Toshkent davlat agrar universiteti rahimov Uchqun Hamroevich, Xakimov Aziz Abduvoxitovich
Download 0.51 Mb.
|
Virusologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pomidor o’simligi tepasi bujmayishi
Pomidorda juft strik kasalligi o’simlik birdaniga ikkita qo’zg’atuvchi - tamaki mozaikasi virusi (TMV - Nicotiana virus) va kartoshka X-virusi (KXV - Solanium virus) bilan zararlanishi oqibatida rivojlanadi. Juft ctrik dunyoning barcha mamlakatlarida, jumladan O’zbekistonda ochiq dalalarda va ayniqsa issiqxonalarda keng tarqalgan.
Kasallik barglarda ularga olachipor tus beruvchi och-yashil dog’lar va kichik kulrang-qo’ng’ir nekrozlar, novdalarda qo’ng’ir chiziqlar paydo bo’lishi bilan boshlanadi. So’ngra dog’lar yashil, sariq va qo’ng’ir tus oladi, barglar o’smaydi va rivojlanmaydi, pastga qarab bukiladi; dog’lar qo’shilib, butun bargni qoplaydi, barg nobud bo’ladi. Ayrim novdalaming uchlari quriydi, o’simliklar pakana bo’lib qoladi. Umuman, poya, novda, barg bandi va meva bandlarida uzuq-uzuq chiziq va tasmasimon dog’lar rivojlanishijuft strikka xos diagnostik belgi deb hisoblanadi. Mevalar soni kamayadi, ular dag’al, qattiq bo’lib qoladi, ustlari har xil hajmdagi qo’ng’ir, suv shimib olganga o’xshash nekrotik dog’lar va yaralar bilan qoplanadi. Yorug’lik etarli bo’lmagan va 20°C dan past harorat sharoitlarida o’sayotgan, agressiv shtamm bilan zararlangan pomidor juft strik bilan juda og’ir shaklda kasallanadi. Bunday sharoitda kasallikning inkubatsion davri 10-14 kunga teng. Dalada viruslar zararlangan begona o’tlar - eshaksho’ra, pechak, jag’-jag’, sikoriy, kress, qaylyug’un va ixrojdan pomidorga o’tadi. Pomidor o’simligi tepasi bujmayishi kasalligini lavlagi tepasini bujmaytiruvchi virus (Beta virus) qo’zg’atadi. Kasallik dunyoning barcha mamlakatlarida, ayniqsa iqlimi quruq, sug’oriladigan mintaqalarda tarqalgan. O’zbekistonda uchrashi ham ehtimol tutiladi. Kasal o’simlik biroz «hurpaygan» shakl oladi, bo’yi o’smay qoladi, barglari qalinlashadi va tepaga bukiladi, barg bandlari esa pastga bukiladi. So’ngra barglar kulrang-sariq, tomirchalari esa to’q-qizil tus oladi. Ildizlari chiriydi. Juda kam meva tugadi, zararlanishdan oldin tugilganlari vaqtidan oldin pishadi; shakli xunuk, kichik, g’ijimlangan va qurib qolganga o’xshaydi. Kasallik pomidorga faqat saraton (Circulifer tenellus) orqali, odatda virus bilan zararlangan qand lavlagi va begona o’tlardan o’tadi. Pomidor ekiniari ichida kasallikning ikkilamchi tarqalishi kuzatilmaydi, yoki juda kam uchraydi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling