Toshkent davlat agrar universiteti X. Nomozov, M. Atabayev, Z. Asqarova, S. Asatova tuproq xossalari va o


VI-bob. Tuproq organizmlari va ular faoliyatida mineral va mahalliy o‘g‘itlarning roli


Download 1.71 Mb.
bet15/99
Sana14.12.2022
Hajmi1.71 Mb.
#1001746
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   99
Bog'liq
ТУПРОК ХОССАЛАРИ Номозов 1. doc

VI-bob. Tuproq organizmlari va ular faoliyatida mineral va mahalliy o‘g‘itlarning roli



    1. Tuproqdagi asosiy mikroorganizmlar va ularning tuproq xossalariga ta’siri

Tuproqda juda ko‘p miqdorda turli tuman mikroorganizmlar, o‘simlik va hayvon organizmlari yashaydi. Bu organizmlar tuproqning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va unumdorligida juda katta ahamiyatga ega.
Tuproqdagi organizmlarning ko‘pchiligi o‘simlik va mikroorganizmlardan va ozrog‘i makroorganizmlardan iborat.
Bakteriyalar tuproqda eng ko‘p tarqalgan mikroorganizmlardan hisoblanadi. Ularning soni har gramm tuproqda million-milliardlarni tashkil qilib, yerning haydalma qatlamida gektariga o‘rtacha 4-5 tonnagacha boradi.
Tuproqning tipiga, madaniy holatiga, yil mavsumiga ko‘ra bakteriyalar miqdori ham o‘zgarib turadi. Tuproqning pastiga qarab ular miqdori kamayib boradi. Bakteriyalar (barcha mikroorganizmlar) oziqlanishiga qarab avtotrof va getrotrof gruppalarga bo‘linadi. Avtotrof bakteriyalar C02 gazidagi uglerod bilan oziqlanadi. Getrotrof bakteriyalar organik birikmalardagi uglerod bilan oziqlanadi.
Tuproqda yashaydigan turli bakteriyalar hayot tarzi va bajaradigan vazifasiga ko‘ra bir-biridan keskin farq qiladi. Bularning ba’zilari (azot to‘plovchilar) atmosferadagi erkin azotni, ba’zilari ammiakdagi (nitrat to‘plovchilar) azotni va ayrimlari (ammoniy to‘plovchilar) oqsil birikmalaridagi azotni to‘plash qobiliyatiga ega.
Nitrosomonos bakteriyalari ishtirokida kechadigan biokimyoviy jarayon natijasida tuproqdagi ammiak dastlab (birinchi bosqich) nitrit kislotaga:

2NH3 + 302 = 2HN02 + 2H20 + 158 k.


keyin esa (ikkinchi bosqich) Nitrobakter ishtirokida nitrit kislota oksidlanib nitrat kislota hosil bo‘ladi. 2HN02 + 02 = 2HN03 + 48 k. bu jarayon nitrifikatsiya deyiladi va hosil bo‘lgan kislota tuproqdagi kationlar bilan kimyoviy reaksiyaga kirishib, Ca(NO3)2 kabi azot tuzlarini hosil qiladi. Bu tuzlar o‘simlik oziqlanishida ishtirok etadi. Neytral reaksiyada, optimal namlik va harorat 25-30 °C da bu jarayon yaxshi kechadi.


Tarkibida oqsil saqlaydigan organik moddalarning havosiz sharoitida parchalanishi natijasida bir qancha birikmalar, jumladan, H2S gazi ham hosil bo‘ladi. Bu gaz o‘simlik va tirik organizmlar uchun zararli hisoblanadi. Lekin oltingugurt birikmalari ta’siri ostida H2S gazi sulfat kislotaga aylanadi:


1. 2H2S + 02 = 2H20 + S2+ 126 kkal.
2. S2 + 302 + 2H20 = 2H2S04 + 294 kkal.

Bu jarayon sulfafikatsiya deyiladi.


Bakteriyalar ishtirokida azotli organik moddalar parchalanishidan NH3 hosil bo‘ladi va bu jarayon ammonifikatsiya deyiladi.
Mikroorganizmlar ildiz ajratmalari bilan bir qatorda nobud bo‘lgan ildiz qoldiqlarini ham iste’mol qiladi. Yuksak o‘simliklarning ildizi atrofida tuproq mikroorganizmlarining yashashi uchun qulay maskan - rizosfera yuzaga keladi. Rizosferadagi 1 g tuproq tarkibida o‘rtacha 10,7 mln mikroorganizm mavjud bo‘ladi.
Shunday holatlar ham bo‘ladiki, tuproqqa uglerodga boy moddalar (sersomon go‘ng) kiritilganda, mikroorganizmlar juda tez ko‘payadi va ko‘p miqdorda makro va mikroelementlarni o‘zlashtirib oziq moddalarning vaqtinchalik taqchilligini yuzaga keltiradi.
Tuprovdagi bakteriyalar ishtirokida bijg‘ish jarayoni yuzaga keladi. Anaerob sharoitda organik qoldiqlarning bijg‘ishidan moy kislota (C4H802) hosil bo‘ladi. Shu sabab bu jarayonni moyli bijg‘ish deyiladi. Sellyulozalar, pektinli moddalar moyli bijg‘ish jarayoniga uchraydi.
Desulfofikatsiya, denitrofikatsiya jarayonlari anaerob bakteriyalar ishtirokida boradi.

5C6H1206 + 24KN03 = 24KHC03 + 6C02 + 12N + 18H20


Bunday mikrobiologik jarayonlar aeratsiya sharoiti yomon bo‘lgan, tuproqning mutloqo havosiz qatlamlarida kuchli kechadi.


Tuproqda atmosferadagi molekulyar azotni o‘zlashtiradigan (azotobakterlar) hamda dukkakli o‘simliklar ildizida ular bilan simbioz holida yashaydigan tuganak bakteriyalar mavjud bo‘lib, har qaysi dukkakli o‘simlik ildizida o‘ziga xos tuganak baktsriyalar yashaydi. Tuganak bakteriyalar o‘zlashtirgan azot ular nobud bo‘lgandan keyin parchalanib o‘simlik oson o‘zlashtiradigan azot tuzlarini hosil qiladi.
Tuproq zamburg‘lari o‘simlik va hayvon qoldiqlarining parchalanishida muhim rol o‘ynaydi. Ular asosan yashil o‘simliklar bilan simbioz holatda yashaydi. Aktinomitsid (zamburg‘) lar asosan selyuloza, lignin, gumusni parchalaydi.
Suv o‘t (yo‘sin) lar tuproqning ustki qatlamida seryog‘in ko‘klam kezlarida ko‘p rivojlanadi. Baqa o‘t (lishaynik) lar zamburug‘ va suv o‘tlarining simbioz holida yashashidan vujudga kelgan o‘simlik hisoblanadi. Ular qatiq tog‘ jinslari ustida rivojlanib ular yuzasida yupqa qatlam hosil qiladi.
Tuproqdagi mikroorganizmlarning o‘zaro murakkab biologik ta’siri natijasida ular bir - irlariga va yashil o‘simliklarga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishlari mumkin.




    1. Download 1.71 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling