Toshkent davlat agrar universiteti X. Nomozov, M. Atabayev, Z. Asqarova, S. Asatova tuproq xossalari va o
Download 1.71 Mb.
|
ТУПРОК ХОССАЛАРИ Номозов 1. doc
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuproq srukturasi
Tuproqning rangi - bu birinchi ko‘zga tashlanadigan belgi hisoblanadi. Tuproqqa asosiy rang beradigan elementlar esa chirindi, temir birikmalari, kremniy kislota, uglekislota, ohak va boshqalardir.
Chirindi tuproqqa qora, to‘q kulrang va kulrang ranglarni beradi. Temir oksidi birikmalari tuproqqa qizil va sariq rang beradi. Kremniy kislota, kalsiy karbonat va kaolinit tuproqqa oq va oqish rang beradi. Bu uch rangning o‘zaro nisbati tuproqning turli xil ranglarini vujudga keltiradi. Tuproq rangiga uning namligi ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Tuproqning rangi ho‘l tuproqda to‘qroq, quruq tunroqda ochroq bo‘ladi. Shuningdek, dala sharoitida ertalab va kechqurun tuproq rangi to‘qroq, kunduzi esa ochroq ko‘rinadi. Tuproq rangini asosan bir xil rang bilan xarakterlash qiyin. Shuning uchun ranglik darajasi bo‘yicha (ochiq qo‘ng‘ir, to‘q qo‘ng‘ir) yoki o‘rtadagi rangi bo‘yicha (kulrang, kulrang-qo‘ng‘ir) agar tuproq gorizontal bir xil ranga ega bo‘lmasa ularni dog‘dor (pyostriy) deb xarakterlanadi. Tuproq srukturasi - tunroqnipg ayrim agregatlari bo‘lib tuproq parchalanganda shu agregatlargacha parchalanadi. Tuproqda asosan kub ko‘rinishdagi, prizma ko‘rinishdagi, plitka ko‘rinishdagi strukturalar farqlanadi - Agregatlarning o‘lchamiga bog‘liq ravishda tuproq strukturasi quyidagi gruppalarga bo‘linadi: Kesak ko‘rinishida - 10 mm dan katta. Makrostrukturali - 10 - 0,25 mm. Qalin mikrostrukturali - 0,25 - 0,01 mm. Yupqa mikrostrukturali - 0,01 mm dan kichik. Barcha tuproqlarni strukturali va strukturasiz tuproqlarga ajratish mumkin. Agar ayrim mexanik elementlar o‘zaro kattaroq bo‘laklarga birlashgan bo‘lsa, bu strukturasiz bo‘ladi. Bo‘sh qum bunga misol bo‘la oladi. Agar tuproq massasi turli forma va kattaliklarda bo‘laklarga bo‘lingan bo‘lsa, unday tuproq strukturali hisoblanadi. Tuproqniig joylanishi (yotishi) Bu ko‘rsatkich tuproq qattiqligi va g‘ovakligining tashqi ifodasi bo‘lib quyidagicha farqlanadi: Juda qattiq - belkurak bilan qazib bo‘lmaydi, lom yoki kirka bilan qazish mumkin. Bu asosan illyuvial hamda tuzli qatlamlarning quruq holatdagisi. Qattiq - belkurak bilan zo‘rg‘a qazish mumkin. Bu asosan og‘ir qumoq loyqa mex. tarkibli tuproqlarning illyuvial qatlamlaridir. Bo‘sh - chuqur kovlash oson, belkuraklardan tashlangan tuproq osongina kichik bo‘laklarga bo‘linib ketadi. To‘kiluvchan - bu asosan qumli va qumloq tuproqlarning haydalma qatlamidir. Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling