Toshkent davlat agrar universiteti X. Nomozov, M. Atabayev, Z. Asqarova, S. Asatova tuproq xossalari va o


Makroorganizmlarning tuproq unumdorligini oshrishdagi o‘rni


Download 1.71 Mb.
bet16/99
Sana14.12.2022
Hajmi1.71 Mb.
#1001746
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   99
Bog'liq
ТУПРОК ХОССАЛАРИ Номозов 1. doc

Makroorganizmlarning tuproq unumdorligini oshrishdagi o‘rni

Tuproqda mikroorganizmlardan tashqari turli xil kattalikdagi umurtqali va umurtqasiz makroorganizmlar (chuvalchang, qo‘ng‘iz, chumoli, ko‘rsichqon, yumronqoziq, kalamush va boshqalar) ham hayot kechiradi va tuproq xususiyatlariga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi.
Bular ichida, ayniqsa chuvalchang muhim ahamiyatga ega. Bir gektardagi chuvalchanglar soni 0,3 - 0,4 dan 3-4 milliongacha etar ekan. Ular tuproqdagi organik qoldiqlar va chirindi moddalarni tuproqning mineral qismi bilan birgalikda ichaklari orqali o‘tkazib, bir qismini o‘z organizmlariga singdirsa qolgan qismini tashqariga chiqaradi. Bu chiqindi gektariga 25 - 125 tonnani tashkil qiladi.


6.3. Tuproq organizmlari faoliyatida o‘g‘itlarning roli
Shuni ta’kidlash kerakki, mineral va mahalliy o‘g‘itlarning uzoq yillar, ayniqsa yuqori me’yorlarda qo‘llanilishi tuproq tarkibidagi mikroorganizmlar miqdori va faoliyatiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Kimyoviy (mineral) o‘g‘itlarning surunkasiga ko‘plab solinishi natijasida tuproqning yuqorigi haydov qatlamida gektariga o‘nlab tonna kimyoviy chiqindilar to‘planib, tuproq ekologiyasini sezilarli darajada buzadi. Bu esa o‘z navbatida, tuproqdagi mikro va makroorganizmlar miqdori va faoliyatiga salbiy ta’sir qiladi. Bu esa tuproq unumdorligining pasayishiga sabab bo‘ladi.
Mahalliy o‘g‘itlar (ayniqsa go‘nglar) ning solinishi esa aksincha, tuproq tarkibidaga mikroorganizmlarning miqdorini ko‘paytirish bilan birga, mikro va makroorganizmlar faoliyatini ham keskin yaxshilaydi. Bu esa o‘z navbatida, solinadigan o‘g‘itlar samaradorligi va tuproq unumdorligining ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi.

Savollar


  1. Tuproqdagi qaysi bakteriyalar nitrofikatsiya va sulfofikatsiya jarayonlarini yuzaga keltiradi?

  2. Tuproq chuvalchanglari miqdorini oshirishning qanday yo‘llarini bilasiz?

  3. Tuproq organizmlari faoliyatiga qaysi o‘gitlar salbiy ta’sir ko‘rsatadi?



Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling