Toshkent davlat agrar universiteti rahimov Uchqun Hamroevich, Xakimov Aziz Abduvoxitovich


Download 0.51 Mb.
bet12/29
Sana10.03.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1256936
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29
Bog'liq
Virusologiya

Kartoshka Y-virozini kartoshka Y-virusi (Solanum virus) qo’zg’atadi. Bu guruh viruslarining shakli uzunchoq, uzunligi 750 nm, kriptogrammasi R/l; 3,5/5; E/E; S/Ap.
Zarari bo’yicha Y-viroz barg buralishidan keyingi ikkinchi o’rinda turadi, hosil 80 foizgacha yo’qotilishiga sabab bo’ladi. Kasallik belgilari ekin navlari va ulami zararlagan virus shtammlari hamda ob-havo sharoitlari bilan bog’liq va juda o’zgaruvchan: barglar mo’rtligi, rozetkalari paydo bo’lishi, chetlari pastga bukilishi, ustida nekrozlar rivojlanishi, o’simlik bo’yi pasayishi, novda va poyaiarda nekrotik qoramtir-qo’ng’ir chiziq va tasmachalar hosil bo’lishi mumkin, ba’zi navlarda engil mozaika rivojlanadi yoki o’simlik tashqi belgilarsiz zararlanadi. Kasallik tuganaklar orqali hamda, barqaror bo’lmagan holda, shiralar bilan tarqaladi.
Virus tamakini ham zararlaydi: zararlangan o’simliklaming yosh barglari tomirlari oqaradi (boshqa shtammlari ta’sirida qo’ng’ir tus oladi) va so’ngra barglarda oq, mayda nekrozlar paydo bo’ladi.
Kartoshka A-virusi (Solatium virus-3) bilan zararlangan o’simliklarda ham o’zgaruvchan belgilar paydo bo’ladi, shuning uchun Y- va A-virozlami dala sharoitida ajratish mumkin bo’lmaydi. A-viroz tufayli kartoshka hosili 40% ga kamayishi mumkin.
Y-viroz O’zbekistonda keng tarqalgan va kartoshka urug’chiligiga katta salbiy ta’sir ko’rsatadi. Samarqand qishloq xo’jaligi instituti xodimlarining tajribasida, nav bilan bog’liq holda, latent shaklidagi Y-virus kartoshka urug’i hosilini 13,6-24,0 foizga kamaytirgan.
Kartoshka oddiy mozaikasini kartoshkaning X-virusi (Solanum virus) qo’zg’atadi. Virionlari ipsimon shaklli, 515x13 nm, inaktivatsiya harorati 68...75°C, barqaror (quruq barglarda 250 kungacha saqlanadi), oxirgi suyultirish 1:1 000 000, in vitro holatida bir necha hafta saqlanadi. Kriptogrammasi R/l; 2,2/6; E/E; S/O.
Kartoshka navi va uni zararlagan virus shtammi bilan bog’liq holda. kasallik hosilni 10% gacha pasaytirishi mumkin. Kasallik dalada mexanik usulda (kontakt orqali) hamda zararlangan tuganaklar bilan tarqaladi, shira bilan o’tmaydi. Odatda barglarda mozaika rivojlanadi, ba’zi navlar juda kam yoki tashqi belgilarsiz zararlanadi. Virusning virulent shtammlari barg g’ijimlanishini qo’zg’atadi.
Kartoshkadan tashqari pomidor, qalampir, tamaki, sebarga, mingdevona, ituzum va b. zararlanadi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling