Toshkent davlat agrar universiteti rahimov Uchqun Hamroevich, Xakimov Aziz Abduvoxitovich


Pomiilor oiachipor so’lishi (bronza tusini olishi)


Download 0.51 Mb.
bet9/29
Sana10.03.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1256936
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29
Bog'liq
Virusologiya

Pomiilor oiachipor so’lishi (bronza tusini olishi) kasalligini Tospovirus turkumiga kiruvchi pomidor oiachipor so’lish virusi (Lycopersicum virus) qo’zg’atadi. Virionlari dumaloq shaklli, ba’zilari xivchinchali, diametri 40-120 nm. inaktivatsiya harorati 41 ...44 oC, o’simlik sharbatida xona haroratida 3-5 soat saqlanadi, barg qurishi paytida darhol faolligini yo’qotadi. Kriptogrammasi R/l*; */*; S/*; S/Th. Bu virus oldin tropik va subtropik iqlimli mintaqalarda keng tarqalgan, keyinchalik manzarali o’simliklar introduksiyasi vositasida dunyoning barcha mamlakatlariga tarqalgan, O’zbekistonda ham uchrashi ehtimoli bor. Virus pomidordan tashqari baqlajon, qalampir, tamaki, eryong’oq, ananas, salat-latuk, dahliya, gloksiniya va boshqa o’simlik turlarini zararlaydi. Zararlangan pomidor o’simliklarining o’sishi sekinlashadi. Kasallikning belgilari juft striknikiga juda o’xshaydi, ammo undan ancha og’ir kechadi. O’simlik tepalari kuchli zararlanadi va ko’pincha nobud bo’ladi. Barglarda qoramtir, kichik, dumaloq dog’lar paydo bo’lib, ulami oiachipor qilib qo’yadi, o’simlik bronza tusini oladi. Novda, barg va meva bandlarida qoramtir, yaltiroq tasmasimon dog’lar rivojlanadi. Mevalarda yashil, sariq, qizg’ish, diametri 1,3 sm gacha dog’lar paydo bo’ladi; ular ketma-ket joylashib, konsentrik doiralar hosil qiladi, ularning o’rtalari biroz ko’tarilgan bo’lib, mevalar xunuk shakl oladi. Kasallik pomidorga zararlangan begona o’tlar, gullar va manzarali o’simliklardan ularda oziqlangan kamida 7 ta trips turlari, lichinkalari orqali o’tadi.
Pomidorda sariq, yoki stolbur kasalligini ilgari virus qo’zg’atadi, deb hisoblashgan, ammo keyinchalik qo’zg’atuvchi fitoplazma ekanligi xabar qilingan. Bu kasallik dunyoning Rossiyadan boshqa mamlakatlarida astraning sariq kasalligi (Aster еllows) nomi bilan yuritilishi ehtimol qilinadi. Sariq bilan pomidordan tashqari kartoshka, baqlajon, qalampir va begona o’tlar zararlanadi. Kasallik iqlimi issiq mamlakatlarda, jumladan O’zbekistonda, ochiq dalalarda va ko’proq issiqxonalarda tarqalgan. Zararlangan o’simlik novdalarining tepasi pushti-yashil tusga kiradi, barglar buralib, “qayiqchalarga” o’xshab qoladi. Sariqni gullar va mevalar zararlanishidan farqlash osonroq. Gullar ham qayiqcha shakliga kiradi, gulbarglari yashil bo’lib qoladi, gulkosabarglari uzayib ketadi, changchi (otaliq)lar quriydi, urug’chi (onalik)lar xunuk ko’rinish oladi, gullar meva tugmaydi yoki badburush, notekis rangli, ichi qattiq mevalar tugiladi.
Issiq iqlimli mamlakatlarda kasallik pomidorga Hyalesthesobsoletes saratoni yordamida, zararlangan ekin va begona o’tlardan (pechak, lattatikon, sikoriy, ixroj, kress va b.) o’tadi. Zararlangan yosh o’simliklaming hosili va ayniqsa sifati pasayadi. O’zbekistonda issiqxonalarda kuchli zararlangan o’simliklaming 70 foizgacha mevasi qattiq va iste’mol qilishga yaroqsiz bo’lib qolgan.



Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling