Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali


Toza shudgor, uning turlari va toza shudgorga ishlov berish tizimi


Download 1.05 Mb.
bet2/3
Sana27.06.2020
Hajmi1.05 Mb.
#121968
1   2   3
Bog'liq
ALMASHLAB EKISH KURS ISHI


Toza shudgor, uning turlari va toza shudgorga ishlov berish tizimi.

Ang’izni haydab yil davomida ekin ekilmay maxsus ajratilgan dala toza shudgor deyiladi. Shudgorga yil davomida yoki yozning yarmigacha ekin ekilmay faqat begona o’tlarni yo’qotish uchun quruq ishlov berib turiladi. Ishlov berish natijasida shudgor yumshoq va begona o’tlardan xoli bo’ladi, unda nam ko’proq to’planadi, oziq moddalar ko’payadi, ekinlarning kasallik va zararkunandalari kamayadi.



Quruq shudgor. Ko’p yillik benona o’tlar - kakra, kampirchopon va

Lalmikorlikda tuproq unimdorligini oshirish g’alla ekinlari hayoti uchun qulay sharoit yaratish uchun u toza shudgor bilan almashlab ekiladi. Toza shudgor tuproqni chuqur qatlamlarida suv rejimini yaxshilaydi, qurg’oqchilikni zararli ta’sirini kamaytiradi. Qamashida toza shudgor kuzgi bug’doy hosilini 56% oshirgan. Kuzgi bug’doy toza shudgorga ekilganda faqat hosili emas, don tarkibidagi oqsil miqdori ham oshgan. Yog’ingarchilik ko’p bo’lgan yillari toza shudgorda tuproq zichlashadi, bug’doyni o’sishi uchun sharoit yomonlashadi, ekinzor bir yillik begona o’tlar bilan ifloslanadi, samaradorlik kamayadi.

Jizzax viloyatidagi “G’alla” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi dalalarida toza shudgorga ekilgan bug’doy hosili 14-22 ts, ang’izda 4-8 ts tashkil etgan. Lalmi yerlarni shudgorlashning eng qulay muddati tekislik mintaqada martning ikkinchi yarmi, tekislik-adir mintaqasida martning oxiri aprelning birinchi yarmi, tog’ oldi mintaqasida aprel va tog’li mintaqada aprelning oxiri va mayning boshi hisoblanadi. Toza shudgor yoz davomida 2-3 marta 10-12sm chuqurlikda kultivatsiya qilinadi. Bu ish KRN-3.5, KRN-3, KPN-4.3, KP-4a, PPL-
10-25 rusumli kultivatorlar va KPL-2-150 rusumli yuza yumshatgichlar (ploskorezlar) bilan ishlanadi.

O’zbekistonning togli va tog oldi vodiylarning kup kismida lalmikor Dehqonchilik kilinadi. Bu erda asosan galla etishtiriladi. Xosildorlik yogin sochin suvlarini tuplanish, saklanishi va taksimlanishiga boglik. Urgokchiliklar bu erda Dehqonchilik ishlarini ancha murakkablashtiradi, shuning uchun xam bu erda utkaziladigan tadbirlar yogin-sochin suvlarini tuplash va saklashga karatilishi kerak.


Angizni xaydash muddatiga karab kora shudgor va toza shudgorga bulinadi.
Angizni xaydab yil davomida ekin ekilmay maxsus ajratilgan dala toza shudgor deyiladi. Shudgorda yil davomida yoki yozning yarmigacha ekin ekilmay fakat begona utlarni yukotish uchun kuruk ishlov berib turiladi. Ishlov berish natijasida shudgor yumshok va begona utlardan xoli buladi, unda nam kuprok tuplanadi ozik moddalar kupayadi, ekinlarning kasallik va zararkunandalari kamayadi. 
Xosil yigishtirib olingandan keyin erga xech kanday ishlov bermay, kelgusi yili kuklamda xaydov utkazilib va ekin ekmasdan begona utlarga karshi kuruk ishlov beriladigan dalalar toza shudgor xisoblanadi. Mart oyida xaydalsa ertagi, apreldagisi urtagi, mayda xaydalsa kechki toza shudgori deyiladi. Lalmikor Dehqonchilikda toza shudgor mul va barkaror xosil omilidir. Lalmikor Dehqonchilik instituti ma’lumotlarga kura u gektariga 300-900 m3 namlik tuplanishini ta’minlaydi.
"1- Gallaorol" xujaligida 14 yilda toza shudgordan keyin bugdoy xosili 10,7 st, angizdan keyin 6,02 st bulgan. Lalmikor Dehqonchilik instituti ma’lumoti: Toza shudgor - bugdoy xosili 14-22 st, Angiz - 4-8 st/ga. Toza shudgordan keyin ekilgan uruglar kiygos unib chikadi.

Kamashi, Gallaorol, Baxmal - 4,36-8,16. Kattakurgon, karshi 2,16-3,13 st kushimcha xosil olingan. Kurgokchilik yil toza shudgorning xosilga ta’siri angiz nisbatan ancha yukori bulgan. Lalmikor erlar. 1. Nam bilan ta’minlamagan zona 250-450 m buladi 250-300 mm yogin mikdori

2. Chala ta’minlangan 450-750 m buladi 250-350 mm.

3. Tog oldi zona 750-950 m buladi 350-400 mm yogin mikdori.

4. Tog oldi zona 950-2000 m buladi 400-750 mm va undan ortik yogin tushadi. Tekislik zonalarda toza shudgorning eng kulay muddatlari martning ikkinchi yarmi, adirda artning oxiri, aprelning yarmigacha. Kuklamda shudgorlashni uz vaktida utkazish lozim. Aprelda shudgor kilinsa nam eng kup saklanadi. Fakat togli zonalarda 10-15 maygacha shudgorlashni davom ettirish mumkin. Shudgor yozda 8-12 sm chukurlikda KRN-3,5, KPNA -3, KPN - 4,3, PL-5-25, PPL-10-25 kultivator xamda KPL 2-150 rusmli ploskordlar bilan ishlanadi.
Baxorgi xaydov martda utkazilsa-ertagi apreldagisi-urtagi, may oyidagisi kechki toza shudgor deb ataladi. 

Toza shudgori ertagi, urtagi, kechki va band shudgorlarga bulinadi. 

Jizzax viloyatidagi gallachilik ilmiy tekshirish institutining dalalarida toza shudgorga ekilgan bugdoy xosili 14-22 st ni, angizda 4-8 st ni tashkil etgan. Lalmi erlarni shudgorlashning eng kulay muddati tekislik zonada martning ikkinchi yarmi, tekislik adir zonada martning oxiri aprelning 1 chi yarmi, tog oldi zonasida aprel va togli zonada aprelning oxiri va mayning boshlari xisoblanadi. Toza shudgor yoz davomida 2-3 marta 10-12 sm chukurlikda kultivastiya kilinadi. Bu ish KRN - 3,5, KPNA - 3, KPN - 4,3, KP - 4A, PL -5-25, PPL - 10-25 rusmli kultivatorlar va KPL 2-150 rusmli ploskorezlar bilan ishlanadi.
Lalmikor Dehqonchilik sharoitida toza shudgor mul va barkaror xosil omilidir. Toza shudgor angizga nisbatan O’simlikning ildiz tarkaladigan katlamda gektariga 300-900 kub.m. don ortik nam saklab, usuv davrida mavjud namdan O’simliklarning samarali foydalanish uchun sharoit yaratadi.Toza shudgorda angizdagiga nisbatan ekinlarning oziklanishi va suv bilan ta’minlanishi yaxshi bulganidan kurgokchil yillari xam yukori va sifatli xosil etishtiraladi.
Ekin xosili yigishtirib olish bilan bir paytda er xaydalsa uni kora shudgor deyiladi. Kora shudgor lushchilnik bilan 10-12 sm yumshatib keyin 20-22 sm chukurlikda xaydaladi. kora shudgor Uzbekistonda yaxshi samara bermaydi. Shuning uchun kullanmaydi.
Uzbekiston sharoitida kora shudgor yogin-sochin ta’sirida juda zichlashib koladi. Tuprokda nam saklash kobiliyatini ancha yukotadi.Mart oxiri va aprelning boshlarida esa maydonlarni begona ut bosadi.Bunda, baxorda kayta xaydash yoki chukur kultivastiya kilish talab etiladi. Natijada kora shudgor ancha kimmatga tushadi. Buning kamchiliklaridan yana biri ayrim yillarda nitrifikastiya jarayoni ancha tezlashib tarikibida nitrat tuzlari kupayib kechadi. Lalmikor Dehqonchilik sharoitida toza shudgorning foydali axamiyati ikki yilga etishi mumikn. Shuning uchun erlardan samarali foydalanish maksadida toza shudgor band shudgor bilan navbatlanib turishi katta axamiyatga ega.

Band shudgor, toza shudgorga chopik talab etadigan biror ekin ekilgan er band shugor xisoblanadi. Kator oralariga ishlov berilganda begona utlar yukotib turiladi. Band shudgor toza shudgor bilan navbatlanib turishi yaxshi samara beradi. Band shudgor yogin mikdori etarli bulgan togli va tog oldi zonalarida yaxshi natija beradi. Lekin toza shudgor urnini bosa olmaydi.

Erta baxorgi band shudgorga kuk nuxat, xashaki nuxat, nuxat kungabokar, yasmik, maxsar; urta baxorgi kungabokar, ok juxori, sudan uti, ayrim joylarda makkajuxori; kech baxorgiga ok juxori makkajuxori, sudan uti, kungabokar, poliz ekinlari ekiladi. Yerlarni shudgorlash ekin ekishga tayyorlash, ya’ni chizellash. Boronalash, mola bosish ishlari tuprok - iklim sharoitidan kelib chikib kerakli tartib va muddatda utkaziladi, sederatlar xam band shudgor xisoblanadi.
Band shudgorga ekilgan erta va urta baxorgi chopik talab ekinlardan bushagan er kuzgi bugdoy yoki arpa ekish uchun otvalli pulugda 20-22 sm chukurlikda xaydaladi. Va bona, mola bostiriladi.

Kech baxorgi ekindan bushagan er esa borona tirkalgan yumshatgich pulug yoki kultivatorda 8-10 sm chukurlikda yumshatiladi. Erta va urta baxorgi band shudgordan bushugan begona uti kam erlar foydalmasdan PL-5-25PPL-10-25 markali lushchilnikda 12-15 sm chukurlikda yumshatiladi. Luchshilnikka xalkasimon galtakli mola tirkaladi. Natijada keng baxorgi band shudgordan keyin ekilgan arpa va bugdoydan mul xosil olinadi.Chopik kilinadigan ekinlardan bushagan erda namlik yaxshi saklanadi ammo band shudgorda toza shudgorga nisbatan xosildorlik kam buladi. 

Erni ishlash sonini minemallashtirish. Ma’lumki, dala trkator agregatlarning kup marta yurib utishi tufayli tuprok strukturasi buziladi xaydalma katlam va uning osti zichlashib koladi. Tuprokning suv-fizik xossalari yomonlashadi. Buni oldinini olish erni ishlash sonini kamaytirishni talab etadi. Uzbekiston PITI ma’lumotlariga kura erni ishlash sonini kamaytirish kuyidagi yunalishlarda olib borilishi mumkin.

1.Yerni xaydash chukurligini tabakalashtirish.

2.Yerga asosiy ishlov berishda xaydalma katlamning uvoklanishini yaxshilaydigan va dalaning tekis bulishini ta’minlaydigan samarali kurollardan foydalanish.
3.Texnikaning bir yurishida bir necha ishni bajarishi.

4.Traktorni bir yurib utishida zarur ishlarini bajaradigan kombinastiyalashtirilgan agregatlardan foydalanish.

5.Kultivastiya va boshka ishlar sonini kamaytirish.
Xar bir zonaning tuprok iklim-sharoitini va etishtirilayotgan ekinlar xususiyatini xisobga olgan xolda erlarni ishlash sonini kamaytirish katta axamiyatga ega ya’ni tuprok unumdorligini oshadi, eroziyaning oldi olinadi, energiya resurslari rejalanadi va xokazo.

Respublikamizning paxtakor xujaliklarida guza 5-8 marta kultivastiya kilinadi 2-3 marta ugit solinadi, 4-5 marta sugorish uchun egat olinadi va kasallik xamda xashorot zararkunandalarga karshi 2-3 marta ishlanadi.Natijada agregat mavsumda daladan 15-20 marta va undan ortik yurib utadi.Baxor nokulay kelgan yillari xamda dala begona utlar bilan ifloslangan bulsa, erni ishlash soni yana xam ortadi.


Aloxida-aloxida utkaziladigan tadbirlar birgalikda utkazilganda tuprokning suv –fizik xossalari yaxshilanadi, ekin yaxshi rivojlanib, ishlab chikarish xarajatlari tejaladi. Usuv davrida bajariladigan tadbirlarni sh aroitga moslashtirib, bir-biriga kushib olib borish dalaga agregatlarni kamrok kiritish zarur.Natijada sarflanadigan yokilgi va mablag tejaladi, etishtirilgan maxsulotning tan narxi arzonlashadi.

    1. Band shudgorlar va ularda yetishtirish uchun tavsiya etilgan ekin turlari.

Band shudgor qator oralari ishlanadigan va yoppasiga ekin ekiladigan shudgorga bo’linadi. Bund shudgor, O’zbekistonda ekish muddatlariga qarab ertagi, o’rtagi, kech bahorgi xillariga bo’linadi. Ekin bilan band qilinadigan erta bahorgi shudgorga no’xat, maxsar, kungaboqar, xashaki no’xat ekiladi. Maxsar va xashaki no’xatlarning kuzda ekiladiganlari eng samaralidir. O’rta bahorgi band shudgorga oqjo’xori, sudan o’ti, kungaboqar, ba’zi joylarda makkajo’xori, oqjo’xori, poliz ekinlari, kunjut, kungaboqar ekiladi.

Band shudgorli yerni ekin ekishgacha va ekin ekish oldidin ishlashga quyidagi agrotexnika tadbirlari kiradi: erta va o’rta bahorgi band shudgor uchun mo’ljallangan yerlar kuzda haydaladi. Ekin ekish oldidan bu shudgor 6-8 sm chuqurlikda kultivatsiya qilinadi. Kech bahorgi shudgor bahorda-aprel oyining boshlarida haydaladi va ekin ekish oldidan yer otvalsiz plugda 16-18 sm chuqurlikda qayta haydaladi va bir yo’la mola bostiriladi.

Yaxlit shudgor qator oralari tor qilib (12-15 sm) ekiladigan ekinlar bilan band qilinadi. O’zbekistonda bu turdagi shudgorga pichan va ko’kat oziqa uchun bir yillik o’simliklar (javdar, suli, arpa va ular bilan aralashtirib xashaki no’xat, sudan o’ti) ekiladi. Sideratlar ekilgan shudgor ham band shudgorga kiradi. Unga asosan dukkakli o’simliklar ekiladi. Ular to’plagan yashil massalar tuproqni azot va organik moddalar bilan boyitish hisobiga unumdorligini oshirish uchun tuproq bilan birga haydab yuboriladi. O’zbekiston sharoitida sug’oriladigan tumanlarda sideratlar kuzda g’o’za va sholi ekinlari orasiga yoki ulardan keyin ekiladigan oraliq ekin sifatida qo’llanilishi mumkin.

Oraliq ekinlar yerlarning agromeliorativ holatini yaxshilash va unumdorligini oshirish, barcha mikrobiologik jarayonlarni jadallashtiruvchi omillardan hisoblanadi. Oraliq ekinlar tuproqqa qo’shib haydab yuborilganda yerda gumus miqdorini oshiradi, tuproqlarni oziqa va suv rejimlari yaxshilanadi. Sideratlar sho’r yuvish samaradorligini oshiradi va tuproqni sho’rlanishini oldini oladi.

Ma’lumki, har-xil operatsiyalarni bajarish vaqtida agregatlar daladan ko’p marta yurib o’tadi, natijada tuproq zichlashadi, suv o’tkazuvchanligi, havo almashinuvi yomonlashadi. Besh korpusli plugni traktorga tirkab yer haydalganda uning g’ildiraklari yer yuzasining 40-50 % ni bosadi. Bundan tashqari, ekin ekishdan oldin yerni ko’p marta ishlash ekishni kechiktiradi hamda hosildorlikka salbiy ta’sir etadi. Respublikamizning ayrim paxtakor xo’jaliklarida, g’o’za
5-8 marta kultivatsiya qilinadi, unga 2-3 marta o’g’it solinadi, 5-7 marta sug’orish uchun egat olinadi va kasallik hamda zararkunandalarga qarshi 2-3 marta har xil kimyoviy dorilar purkaladi. Natijada, agregat mavsumda daladan
15-20 marta va undan ham ortiq yurib o’tadi. Bahor noqulay kelgan yillari hamda dala begona o’tlar bilan ifloslangan bo’lsa, yerni ishlash soni yana ham ortadi. O’zPITI da olib borilgan tajribalar natijalariga ko’ra, yerlarni ishlash sonini kamaytirish qo’yidagi yo’nalishlarda olib borilishi mumkin.

1)yerni haydash chuqurligini tabaqalashtirish.

2)yerlarga asosiy ishlov berishda haydalma qatlamining uvoqlanishini yaxshilaydigan va dala tekis bo’lishini ta’minlaydigan faol qurollardan (freza kabilardan) foydalanish.

3)bahorgi va ekin ekish oldidan alohida-alohida amalga oshiriladigan ishlar sonini kamaytirish va ularni birga qo’shib, bir vaqtda bajarish;

4)dalada traktor bir yurib o’tishida zarur ishlarni bajaradigan kombinatsiyalashtirilgan agregatlardan foydalanish;

5)g’o’za va boshqa ekinlarni parvarish qilishda agrotexnika tadbirlarini qo’shib o’tkazash hisobiga kultivatsiya hamda boshqa ishlar sonini kamaytirish.

Paxta ekiladigan maydonlarda bahorda va ekin ekish oldidan yerlarni ishlash soni buyicha olib borilgan kuzatishlar, ishlash soni kamaytirilganida tuproq yaxshi uvoqlashishni, uning suv-fizik xossalari yaxshilanishini, dalalar begona o’tlar bilan kam ifloslanishini va paxta hosildorligini ortishini ko’rsatdi. Yerlarni ishlash sonini kamaytirish uchun ekinlarning o’suv davrida bajariladigan tadbirlarni, sharoitdan kelib chiqqan holda moslashtirib bir-biriga qo’shib olib borish, dalaga agregatlarni kamroq kiritish zarur. Chunonchi, begona o’tlarga qarshi kultivatsiya o’rniga gerbitsid qo’llash, o’g’it solishni egat olish va mavsum oxirida egat olishni esa chekanka va boshqalar bilan bir vaqtda o’tkazish kerak. Natijada sarflanayotgan yoqilg’i va mablag’ tejaladi, yetishtirilgan mahsulot tannarxi arzonlashadi.

Band qilinmagan shudgorlar. Band qilinmagan shudgorlarga toza shudgor (qora va ertagi) va kechki shudgor, quruq shudgor kiradi. Band qilinmagan shudgor yil bo’yi ishlanadi, Lekin ekin ekilmaydi. Kechki shudgor ekin yig’ishtirib olingandan so’ng kelgusi yil yozining ikkinchi yarmida ishlanadi bu usul
1917 yilgacha tarqalgan edi, hozirgi vaqtda esa hech qaerda qo’llanilmaydi.

Qora va ertagi shudgor ekinlar hosili yig’ishtirilib olingandan so’ng yoki yig’ishtirib olish bilan bir vaqtda o’tkaziladi. Dastlab ang’iz 5-6 sm chuqurlikda lushchilnik bilan yuza yumshatiladi, bu esa yerda namning saqlanishiga, begona o’tlar urug’ining unib chiqishiga va kasallik hamda zararkunandalarni kamaytirishga, yerni sifatli qilib ishlashga imkon beradi.

Qora shudgor chimqirqarli plug bilan, shu yilning o’zida yig’im terimdan so’ng lushchilnik bilan 10-12 sm yumshatishdan bir necha xafta keyin 22-25 sm chuqurlikda haydalishi bilan ertagi shudgordan farq qiladi. Qora shudgor O’zbekistonda yaxshi samara bermaydi. Shuning uchun qo’llanilmaydi. Ertagi shudgor qilishda yer, asosan, kelgusi yil bahorida bir vaqtda boronalash bilan o’tkaziladi. Qora shudgor va ertagi shudgor keyinchalik bir xil ishlanadi.

O’zbekistonning sizot suvlar 20-30m chuqurlikda joylashgan sug’orilmaydigan mintaqalarida bunday suvdan o’simliklar foydalana olmaydi. Bunday sharoitda o’simliklar namni yiliga 250-400mm miqdorda tushadigan atmosfera yog’inlaridan oladi. Shuning uchun bunday sharoitda tuproqda maksimal darajada nam to’plash va saqlash juda muhim. Bunga erishishning eng yaxshi imkoniyatlardan biri toza shudgor hisoblanadi.




    1. Lalmikor yerlarda gʼalla ekinlarini parvarish qilish.

Lalmikor yerlarda kuzgi bug’doydan yuqori hosil olish uni almashlab ekish tizimida to’g’ri joylashtirishga bog’liq bo’ladi. Hozirga qadar O’zbekistonning lalmikor yerlarida kuzgi bug’doy surunkasiga yoki arpa bilan almashlab ekib kelinmoqda. Kuzgi bug’doyni surunkasiga ekish tuproqda yetarli miqdorda namlik to’planishiga binobarin, qurg’oqchilikning oldini olishga imkon bermaydi. Shuning uchun surunkasiga kuzgi bug’doy ekilib kelinayotgan ekinzorlar hosili ob-havoga bog’liq, namlik oshishi bilan u o’sadi, yog’ingarchilikning kamayishi bilan keskin kamayadi. Lalmikorlikda tuproq unumdorligini oshirish kuzgi bug’doy hayoti uchun qulay sharoit yaratish maqsadida u toza, band shudgor shuningdek beda bilan almashlab ekiladi.

Hozirgi paytda 5 dalali (toza shudgor-g’alla-toza -band shudgor-g’alla), 6 dalali (g’alla-g’alla-toza shudgor-g’alla- g’alla-band shudgor), 11 dalali (g’alla- g’allag’alla-g’alla-band shudgor- g’alla- g’alla- beda- beda- beda- beda) ekish

sxemalari keng tarqalgan. Besh dalali almashlab ekish sxemalarini lalmikorlikning pastki mintaqasida, olti dalalikni yuqori mimntaqada qo’llash tavsiya etiladi. O’n bir dalali almashlab ekish tuprog’i eroziyaga uchragan, chorvachilik yaxshi rivojlangan tog’li mintaqalarda qo’llaniladi. Boshqa mintaqalarda beda, almashlab ekish sxemasidan chiqarilgan dalalarga, xo’jalik xususiyati hisobga olinib, umumiy haydaladigan yerlarning kamida 12-15 foizi joylashtiriladi.

Toza shudgor tuproqning chuqur qatlamlarida suv rejimini yaxshilaydi, qurg’oqchilikning zararli tasirini kamaytiradi. Qamashida toza shudgor kuzgi bug’doy hosilini 56% oshirgan. Kuzgi bug’doy toza shudgorga ekilganda faqat hosili emas, don tarkibidagi oqsil miqdori ham oshgan. Kuzgi bug’doy toza shudgorga ekilganda faqat hosili emas, don tarkibidagi oqsil miqdori ham oshgan. Yog’ingarchiliklar ko’p bo’lgan yillari toza shudgorda tuproq zichlashadi, bug’doyning o’sishi uchun sharoit yomonlashadi, ekinzor bir yillik o’tlar bilan ifloslanadi, samaradorlik kamayadi. Mikrobiologik jarayonlar toza shudgorlarda ayniqsa jadal kechadi. Toza shudgorlarda nitratlar miqdori ishlov yemagan ang’iz tuprog’idagiga qaraganda 2–3 marta ortiqdir.

Toza shudgorga ekilgan ekilgan qattiq bug’doy hamma vaqt ang’izga nisbatan bir yarim, ikki baravar ko’p hosil beradi.

Band shudgorga ekinlar ekish muddatlari bo’yicha erta bahori- (zig’ir, maxsar, kungabaqar silosga, xashaki ko’k no’xat, no’xat), o’rtacha bahori - (makkajo’xori, jo’xori, kungabaqar silosga), kechki bahori – (xo’raki va xashaki tarvuz, qovun, kunjut, jo’xori, makkajo’xori, kungaboqar guruhlarga bo’linadi.

Lalmikor yerlarda band shudgorda poliz, xashaki ko’k no’xat, no’xat, kungaboqarni silosga ekish yaxshi natija beradi. Ayniqsa nam bilan taminlangan mintaqada dala begona o’tlardan tozalanib, agrotexnika yaxshilanib borishi bilan band shudgorlar samarasi oshib boradi. Kuzgi bug’doy hosili poliz ekinlaridan keyin 10,6, silosga ekilgan kungaboqardan keyin 9,2, oqjo’xoridan keyin 9,7, toza shudgorga ekilganda 13,6 s/ga ni tashkil qilgan. Bunda band shudgorga ekilgan bug’doy hosili toza shudgorga nisbatan 30% gacha kam bo’lgan. G’allaorolda o’tkazilgan tajribalarda yog’ingarchiliklar ko’p bo’lgan yillari kuzgi bug’doy toza shudgorga ekilganda, ang’izga ekilgandagiga nisbatan 1,8 s/ga, band shudgorda 1,5-3,4s/ga qo’shimcha hosil olingan yoki band shudgorda toza shudgorga nisbatan hosildorlik ancha oshgan.

Qator oralari ishlanadigan ekinlaran keyin joylashtirilgan kuzgi bug’doydan band qilinmagan toza shudgordagiga qaraganda kam olingan don o’rni anna shu ekinlardan olingan hosil bilan to’ldirilishi mumkin.

Qir – adirlik mintaqasi sharoitida qattiq bug’doy ustida olib borilgan tajribalarimiz natijalariga ko’ra, qattiq bug’doy band shudgordan keyin ekilganda yumshoq bug’doyga nisbatan ortiq hosil berdi.

Chiroqchi sharoitida toza shudgorga kuzda ekilgan bug’doy iqlimning ancha yumshoqligi va tuproqning uncha zichlanmaganligi tufayli gektaridan ancha yuqori 18,0-20,0 s atrofida hosil bergan. Yumshoq bug’doy navlari Krasnovodopadskaya 210, Zumrad, Ko’kbuloq Chiroqchi sharoitida ancha yuqori hosil berishiga qaramasdan, toza shudgorlarning bir qismiga kuzda qattiq bug’doy ekish o’zini oqlaydi. Bu ayniqsa urug’lik uchastkalar uchun xarakterlidir. Ikkinchidan, qattiq bug’doyning davlat sotib olish bahosi ancha yuqoriligi sababli undan yumshoq bug’doyga nisbatan kamroq hosil olsa ham, daromadi yuqori bo’ladi.

O’zbekiston lalmikor yerlar hisobiga o’zining makaron sanoat talablarini

qondiradigan darajada qattiq bug’doy yetishtirish imkoniyatiga ega.

Qir–adirlik mintaqa uchun g’alla–toza shudgor va band shudgor almashlab ekishning besh dalali (toza shudgor-g’alla-toza -band shudgor-g’alla) tizimi tavsiya etiladi. Bu tizimda g’alla 60 foizni, toza va band shudgor 40 foizni tashkil etadi. Band shudgorga no’xat, kungaboqar, poliz (qovun, tarvuz), moyli ekinlardan: zig’ir, maxsar, bazan seryog’in kelgan yillarda kunjut ham ekish mumkin.

Lalmikor yerlarning qir-adir mintaqasida g’alla va boshqa o’tmishdosh ekinlarning hosildorligini oshirish, tuproq unumdorligini saqlab qolish va oshirish maqsadida yuqorida qayd etib o’tilgan almashlab ekish tizimidan tashqari beda ekish zarur. Bir dalada beda 4-5 yil o’stiriladi va so’ngra almashlab ekish tizimidagi o’tmishdoshlar bilan almashtiriladi.

Tog’ oldi mintaqa uchun 6-dalali (g’alla-g’alla-toza shudgor-g’alla- g’allaband shudgor) tizimi tavsiya etiladi. Bu mintaqada tuproq unumdorligini saqlash maqsadida almashlab ekish tizimidan tashqari beda ekiladi. Bu almashlab ekish tizimida g’alla 66 foizni, toza va band shudgor 34 foizni tashkil etadi.

Tog’ oldi mintaqasida ham bug’doy ekiladigan yer maydonlari g’alla o’rimi bilan bir vaqtda peshma-pesh haydaladi.

Tog’li lalmikor mintaqadagi 87 foiz maydon suv eroziyasiga turli darajada chalingan. Shuni hisobga olgan holda bu mintaqada almashlab ekishning tuproq eroziyasiing oldini olishga qaratilgan 11- dalali g’alla-beda almashlab ekish tizimini qo’llash tavsiya etiladi. Tog’li mintaqaning tuproq eroziyasiga chalingan qismlarida almashlab ekishning 11-dalali (g’alla-g’alla-g’alla-g’allaband shudgor-g’alla-g’alla-beda-beda-beda-beda) tizimi ishlab chiqilgan. Butizimda g’allaning salmog’i 54,6 foizni, band shudgor 9 foiz va beda 36,4 foizni tashkil etadi. Tog’lik mintaqada bug’doydan tashqari arpa, no’xat, zig’ir, xashaki no’xat va beda ekiladi.

O’zbekistonning lalmikor mintaqalarida bug’doy hosili o’simlikning nam bilan ta’minlanganligiga bog’liq holda o’zgaradi. Almashlab etishni to’la joriy qilish, hamma agrotexnik usullarni o’z vaqtida, tez, sifatli bajarish hosildorlikni oshiradigan eng muhim vazifalar hisoblanadi.

Band shudgorda ekinlar ekish muddatlari bo’yicha erta bahori-(zig’ir, maxsar, kungaboqar silosga, xashaki ko’k no’xat, no’xat), o’rtacha bahori- (makkajo’xori, jo’xori, kungaboqar silosga), kechki bahori-(xashaki va xo’raki tarvuz, qovun, kunjut, makkajo’xori, jo’xori, kungaboqar) guruhlariga bo’linadi.

Lalmikor yerlarda band shudgorda poliz, no’xat, xashaki ko’k no’xat, kungaboqarni silosga ekish yaxshi natija beradi. Ayniqsa nam bilan ta’minlangan mintaqada dala begona o’tlardan tozalanib, agrotexnika yaxshilanib borishi bilan band shudgorlar samarasi oshib boradi. Kuzgi bug’doy hosili poliz ekinlaridan keyin 10,6, silosga ekilgan kungaboqardan keyin 9,2, oqjo’xoridan keyin 9,7, toza shudgorga ekilganda 13,6 s/ga ni tashkil qilgan.

Bunda band shudgorda ekilgan bug’doy hosili toza shudgorga nisbatan 30% gacha kam bo’lgan. G’allaorolda o’tkazilgan tajribalarda yog’ingarchiliklar ko’p bo’lgan yillari kuzgi bug’doy toza shudgorga ekilganda, ang’izga ekilgandagiga nisbatan 1,8 s/ga, band shudgorda 1,5-3,4 s/ga qo’shimcha hosil olingan yoki band shudgorda toza shudgorga nisbatan hosildorlik ancha oshgan.

Qator oralari ishlanadigan ekinlardan keyin joylashtirilgan kuzgi bug’doydan band qilinmagan toza shudgordagiga qaraganda kam olingan don o’rni ana shu ekinlardan olingan hosil bilan to’ldirilishi mumkin.

Lalmikorlikda tuproq unumdorligini tiklash va oshirish vositasi sifatida beda kuzgi bug’doy uchun yaxshi o’tmishdosh hisoblanadi. Ammo, bedaning kuchli rivojlangan ildiz tizimi tuproqning yuza va chuqur qatlamlarini quritib, namlikni kamaytirib yuboradi. Shuning uchun ta’minlangan va yarim ta’minlangan mintaqalarda bedaning o’tmishdosh sifatidagi samaradorligi pasayadi. Yog’ingarchiliklar kam bo’lgan yillarda kuzgi bug’doy bedadan keyin ekilganda ang’izda ekilgandagiga nisbatan hosili o’rtacha to’qqiz yil davomida 1,9 s/ga oshgan, ob-havo qulay kelgan yillari kuzgi bug’doy hosili toza shudgorda va bedadan keyin ekilganda deyarli bir xil bo’lgan.


Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling