Toshkent davlat agrar universiteti rahimov Uchqun Hamroevich, Xakimov Aziz Abduvoxitovich


Download 0.51 Mb.
bet10/29
Sana10.03.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1256936
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29
Bog'liq
Virusologiya

QALAMPIRNING VIRUS KASALLIKLARI
4-amaliy mashg’ulot
Reja:

  1. Qalampirda bodring mozaikasi

  2. Qalampirda beda mozaikasi

  3. Qalampirda tamaki mozaikasi

  4. Qalampirda kartoshkaning Y-mozaikasi

  5. Qalampirda kartoshkaning X-mozaikasi



Zaruriy jixozlar: Gerbariydan kasallangan o’simlik namunalarini olish. Mikroskop, buyum va qoplog’ich oyna, lupalar, petri likopchalar, preparoval nina, pipetkalar, spirtovka, pinsentlar.
Topshiriq bajarish tartibi: Kasalliklami tashqi ko’rinishlariga qarab ajratish, belgilarini yozib olish va rasmini chizish, zararlangan o’simlik organlaridan preparat tayyorlab mikroskop ostida ko’rish.
Qalampirda bodring mozaikasini virus (Cucumis virus) qo’zg’atadi. Barglarda kuchli mozaika, barg va mevalarda dumaloq shaklli dog’lar rivojlanadi. Virus asosan shaftoli shirasi, ba’zan boshqa shira turlari orqali o’tadi, begona o’tlarda (bangidevona, tugmachagul, ituzum, yovvoyi sutcho’p, fitolakka, yulduz o’t, zufo (Nepeta sp.) va b.) qishlaydi.
Qalampirda beda mozaikasini virus (Medicago virus) qo’zg'atadi. Kasallik belgilari o'simlikni zararlagan virus shtammlari va ob-havo faktorlari bilan bog’liq holda o’zgaradi. Odatda barglarda sarg’ish doiralar shaklidagi dog’lar, ba’zan oiachipor mozaika rivojlanadi, kuchli zararlangan barglar quriydi. Virus bedada qishlaydi, boshqa ekinlarga shaftoli shirasining etuk zotlari bilan o’tadi.
Qalampirda tamaki mozaikasini TMV (Nicotiana virus) qo'zg’atadi. Yosh barglaming tomirchalari kuchli rangsizlanadi, ba’zi navlar barglarida yaqqol mozaika va g’ijimlanish kuzatiladi, barglaming o’lchami kichrayadi, ular vaqtidan oldin to’kiladi. Mevalari kam va xunuk shaklda tugiladi, hosil pasayadi. Shakli noksimon qalampir navlari ko’pincha virusga chidamlilik namoyon etadi.
Qalampirda kartoshkaning Y-mozaikasini kartoshka Y-virusi (Solanium virus) qo’zg’atadi. Barglarda, zararlagan virus shtammi va ob-havo faktorlari bilan bog’liq holda, har xil darajada olachiporlik rivojlanadi. Virus bir nechta shira turlari, ayniqsa shaftoli shirasi orqali tarqaladi, urug’ bilan o’tmaydi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling