Toshkent davlat agrar universiteti rahimov Uchqun Hamroevich, Xakimov Aziz Abduvoxitovich


Qalampirda kartoshkaning X-inozaikasini


Download 0.51 Mb.
bet11/29
Sana10.03.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1256936
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29
Bog'liq
Virusologiya

Qalampirda kartoshkaning X-inozaikasini kartoshka X-virusi (Solanium virus) qo’zg’atadi. Odatda barglarda kuchsiz mozaika va g’ijimlanish paydo bo’ladi. Virus mexanik usulda, ishchilar ishlaganda, kasal va sog’lom o’simlik bir-biriga tekkanda hamda kemiruvchi hasharotlar vositasida tarqaladi, zararlangan kartoshka mevalarida qishlaydi. Kartoshka va pomidor kabi ituzumdoshlar oilasiga mansub bo’lgan ko’p ekinlar zararlanadi.



KARTOSHKANING VIRUS KASALLIKLARI
5-amaliy mashg’ulot
Reja:

  1. Kartoshka barglari buralishi

  2. Kartoshka Y-virozi

  3. Kartoshka A-virozi

  4. Kartoshka oddiy mozaikasi

  5. Kartoshkaning boshqa virus va fitoplazma kasalliklari

  6. Kartoshkaning sariq (janubiy stolbur) kasalligi

  7. Kartoshkaning virus va fitoplazma kasalliklariga qarshi kurash choralari

Zaruriy jixozlar: Gerbariydan kasallangan o’simlik namunalarini olish. Mikroskop, buyum va qoplog’ich oyna, lupalar, petri likopchalar, preparoval nina, pipetkalar, spirtovka, pinsentlar.
Topshiriq bajarish tartibi: Kasalliklami tashqi ko’rinishlariga qarab ajratish, belgilarini yozib olish va rasmini chizish, zararlangan tuganak va o’simlik organlaridan preparat tayyorlab mikroskop ostida ko’rish.
Kartoshka barglari buralishi kasalligini kartoshkaning R-virusi (Solanumvirtis) qo’zg’atadi. Virus dumaloq shaklli, diametri 25 nm atrofida. Bu virus guruhiga mansub turlaming kriptogrammasi R/l; 2/*; S/S; S/Ap.
Kartoshka virozlari orasida bu kasallik dunyoda eng keng tarqalgani va eng zararlisidir va u tufayli tuganaklar hosilining 90 foizigachasi yo’qotiladi.
Birinchi yil zararlangan o’simliklar barglari och-sariq, ba’zi navlarda biroz binafsha, pushti yoki qizg’ish tus oladi, ko’pincha chetlari quvursimon shakl olib, tepaga bukiladi. Mavsum so’ngida o’simliklar tashqi belgisiz zararlanishi mumkin. Juda chidamsiz navlar tuganaklarida o’tkazuvchi to’qimalaming nekrozi kuzatiladi.
Ikkinchi yili zararlangan (kasal tuganaklardan o’sib chiqqan) kartoshkaning tuberosum kenja turiga mansub o’simliklaming pastki barglari markaziy tomiridan tepaga bukilib, quvursimon va kichik bo’lib qoladi, oqaradi, egiluvchanligi yo’qoladi, teriga o’xshab qoladi, barglarining osti qizg’ishroq tus oladi. Kartoshkaning artdigena kenja turiga mansub o’simliklar barglarining chetlari va tomirlarida xloroz rivojlanadi, barglar juda kichik bo’lib qoladi.
Kasallik tabiatda shira (ayniqsa Myzodes persicae) va zararlangan tuganaklar bilan tarqaladi. Ituzumdoshlar oilasiga mansub o’simliklar, eshaksho’ra va ba’zi boshqalar zararlanadi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling