Toshkent davlat agrar universiteti X. Nomozov, M. Atabayev, Z. Asqarova, S. Asatova tuproq xossalari va o


Tuproq mexanik tarkibining tasnifi


Download 1.71 Mb.
bet8/99
Sana14.12.2022
Hajmi1.71 Mb.
#1001746
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   99
Bog'liq
ТУПРОК ХОССАЛАРИ Номозов 1. doc

3.1. Tuproq mexanik tarkibining tasnifi
Tuproqda mavjud o‘zaro kimyoviy bog‘langan jins va minerallar hamda amorf birikmalarning turli xil o‘lchamdagi bo‘lak va bo‘lakchalari mexanik element (fraksiya) lar deyiladi va 3 (mineral, organik, organo-mineral) turga bo‘linadi. Tuproq zarrachalarining kattaligi (og‘irligi) bo‘yicha klassifikatsiyalash ularning suvda turli xil tezlikda cho‘kishiga asoslangan.
Fraksiya (zarra) lar o‘zlarining o‘lchamidan tashqari kimyoviy tarkibi va fizik xossatari bilan ham farq qilib, tuproq xususiyatlariga ta’sir ko‘rsatadi. Odatda mayda (0,001 mm dan kichik) fraksiyalar tarkibida yirik (0,001 mm dan katta) fraksyalardagiga nisbatan CaO, Mg0, P2O5, chirindi singari oziq elementlar birikmasi ko‘p bo‘ladi.
Tuproqdagi mexanikaviy element (fraksiya) larning nisbiy miqdori tuproqning mexanik tarkibi deyiladi.
MDHda tuproq tarkibini belgilashda fraksiyalar o‘lchami 0,01 mm dan yuqorisini «fizik qum» va 0,01 mm dan pastini «fizik loy» deb birlashtiriladi va bularning bir- biriga bo‘lgan nisbati asos qilib olinadi. Ushbu ktassifikatsiyaga asoslanib tuproqlar mexanik tarkibini qisqa yoki to‘liq nomlash mumkun:
Tinik bo‘z tuproq tarkibidagi fizik loy - 40%, loyqa -28%, chang - 22%, va qum - 10% bo‘lsa miqdor jihatdan eng yuqori fraksiya nomidan kelib chiqib tuproq mexanik tarkibining qisqa nomi «o‘rta qumoq» deyiladi. To‘liq nomlashda esa fraksiyalar ichida loyqa birinchi, chang ikkinchi, va qum uchunchi o‘rinda ekanligidan kelib chiqib, loyqa to‘zonli o‘rta qumoq deb ataladi. Agar tuproq tarkibida tosh va shag‘allarning nisbiy miqdori 5-10% va undan oshiq bo‘lsa bunday tuproqlar toshloq tuproqlar deyiladi.
Dalaning o‘zida tuproq mexanik tarkibini aniqlashda nam tuproqdan ip qilib undan aylana yasab bo‘lsa, bu tuproq loyli mexanik tarkibli, ip yasab uni aylantirganda sinaboshlasa bu qumoqli mexanik tarkibli, ip yasab bo‘lmay osongina sharcha yasab bo‘lsa bu tuproq qumloq mexanik tarkibli va nihoyat sharcha ham yasab bo‘lmasa uni qum deyiladi.
1 - jadval

Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling