Toshkent davlat agrar universiteti X. Nomozov, M. Atabayev, Z. Asqarova, S. Asatova tuproq xossalari va o
XV Bob Tuproq (g‘o‘za)ga o‘g‘it solishning istiqbolli texnologiyasi
Download 1.71 Mb.
|
ТУПРОК ХОССАЛАРИ Номозов 1. doc
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuproq xossalari va o‘g‘it qo‘llash asoslari” fanida test savollari.
XV Bob
Tuproq (g‘o‘za)ga o‘g‘it solishning istiqbolli texnologiyasi Ko‘plab tajribalar o‘simliklar (paxta) hosildorligi oshishida ularga o‘g‘itlarning qanday texnologiya (muddat va usulda) solinishining ahamiyati kattaligini ko‘rsatmoqda. Biz olib borgan tadqiqotlarda ham hozir amaliyotdagi o‘g‘it solish usuli va muddati (texnologiyasi) etarli kamolotga etmaganligi isbotlanayapti. Qator oralariga ishlov beriladigan o‘simliklarga o‘g‘it solish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekistonda va Mozambmk xalq Respublikasida qator yillar olib borgan tadqiqotlarimiz asosida ishlab chiqilgan g‘o‘zani o‘g‘itlashning agronomik va iqtisodiy jihatdan istiqbolli bo‘lgan texnologiyasi quyidagicha amalga oshiriladi. Yillik me’yorga nisbatan azotli o‘g‘itlarning 15-20, fosfor va kaliyli o‘g‘itlarning 50 foizi ekishdan oldingi ishlov paytida beriladi. Azotli o‘g‘itlarning 20 va fosforli o‘g‘itlarning 30 foizi ekish bilan birga chigit ekilgan chiziqdan 4-5 sm. Yon tomonga va 10-112 sm. Chuqurlikka solinadi. O‘g‘itning qolgan qismi (asosan o‘rta va og‘ir qumoqli tuproqlarda) o‘unchalash davrining oxirlari, gullash davrining boshlarida o‘simlikdan 15-17 sm yon tomonga va 15-16 sm chuqurlikka beriladi. Yengil qumoq va qumloq tuproqlarda g‘o‘za ikki marta oziqlantiriladi: yillik me’yorga nisbatan azotli o‘g‘itlarning 50 va fosforli o‘g‘itlarning 20 foizini g‘unchalash davrida va qolgan (20% azotli) o‘g‘itni gullash davrida 18-20 sm chuqurlikka va o‘simlikdan 16-18 sm yon tomonga beriladi. Shuni unutmaslik kerakki, ekish bilan birga o‘g‘it berganda, o‘g‘it chigitning chap tomonidan solingan bo‘lsa, birinchi oziqlantirishda nihollarning o‘ng tomonning va ikkinchi oziqlantirishda yana g‘o‘zadan chap tomonga solinadi. O‘g‘it shunday kombinatsiyada berilganda avval solingan o‘g‘itni birinchi va ikkinchi oziqlantirish paytida o‘g‘itlagich (sochnik) chiqarib (ochib) tashlamaydi. Bu texnologiyadan foydalangan Xorazm viloyatining qator xo‘jaliklari yaxshi natijani qo‘lga kiritdilar. Masalan, Xorazm viloyatidagi “Bog‘ot” davlat xo‘jaligida 1989 yili 623 gektar va 1990 yili esa hamma paxta maydoni shu texnologiya bo‘yicha o‘g‘itlanadi. Natijada paxta 7-9 kunga oldinroq ochildi, hosildorligi esa gektaridan 4-6 sentenrga ko‘paydi. Davlatga paxta sotish rejasi Respublikada birinchi (3 oktyabrda) bo‘lib bajarildi va yig‘im terim asosiy maydonlarda oktyabr oyidayoq tugallanib, paxtadan bo‘shagan erlarga bug‘doy ekishga kirishiladi. 27-jadval O‘g‘it solish texnalogiyasi (muddati va usuli)ning paxta xosildorligiga ta’siri (Xorazim vohasi misolida)
“Tuproq xossalari va o‘g‘it qo‘llash asoslari” fanida test savollari. Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling