IV-bob. Tuproq kolloidlari va singdirish qobiliyati, uning o‘g‘itlar
ta’sirida o‘zgarishi
4.1. Tuproq kolloidlari va uning xususiyatlari
Doim Broun harakatida bo‘luvchi, diametri 0,2 - 0,001 mikron tashkil qiladigan, suvda kolloid eritmalar ski sistemalar hosil qiladigan tuproq zarrachalariga kolloidlar deyiladi. Ular minerallarning fizikaviy va kimyoviy nurashi va kolloid zarrachalarning birikishidan hosil bo‘ladi. Tuproq kolloidlari tarkibiga ko‘ra, mineral, organik va organo-minerallarga bo‘linadi.
Mineral kolloidlar dispers, kristall va amorf minerallardan iborat. Organik kolloidlar gumin va fulvokislotatar va ularning tuzlaridan iborat. Organo-mineral kolloidlar esa mineral va chirindi moddalarning o‘zaro birikishi natijasida hosil bo‘lgan birikmadir.
Tuproq kolloidlari ko‘pchiligi manfiy zaryadli (atsidoid), ozchiligi esa musbat zaryadli (bazoid) bo‘ladi.
Suv pardasiga o‘ralgan (gidratlangan) kolloidlarga gidrofil, gidratlanmagan kolloidlarga esa gidrofob kolloidlar deyiladi.
Tuproq kollovdlari zol va gel holida bo‘lishi mumkin. Zol holidagi kolloid suyuq muhitda erigan va tarqoq bo‘lib, to‘xtovsiz harakatda bo‘ladi. Gel holidagi kolloid, aksincha yopishqoq quyqa holida bo‘ladi. Zol holidagi kolloidlarning bir-biriga yopishib gel paydo bo‘lishi kogulyasiya, gel holidagi kolloidlarning yana qayta tarqalib zol hosil bo‘lishiga peptizatsiya deyiladi. Kolloidlar kogulyasiyasi asosan tuproqning suyuq qismidagi tuz, kislota va ishqorlarning o‘zaro ta’siri natijasida vujudga keladi.
Bir valentli kationlar (Na+, K+, N+) ta’sirida vujudga kelgan gel osonlik bilan yana zolga o‘tadi va bunga qaytar kogulyasiya deyiladi. Ikki va ko‘n valentli (Ca++, Mg++, Fe+++) kationlar ta’sirida paydo bo‘lgan gel qaytadan zolga o‘tmaydi va bunga qaytmas kogulyasiya deyiladi.
Kogulyasiya jarayoni agronomiya nuqtai nazaridan ijobiy jarayon hisoblanadi. Gel ta’sirida mayda zarralarning bir-biri bilan birikishidan tuproqda mikrostruktura hosil bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida donador strukturaga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |