Toshkent davlat agrar universiteti X. Nomozov, M. Atabayev, Z. Asqarova, S. Asatova tuproq xossalari va o


Tuproq rsaksiyasi va buferligi, ularning mineral va mahalliy


Download 1.71 Mb.
bet14/99
Sana14.12.2022
Hajmi1.71 Mb.
#1001746
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   99
Bog'liq
ТУПРОК ХОССАЛАРИ Номозов 1. doc

5.2. Tuproq rsaksiyasi va buferligi, ularning mineral va mahalliy
o‘g‘itlar ta’sirida o‘zgarishi
Tuproq eritmasida H ionining konsentratsiyasi OH ioni konsentratsiyasi bilan barobar bo‘lganda tuproq eritmasida neytral, undan oshiq bo‘lganda kislotali, kam bo‘lganda ishqoriy reaksiya (pH) yuzaga keladi.
Modamiki, tuproq eritmasi reaksiyasi mikroorganizm va o‘simliklar hayotida katta rol o‘ynaydi. Ko‘pchilik o‘simliklar pH 3,5 dan kichik va 9 dan katta bo‘lganda yaxshi o‘saolmaydi.
Tabiiy sharoitda tuproq eritmasi reaksiyasi (pH) 3 - 3,5 dan 9-10 gacha o‘zgarib turadi, lekin asosiy o‘zgarish 4-8 atrofida bo‘ladi.
Tuproq eritmasida erkin holdagi vodorod ionlarining ko‘p miqdorda to‘nlanishi natijasida vujudga kelgan kislotalik aktual kislotalik, singdiruchi kompleksida to‘plangan H ionlari hisobiga yuzaga kelgan kislotalik - potensial (yashirin) kislotalik deyiladi.
Aktual kislotalik asoslar bilan to‘yinmagan tuproqlardagina yuzaga kelishi mumkin. Potensial kislotalik tuproq eritmasi va singdiruvchi kompleksning o‘zaro ta’siri nati-jasida yuzaga keladi.
4-jadval

H ionlari konsentratsiyasi, g/l

pH

Tuproq eritmasining muhiti

10-3-10-4
10-4-10-5
10-5-10-6
10-7
10-7-10-8
10-8-10-9
10-9-10-11



3 - 4
4 - 5
5 - 6
7
7 - 8
8 - 9
9 - 11

Kuchli nordon
Nordon
Kuchsiz nordon
Neytral
Kuchsiz ishqoriy
Asosli
Kuchli ishqoriy

Tuproqda doimo C02 hosil bo‘lib turadi. Uning tuproq namligida erishi natijasida H2CO3hosil bo‘lib, bu o‘z navbatida, H+ va ,HCOz- ionlariga dissosiatsiyalanadi, natijada eritmada H+ konseptratsiyasi oshadi.


Biroq tuproq eritmasida hosil bo‘lgan H2CO3 yutilgan asoslar (Сa, Mg,Na) va shuningdek, СaCO3 va MgCO3 tomonidan neytrallanadi.


(TSK)Сa + 2H2CO3=(TSK)2H + Сa(HC03)

Shunday qilib tuproqning aktual kislotaligi — bu H2C03, suvda eruvchi organik kislotalar va gidrolitik nordon tuzlar tomonidan hosil qilinadigan tuproq eritmasining kislotaligdir. Tuproqning aktual kislotaligi o‘simlik va tuproq mikroorganizmlari rivojiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi.


Potensial kislotalik almashinuvchi va gidrolitik turlarga bo‘linadi. Tuproqning almashinuvchi kislotaligi bu tuproq eritmasida H+ yoki A1_+ ionining yutilgan holatda bo‘lishidir.
(TSK)H + KCI = (TSK)K + HCI H+ ionining shu tariqa siqib chiqarilishi natijasida tuproq eritmasi nordonlashadi. Tuproq kislataligining bo‘nday turi almashinuvchan kislatalik nomini olgan. Almashinuvchan kislatalik qizil, chimli padzol hamda qora tuproq zonasining shimoliy qismi uchun xarakterlidir. Almashinuvchan kislotalik tuproqqa katta miqdorda suvda eruvchan fiziologik nordon o‘g‘itlarni solganda ahamiyati yanada oshadi.
Tuproqning gidrolitik asosli tuzlar yordamida aniqlanadigan kislotaligi tuproqning gidrolitik kislotaligi deyiladi. Gidrolitik kislotalik 100 gr tuproqqa mg/ekv da hisoblanadi.
Gidrolitik kislotalikning tuproq eritmasi reaksiyasiga boshqaruvchilik ta’siri asosan uning reaksiyasi (pH) neytrat yoki kuchsiz asosli bo‘lgan hollarda ko‘rinadi. Gidrolatik kislotalilik vodorod ionining kam harakatchan qismini o‘zida tutganligi uchun (almashinuvchan kislotalilik bo‘lmagan hollarda) o‘simliklar uchun zararli emas.
Tuproq eritmasi reaksiyasi faqatgina almashinuvchan va gidrolitik kislotalik kattaligi bilangina bog‘liq bo‘lmasdan tuproqning asoslar bilan to‘yinganlik darajasi bilan ham bog‘liq bo‘lib, u quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
S
V= ------ x100
S+H
H – tuproqning gidrolitik kislotaligi
T – tuproqning umumiy singdirish sig‘imi
S – yutilgan asoslar (Ca,Mg,K,Na) umumiy miqdori.
To‘yinganlik darajasi umumiy hajmning qaysi qismi asoslar bilan yutilganligiga, qaysi qismi gidrolitik kislotalilik bilan yutilganligiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatadi.
Shuningdek, tuproqda ikki xil aktual va potensial ishqoriylik farqlanadi. Aktual ishqoriylik tuproq eritmasida gidrolitik ishqoriy tuzlar (Na2CO3,NaHCO3,CaCO3) ning bo‘lishi bilan hosil bo‘ladi va ular dissotsialanganda gidroksil ionlarning konsentratsiyasi yuqori bo‘ladi

Na2CO3 + 2HOH = H2CO3 = 2Na+ + 2OH-


Shuningdek, aktual ishqoriylik pH kattaligida o‘lchanadi. Titrlangandagi ishqoriylik esa tuproq eritmasidagi umumiy ishqoriylikni bildiradi. Potensial ishqoriylik esa yutilgan natriy bor tuproqlarda kuzatiladi. Tuproq eritmasi ishqoriyligi o‘simliklar tomonidan kislotalikka nisbatan yomonroq qabul qilinadi.


Tuproq eritmasining reaksiyasini neytrallash maqsadida kimyoviy melioratsiya tadbirlari o‘tkaziladi. Shu maqsadda reaksiyasi kislotali tuproqlar (podzol tuproqlar) ohak (CaCO3), ishqoriy reaksiyali tuproqlar (Sho‘rtob tuproqlar) gips (CaSO4 . 2H2O) solish yo‘li bilan ularning reaksiyasi neytral holga keltirilib, xossalari yaxshilanadi.
Tuproq eritmasining turli xil (nordon va asosli) reaksiyalar ta’siriga qarshi tura olish qobiliyati uning buferligi deyiladi va u tuproq eritmasining kimyoviy tarkibi va xossalariga bog‘liq.
Karbonatli tuproqlar (bo‘z tuproqlar) ga solingan (NH4)2SO4 kabi fiziologik kislotali o‘g‘itlar tuproq tarkibidagi karbonat bilan quyidagicha reaksiyaga kirishib neytrallanadi va bunda tuproq eritmasining reaksiyasi o‘zgarmaydi.

CaCO3+(NH4)2SO4=CaSO4+(NH4)2CO3


Singdiruvchi kompleksi asoslar bilan to‘yingan (bo‘z, qora, kashtan) tuproqlar esa ishqoriy reaksiyaga qarshi buferlik xususiyatiga ega. Tuproq singdirish sig‘imi qancha katta bo‘lsa, tuproqning buferligi ham shuncha kuchayadi. Tuproq mexanik tarkibi va organik moddalar miqdoriga bog‘liq ravishda uning buferligi ham turlicha bo‘ladi. Buferlik odatda serchirindi qumoq tuproqlarda kuchliroq bo‘ladi.


Ma’lumki, tuproqqa kiritiladigan mineral (kimyoviy) o‘g‘itlarning ko‘plari (fosforli va ammoniyli) fiziologik nordon, ko‘plari (nitratli) fiziologik asosli o‘g‘itlar hisoblanadi.
Podzolga o‘xshagan kislotali muhiti kuchli tuproqlarga uzoq yillar yuqori me’yorlarda fiziologik nordon hisoblangan ammoniyli o‘g‘itlarning solinishi yoki kuchli sho‘rlangan tuproqlarga nitratli va KCI ga o‘xshagan fiziologik asosli o‘g‘itlarning solinishi tuproq muhiti (reaksiyasi) ni kislotalik yoki asoslik tomonga yana kuchayishiga sabab bo‘ladi.
Mahalliy o‘g‘itlar (ayniqsa go‘ng) ning ilmiy asosda solinishi tuproq singdirish sig‘imining oshishiga, u esa o‘z navbatida tuproq buferlik qobiliyatining oshishiga sabab bo‘ladi.
Savollar
1. Tuproq eritmasi va osmotik bosimi qanday faktorlar ta’sirida o‘zgaradi?
2. Tuproq eritmasining buferligi nimalarga bog‘liq?
3. rN miqdoriga bog‘liq ravishda tuproq eritmasining reaksiyasini nomlab bering.



Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling