Toshkent davlat agrar universiteti X. Nomozov, M. Atabayev, Z. Asqarova, S. Asatova tuproq xossalari va o
Download 1.71 Mb.
|
ТУПРОК ХОССАЛАРИ Номозов 1. doc
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taqrizchilar: Niazaliev B,I
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO‘JALIGI VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI X. NOMOZOV, M. ATABAYEV, Z. ASQAROVA, S.ASATOVA TUPROQ XOSSALARI VA O‘G‘IT QO‘LLASHDA AHAMIYATI Toshkent – 2016 Toshkent davlat agrar universiteti agrokimyo va tuproqshunoslik kafedrasi dotsentlari Xushvaqt Nomozov, Ma’ruf Atabayev, Zulfiya Asqarova, Saodat Asatovalar tomonidan tayyorlangan ushbu o‘quv qo‘llanma 5A410102 «Agrokimyo» va 5A410101 «Tuproqshunoslik» mutaxassisliklaridagi magistrlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, tasdiqlangan namunaviy dastur asosida yozilgan. Bunda mamlakatimiz tuproqlarining asosiy xossa va xususiyatlari, ularning mineral va mahalliy o‘g‘itlar ta’sirida o‘zgarishi, tuproqqa turli xil agroximikat (kimyoviy o‘git) lar kiritilishi bilan yuzaga keladigan ekologik muammolar va ularni bartaraf qilish yo‘llari bayon qilinadi. Shuningdek, qo‘llanmada har xil tuproqlardagi o‘tkazilgan tajribalardan va agroximkartogrammalardan olingan ma’lumotlar asosida beriladigan o‘g‘it turi va me’yorini hisoblash, tuproqqa o‘g‘it solishning istiqbolli texnologiyasi va har bir kg solingan o‘g‘itga olinadigan qo‘shimcha hosilni aniqlash kabi tabiiy (original) uslublar ham keltiriladi. Shu bois qo‘llanmadan agronomiya yo‘nalishidagi bakalavr, magistr, ilmiy tadqiqotchi-izlanuvchilar ham foydalanishi mumkin. Taqrizchilar: Niazaliev B,I - qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim. Raypova N.B. – biologiya fanlari nomzodi, dotsent. KIRISH Inson tuproqdan paydo bo‘lgan, hayoti davomida undagi ne’matlar hisobiga yashaydi va yana tuproqqa qaytadi. Tuproqni e’zozlash, muhofaza qilish, xossa va xususiyatlarini yaxshilab unumdorligini oshirish nafaqat agronomik ahamiyatga ega va shuniigdek, katta savobli ish ham hisoblanadi. Jahon ilmi va amaliyotining ko‘rsatishicha tuproqda o‘sadigan ekinlar hosildorligining yarmidan ko‘prog‘i faqat tuproqqa o‘g‘itlar kiritib uning xossalarini yaxshilash hisobiga olinadi. Tuproq mexanik tarkibi, tuproq kolloidlari va singdirish qobiliyati, tuproq organizmlari va ularning faoliyati, tuproqdagi biogen elementlarning aylanishi va balansi, tuproq eritmasining reaksiyasi va buferligi kabi xossalarining tuproqqa kiritilgan o‘g‘itlar samaradorligini oshirishda katta ahamiyat kasb etadi. Shu bois tuproqning yuqorida tilga olingan xossalarini o‘g‘itlar qo‘llashdan kelib chiqib o‘rganish e’tiborga molik hisoblanadi. Shuni alohida qayd qilish kerakki, kimyo sanoati juda rivojlangan bizning davrimizda tuproqqa solinayotgan o‘g‘itlarning asosiy qismi kimyoviy (mineral) o‘g‘itlar hisoblanadi. Ya’ni, dexqonchilikdan olinayotgan mahsulotning asosiy qismi shu sintetik o‘g‘itlar qo‘llash (tuproqqa kiritish) hisobiga olinayapti. Bu o‘g‘itlar tuproqning sun’iy unumdorligini ko‘taruvchi xossalarini yaxshilash bilan birga, tuproq (umuman biosfera) ekologiyasiga juda katta salbiy ta’sir ko‘rsatishini ham unutmaslik kerak. Vaholanki, ona zaminimiz (tuproq) ga solinayotgan «mineral o‘g‘it» deb nomlanmish bu kimyoviy moddalarning o‘rtacha 10-15 foizigina o‘simlik oziqlanishida ishtirok etadi va qolgan qismi biosferani bulg‘ash uchun manba bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun ham bo‘lg‘usi tuproqshunos-atrokimyogarlar kimyoviy o‘g‘itlardan foydalanib, tunroq sun’iy unumdorligini oshiruvchi xossalarini yaxshilashda ilmiy asoslangan o‘g‘it turi, me’yorlari, uni ishlatish texnologiyasidan foydalanishni yaxshi bilishlari lozim. Ushbu qo‘llanma shu maqsad yo‘lida qo‘yilgan birinchi qadam bo‘lganligi uchun ayrim kamchiliklardan, bahs-munozaralardan holi bo‘lmasligi tabiiy. Shu bois ham mualliflar ushbu qo‘llanma haqidagi fikr mulohazalarni mamnuniyat bilan qabul qiladilar va qo‘llanmaning keyingi nashrlarida ularni hisobga oladi. Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling