Toshkent davlat agrar universiteti X. Nomozov, M. Atabayev, Z. Asqarova, S. Asatova tuproq xossalari va o


Tuproq mexanik elementlarining (N.L.Kachinskiy) tasnifi


Download 1.71 Mb.
bet9/99
Sana14.12.2022
Hajmi1.71 Mb.
#1001746
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   99
Bog'liq
ТУПРОК ХОССАЛАРИ Номозов 1. doc

Tuproq mexanik elementlarining (N.L.Kachinskiy) tasnifi

Guruh

Mexanikaviy elementlar
o‘lchami, mm

Mexanikaviy elementlar nomi

I

3 mm. va undan kattasi

Tosh

II

3- 1

Shag‘al

III

1 -0,5

Yirik qum




0,5 - 0,25

O‘rta qum




0,25 - 0,05

Mayda qum

IV

0,05- 0,01

Yirik chang




0,01 - 0,005

O‘rta chang




0,005 - 0,001

Mayda chang

V

0,001 - 0,0001

Loyqa

VI

0,0001 dagg kichigi

Kolloid

2-jadval
Tuproqning mexanik tarkibi bo‘yicha yagona klassifikatsion shkala

0,01 mm dan kichik bo‘lgan fizik loy, %





Mexagnik tarkibning to‘liq nomi

Mexanik tarkibning umumlashtirilgan nomi



0-5
6-10 11-20

Bo‘sh qum
Birikkan qum
Qumloq

Qumli

21 -30 31 -40
41 – 50

Yyengil qumoq
O‘rta qumoq
Og‘ir qumoq

Qumoqli

51 - 65 66-80
81 – 100

Yyengil loy
O‘rta loy
Og‘ir loy

Loyli




3.2. Tuproq mexanik tarkibining xalqaro klassifikatsiyasi
Tuproq mexanik tarkibini FAO diagrammasi asosida aniqlash aniqlik va oddiylikni yanada oshiradi. Bu uchburchakdan iborat diagrammaning chap tomonida loyqa fraksiyalar foizdagi ko‘rsatkichga, o‘ng tomoni chang ko‘rsatkichiga va pastki tomoni qum fraksiyalari ko‘rsatkichlari keltiriladi. Bu diagramma asosida tuproq mexanik tarkibini aniqlashda asosan diagrammaning pastki (qum) va chap (loyqa) tomonidan foydalaniladi.
3-jadval
Tuproq mexanik tarkibining nomlanishi

T


Simvollar

Xalqaro (FAO bo‘yicha)
nomlanishi

MDH da nomlanishi

Lotincha

Ruscha

O‘zbekchaa

1
2
3



Arg
Arg-L
Arg-A

G
GP
GPs

L
LCH
LQ

Loyqa
Changli loyqa Qumli loyqa

Og‘ir loyqa
O‘rta loyqa
Yyengil loyqa

4
5
6

La-Arg
La-L-Arg
La

Cr-G
Sg-Pl-G
Sg

Qm-L
Qm-CH-L
Qm

Loyqa (og‘ir) qumoq Qumoqli, changli
loyqa
Qumoq

Og‘ir qumoq
Og‘ir qumoq
Qumoq

7
8
9

La-A-Arg
A-La
L-La

Sg-Ps-G
Sg-Ps
Sg-P

Qm-Q-L
Qm-Q
Qm-CH

Qumoqli qumli loyqa
Qumli qumoq
Changli qumoq

O‘rta qumoq
Yyengil qumoq
O‘rta qumoq

10
11
12
13

L-Arg-La
L
A
A-La

Sg- P-G
P
Ps
Sg-Ps

Qm-CH-L
CH
Q
Qm-Q

Changli loyqali qumoq
Chang
Qum
Qumli qumoq

Og‘ir qumoq
Chang
Qum
Qumloq

Bunda fizik qumning % dagi ko‘rsatkichi bo‘yicha pastdan yuqori tomonga chiziq tortiladi. Fizik loyning foyizdagi ko‘rsatkichi bo‘yicha chapdan o‘nga tomon chiziq tortiladi. Bu ikkala chiziq kesishgan joyi esa tuproqning mexanik tarkibini ko‘rsatadi:




Fizik qum,% Fizik loy, % Mexanik tarkibi

  1. 76,6% 3,3% Qumloq

  2. 58,5% 8,7% Yyengil qumoq

  3. 30,3% 52,4% O‘rta loy (soz)

  4. 18,4% 29,2% O‘rta qumoq

  5. 45,0% 32,2% Og‘ir qumoq

  6. 54,1% 60,7% Og‘ir loy (soz)




  1. 3. Tuproq mexanik tarkibining mineral va mahalliy o‘g‘itlar

ta’sirida o‘zgarishi
Agronomik nuqtai nazardan qumoq tarkibli tuproqlar tuproqqa ishlov berishda, ekinlarning o‘sib rivojlanishida ham eng ma’qul mexanik tarkib hisoblanadi. Shuning uchun ham juda og‘ir va qumloq tuproqlarni zarur (qumoq) mexanik tarkibga keltirish uchun turli tadbirlar qo‘llanadi.
Mexanik tarkibi loy va og‘ir bo‘lgan tuproqlarga muntazam ravishda bir necha yil shudgordan oldin qum (yaxshisi ko‘k qum), tosh (allyuvial yotqiziq) va organik o‘g‘itlar solish tavsiya qilinadi. Qum va qumloq tuproqlarga esa loy va og‘ir tarkibli tuproqlar solish tavsiya qilinadi. Bu tadbirlar mahalliy o‘g‘itlarning tuproq mexanik tarkibiga ko‘rsatadigan ta’siriga yaqqol misol bo‘la oladi.
Tuproqqa yuqori me’yorda mineral (ayniqsa azotli) o‘g‘itlar solinishi tuproq tarkibidagi chirindining kamayishiga, bu esa muayyan tuproq mexanik tarkibining o‘zgarishi (og‘irlashishi) ga sabab bo‘lishi mumkin.
3.4. Tuproqning asosiy mexanik xossalari va uning o‘g‘itlar ta’sirida o‘zgarishi
Tuproq plastikligi, yopishqoqligi, bo‘kishi, cho‘kishi, yetilganligi uning mexanik xossalari deyiladi.
Nam holdagi tuproqning tashqi mexanik kuchlar ta’sirida o‘z shaklini o‘zgartirishi va bu o‘zgarishning tegishli mexanik kuchlardan keyin ham saqlab turish qobiliyati tuproqning plastiklik xossasi deyiladi.
Nam tuproqning ish qurollariga va boshqa narsalarga yopishib qolish qobilyatiga uning yopishqoqlik xossasi deyiladi. Tuproqning bu xossasi, ayniqsa uning mexanik tarkibi, chirindisi miqdori, strukturasi va namlik darajasiga bog‘liq. Tuproqning yopishqoqligi yerni ishlashda ancha qiyinchiliklarga, yerning sifatsiz ishlanishiga ko‘p mehnat sarf etilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Tuproqning suv ta’sirida o‘z hajmini kattalashtirish qobilyatiga uning bo‘kish (ko‘pchish) xossasi deyiladi.
Tuproq qanchalik ko‘p bo‘ksa shunchalik cho‘kadi.
Oz kuch sarflab tuproqning ishlanish holatiga uning fizik (mexanik) etilganligi deyiladi. Namning miqdori tuproqning og‘irligiga nisbatan 14-18% bo‘lganda tuproqning fizik etilganligi vujudga keladi. Mineral va mahalliy (ayniqsa go‘ng) o‘g‘itlar ta’sirida tuproqning fizik, biologik va kimyoviy xususiyatlarining sezilarli o‘zgarishi tuproq mexanik xossalarining ham o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.
Savollar

  1. Tuproqning mexanik elementlari va mexanik tarkibi orasidagi farq nima?

  2. Tuproqning asosiy mexanik xossalarini aytib bering.

  3. Tuproq mexanik tarkibini aniqlashdagi MDH va FAO klassifikatsiyasi orasidagi farq nima?

  4. Tuproq mexanik tarkibi va mexanik xossalari mineral va mahalliy o‘g‘itlar ta’sirida o‘zgaradimi, agar o‘zgarsa uning sababini tushintirib bering.


Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling