’lar paydo bo’ladi. TMV juda barqaror bo’lib, u o’simlik qoldiqlarida 50 yilgacha saqlanadi. Virus o’simliklarga qo’I bilan tekkanda ham tarqaladi. Kasal o’simliklardan sog’lomlariga virus ishchilar ishlagan paytda, mashinalar, jihozlar va asbob- uskunalar orqali mexanik usulda o’tadi.
Asosiy infeksiya manbai bo’lmasa ham, pomidorga virus kemiruvchi hasharotlar (misol uchun, chigirtka va qo’ng’izlar) vositasida o’tishi isbotlangan. Dalada virus mozaika bilan zararlangan begona o’tlardan (bangidevona, ituzum, yovvoyi tamaki, gorchitsa va b.q.) pomidorga tarqaladi. Bir niavsumdan ikkinchisiga virus urug’dan ham o’tishi mumkin, ammo mozaika asosan ko’chatlami yaganalash va dalaga ko’chirib ekish paytda tarqaladi. Kasallik erta boshlanganda hosil dalalarda 10-15%, issiqxonalarda 50 foizgacha pasayishi mumkin. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling