Nargisdoshlar –
Amaryllidaceae oilasi
Ishning maqsadi. Talabalarga Nargisdoshlar
oilasi vakillarining
xarakterli xususiyatlari bilan tanishish oilaga mansub turkumlarning
tuzilishi o’ziga xosligi haqidagi tushunchalar to’g’risidagi
bilim va
ko’nikmalarini mustahkamlash.
Ishda foydalaniladigan asboblar va jihozlar: Tirik va gerbariy
materiallari, oilaga mansum o’simliklarning gerbariylari
BO’LIM- Magnoliyatoifa – Magnoliophyta
SINF (аjdod)- Lolasimonlar- Liliopsida yoki Monocotyledones
QABILA –Nargisnamolar-Amaryllidales
ОILA- Nargisdoshlar –
Amaryllidaceae
ТURKUM- N
arsiss-Narcissus
ТUR- Oq narsiss-Narcissus poeticus
Umumiy tushunchalar.
Nargisdoshlar oilasi -
Amaryllidaceae.
Oila vakillari tropik va subtropik mintaqalarda keng tarqalgan. Oilaga 65
turkum, 900 tur kiradi. O’zbekistonda 3 ta turkumga oid 5 turi o’sadi.
Asosan, ko’p yillik o’tlar kiradi. Barglari nashtarsimon, ildiz bo’g’zida
joylashadi. Gullari 2 jinsli, aktinomorf. Mevasi – ko’sakcha.
Turkumlari: omonqora,
nartsiss, shtyernbyergiya. soxta (sariq) va nafis
(oq) nartsiss turlari mavjud bo’lib, har ikkala tur ko’p yillik,
piyozli
manzarali o’simlik hisoblanadi. Aprel oyida gullaydi. O’zbekistonda
oilaning 5 ta turidan 3 tasi "O’zbekiston Respubiikasi Qizil kitobi"ga
kiritilgan.