Toshkent dаvlаt аgrаr universiteti rektorining buyrug‘I №
Download 112.99 Kb.
|
YAN buyruq 3-kurs 07.05.2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakulteti bo‘yicha
TOSHKENT DАVLАT АGRАR UNIVERSITETI REKTORINING ____________BUYRUG‘I №_________
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakulteti bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizom, Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 26-sentabrda 3069 qayd raqami bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi nizom, 2022/2023-o‘quv yilining O‘quv jarayoni jadvali hamda fakultet dekani A.Safarovning bildirgisiga muvofiq BUYURAMAN: 1. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakultetining 5410500 – Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari boʻyicha), 5180900 – Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar boʻyicha), taʻlim yoʻnalishlari 3-kurs talabalariga 2022/2023-o‘quv yilining 2-semestri bo‘yicha fanlardan yakuniy nazoratlarni o‘tkazish jadvali 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Akademik faoliyat va registrator boshqarma boshlig‘i M.Atabayev, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i B.Kamilov, Murojaatlar bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i Ye.Berdibayev, fakultet dekani A.Safarov va kafedra mudirlariga: yakuniy nazorat o‘tkazish jadvalini tegishli kafedralarga yetkazilishini ta’minlash; fanlardan yakuniy nazorat o‘tkazish tartibi va baholash qaydnomalarini rasmiylashtirishda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom, Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 26-sentabrda 3069 qayd raqami bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi nizomga qat’iy rioya qilinishini ta’minlash vazifalari yuklatilsin. 3. Fakultet dekani A.Safarov, Ta’limning kredit tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i J.Po‘latov http://hemis.tdau.uz axborot tizimi orqali fanlar bo‘yicha yakuniy nazoratlarni o‘tkazish vaqtini talabalar va professor-o‘qituvchilarga yetkazish, talabalar bilimini baholash qaydnomalarini shu tizimda rasmiylashtirish choralarini ko‘rsin. 4. Fakultet dekani A.Safarov, O‘quv-uslubiy komissiya raisi M.Xamidov va kafedra mudirlariga: fanlar bo‘yicha yakuniy nazoratlarni http://hemis.tdau.uz axborot tizimi orqali test shaklida yoki auditoriyalarda yozma va og‘zaki shakllarda imtihonlarni o‘tkazishni tashkil etish; kafedradagi barcha fanlardan 2022/2023-o‘quv yili yakuniy nazoratlari uchun bilet savollarni tasdiqlatish; fanlardan konsultatsiyalar o‘tkazish jadvalini tuzish, tasdiqlash hamda talabalar e’tiboriga yetkazish; talabalarga test, yozma va og‘zaki shakllarda imtihonlarni o‘tkazish tartibi va unga qo‘yiladigan talablar bo‘yicha konsultatsiyalar berish; test, yozma va og‘zaki shaklda o‘tkazilgan imtihonlarni sifatli tekshirilishi, baholanishi hamda saqlanishini ta’minlash; 2022/2023-o‘quv yilining 2-semestri bo‘yicha yakuniy nazoratlarning natijalarini http://hemis.tdau.uz axborot tizimidagi talabaning shaxsiy kabinetida yoritib borilishini ta’minlash; kafedralar tomonidan to‘ldirilgan qaydnomalarni dekanatga topshirish va bu haqida Akademik faoliyat va registrator boshqarma hamda Murojaatlar bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limiga muntazam axborot berish vazifalari yuklatilsin. 5. O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor H.Mardanov, Akademik faoliyat va registrator boshqarma boshlig‘i M.Atabayev, Fakultet dekani A.Safarov ushbu buyruq, uning ilovasida keltirilgan ma’lumotlarining hamda unga asos bo‘lgan hujjatlarning haqqoniyligiga va to‘g‘riligi yuzasidan shaxsan javobgar hisoblanadi. 6. Ushbu buyruq ijrosini nazorat qilish o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor H.Mardanov zimmasiga yuklatilsin. Download 112.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling