Toshkent davlat agrar universiteti X. Nomozov, M. Atabayev, Z. Asqarova, S. Asatova tuproq xossalari va o


Download 1.71 Mb.
bet12/99
Sana14.12.2022
Hajmi1.71 Mb.
#1001746
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   99
Bog'liq
ТУПРОК ХОССАЛАРИ Номозов 1. doc

Tuproqning kimyoviy singdirishi - bu tuproqning ayrim suvda erimaydigan yoki qiyin eriydigan tuzlari orasidagi kimyoviy reaksiyalar natijasida ayrim ionlarni tutish qobiliyatidir. Kimyoviy singdirish jarayoni natijasida S04- , CO-, PO- - singari anionlarga va Ca++, Mg++, Fe+++ kabi kationlar tuproqqa singib qoladi. Masalan, tuproqqa solingan superfosfat tuproq eritmasida mavjud bo‘lgan (qiyin eriydigan) bikorbanat kalsiy bilan reaksiyasi natijasida tuproqqa yopishadi:

2Ca(HCO3)2 + Ca (H2PO4) = Ca3(PO4)2 +4CO2+ 4H2O .
4. Tuproqning fizik-kimyoviy yoki almashinuvchan singdirishi bu tuproq qattiq fazasi kationining tuproq eritmasidagi shunga ekvivalent kation bilan almashishidir. (TCK) 2 Ca + 2KCl = (TCK)2K + Ca(Cl)2
Fizik-kimyoviy singdirish natijasida muhim oziq elementlar tuproqda ushlanib qoladi va pastki qatlamga yuvilib ketishidan saqlanadi. Tuproqqa istalgan bir suvda eruvchi tuzlar (o‘g‘it) ni solganda ularning kation eritmadan tuproqning mayda disperslangan zarralari (tuproq singdirish kompleksi -TSK) tomonidan yutilib, bunga ekvivalent miqdorda tuproq tomonidan avvalgi yutilgan kationlar eritmaga chiqariladi:
(TCK)Ca + NH4NO3 = (TCK)2NH4 + Ca(NO3)2
(TCK)Ca + KCl = (TCK)2K + Ca(Cl)2
(TCK)H + KCl = (TCK)K + HCl
Almashinuvchi singdirish paytida zol holidagi kolloidlarning gelga o‘tishi sababli tuproqda mikrostruktura ham paydo bo‘ladi.
5. Tuproqning biologik singdirishi tuproqda yashovchi organizimlar faoliyati bilan bog‘liq ravishda oziq elementlarning tuproqda ushlanib qolishidir. Ma’lumki, tuproqda yashaydigan tirik organizimlar va o‘simliklar turli oziq moddalarni o‘z organizimlarida saqlab, ular hayoti tugab chirigandan keyin bular tuproqda to‘planadi va o‘simlik oziqlanishda ishtirok etadi.
Atmosfera azotning mikroorganizmlar tomonidan fiksatsiya qilinishi ham biologik singdirish hisoblanadi. Biologik singdirishning muhum xususiyatlaridan biri, uning tanlab singdirishidir. Mikroorganizimlar va o‘simlik tomirlari tuproqdan asosan o‘ziga zarur bo‘lgan elementlarni o‘zlashtiradi.




    1. Download 1.71 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling