Toshkent davlat agrar universiteti rahimov Uchqun Hamroevich, Xakimov Aziz Abduvoxitovich


Download 0.51 Mb.
bet17/29
Sana10.03.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1256936
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29
Bog'liq
Virusologiya

Loviyaning oddiy mozaikasi O’zbekistonda loviyaning eng ko’p tarqalgan kasalliklaridan biridir. Kriptogrammasi R/l; 3,5/5; E/E; S/Ap.
Mozaika belgilari loviya navi, zaralanish vaqti va ob-havo sharoitlariga ko’ra juda o’zgaruvchan. Zararlangan o’simliklar pakana bo’lib qoladi, barglarida xloroz rivojlanadi, ular mo’rt bo’lib, buralib qoladi, g’ijimlangan tus oladi, ustida qavariq shishlar paydo bo’ladi. Novdalaming uchi quriydi, ba’zan dukkaklar kichiklashadi va shakli buziiadi, barglaming chetlari pastga bukiladi.
Viruslaming ba’zilari keyingi mavsumga urug’ bilan, boshqalari yo’ng’ichqa (Trifolium) yoki ilongul (Gladiolus)da qishlab, o’tadi.
Ekin ichida viruslaming uchta turi ham bir nechta shira turlari (kartoshka shirasi, dukkakli ekinlarning qora shiralari, shaftoli shirasi va b.) va zararlangan o’simliklarning sog’lomlariga tegishi (kontakt usuli) orqali tarqaladi.
Mosh mozaikasini virus qo’zg’atadi. Bu juda xavfli kasallik bo’lib, u mosh doni hosilini 55-70% ga, ko’k massasini esa 30-65% ga kamaytiradi. Zararlangan barglar tomirlari atrofida qoramtir hoshiya paydo bo’ladi va barg chetlari pastga bukiladi. So’ngra barglarda yaqqol ko’zga tashlanuvchi mozaika rivojlanib, ular kuchli g’ijimlangan shakl oladi. O’simlikning bo’yi pasayadi va u rivojlanishdan orqada qoladi. Virus urug’ bilan o’tadi. Ba’zi mosh navlari kamroq zararlanadi. O’zbekistonda uchrashi noma’lum.
No’xatning oddiy mozaikasi. O’zbekistonda va qo’shni Qozog’istonda keng tarqalgan. Zararlangan barg tomirlari sarg’ayadi, barglarga mozaika ko’rinishi beruvchi och tusli, doiralar shaklli dog’lar paydo bo’ladi; ba’zi navlaming barglari bujmayadi. Zararlangan o’simliklar zaiflasnadi, o’sishdan orqada qoladi, don va ko’k massa hosili pasayadi. Qo’zg’atuvchi virus loviya va moshni zararlamaydi. Vektorlari - o’simlik shiralari. Virus urug’da saqlanmaydi, dukkakli begona o’tlarda saqlanadi va ko’payadi. No’xatni beda mozaikasini qo’zg’atuvchi virus (Medicago virus) (R/l; 1,1/16 + 0,8/16; U/U; S/Ap) ham zararlashi mumkin.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling