Toshkent davlat agrar universiteti X. Nomozov, M. Atabayev, Z. Asqarova, S. Asatova tuproq xossalari va o
Download 1.71 Mb.
|
ТУПРОК ХОССАЛАРИ Номозов 1. doc
VII-bob. Tuproqda biogen elementlar va gumusning aylanishi va balansi
Biogen elementlar deb - tirik organizm tarkibiga kiruvchi va unda ma’lum biologik funksiyalarni bajaruvchi oziq (kimyoviy) elsmentlarga aytiladi. Mineral va organik o‘g‘itlar oziq elementlar manbai sifatida teng huquqli hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda mineral o‘g‘itsiz bugungi dehqonchilikda oziq elementlar ijobiy balansini hosil qilish qiyin. Tabiiy biotsenozlarda biogen elementlarning yopiq sikli vujudga keladi, sun’iy agrotsenozlarda esa hosilning chiqib ketganligi uchun bu sikl uziladi. Biogen (oziq) elementlar balansi - bu konkret maydon (dala, xo‘jalik, viloyat va boshqalar) tuproqlaridagi oziq elementlarning miqdoriy ko‘rsatkichi bo‘lib, bunda oziq elementlarning barcha turdagi kirishi va chiqishi ma’lum bir vaqtga hisoblanadi. Tuproqqa biogen elementlarning kirish qismiga quyidagilar kiradi: Mineral o‘g‘itlar, 2. Mahalliy o‘g‘itlar, 3. O‘simlik qoldiqlari, 4. Urug‘lik (ekuv) materiallari, 5. Qor, yomg‘ir bilan tushishi, 6. O‘simlik dukkaklari va mikroorganizm-larning biologik fiksatsiyasi orqali tushishi. Tuproqdan biogen elementlarning chiqishiga (sarflanishiga) quyidagilar kiradi: 1. Hosilning asosiy va yordamchi qismi bilan chiqishi O‘simliklar qoldiqlari bilan chiqishi Yerning yuzasidan va grunt suvlari bilan chiqishi Erroziya jarayoni orqali yo‘qolishi Gaz holatda uchib yo‘qolishi Oziq (biogen) elementlar balansi biologik, xo‘jalik va tashqi xo‘jalik qismlarga bo‘linadi. Biologik balansda - modda aylanishiga ishtirok qiladigan barcha oziq moddalar va shu jumladan, o‘simlik poyasi va tomiri orqali kiradigan (tushadigan) oziq moddalar ham hisobga olinadi. Xo‘jalik balansi - oziq elsmentlarning asosiy va yordamchi mahsulotlar bilan olib chiqilishi va ular o‘rnini mineral va organik o‘g‘itlar bilan to‘ldirilishiga asoslanadi. Tashqi xo‘jalik balansi - oziq elementlarning tovar mahsulotlari bilan xo‘jalikdan tashqariga chiqib ketishi va ular o‘rnini o‘g‘itlar bilan qoplash ko‘zda tutiladi. Asosiy (N,P,K) oziq elementlar balansini quyidagi formulalar bilan hisoblash mumkin: BN = kirish (No‘g‘ + Nur + Nb) - chiqish (No‘s + Nr + Nyu) Br = kirish (Po‘g‘ + Pur) - chiqish (Po‘s + Pyu) BK = kirish (Ko‘g‘ + Kur + Kyo) - chiqish (Ko‘s + Kyu) BN,P,K - Azot, fosfor, kaliyning balansi N,P,K o‘g‘ - o‘g‘itdagi N,P,K iing miqdori N,P,K ur - urug‘ (ekuv materiallari) bilai tushadigan N,P,K N b - tugagnaklar va mikroorganizmlar hosil qiladigan azot Kyo - Yog‘in bilan tushadigan kaliy. N,P,K o‘s - o‘simliklar bilan chiqib ketadigan N,P,K N,P,K yu - suv va erroziya sababli yo‘qoladigan N,P,K Ng - Gaz holatda yo‘qoladigan azot. Bunint kattaligi solingan o‘g‘itning 25% ga teng. Mineral (asosan azotli) o‘g‘itlar tuproq tarkibidagi gumusning mineralizatsiyasini kuchaytiradi. Ekosistemada fosforning aylanishi azotnikiga nisbatan oddiy: tunroq-suv-o‘simlik. Fosfor va kaliyning azotga o‘xshab tuproqda to‘planadigan tabiiy manbalari yo‘q. Tuproqdagi P va K tanqisligi faqat mineral va organik o‘g‘it qo‘llash yo‘li bilan bartaraf qilinadi. Tuproqdagi P na K asosan erroziya sababli yo‘qotiladi. Gumusning balansi quyidagilarga asoslanadi: Hozirgi davr agrotexnika darajasida tuproq gumusining sarflanishi. O‘simlik hosildorligi darajasiga va tuproqda qoladigan, ular massasiga bog‘liq ravishda tuproq gumusining to‘ldirilishi. Yetishmagan gumus miqdorini go‘ng solish hisobiga to‘ldirish. Tuproq haydov qatlamidan gumusning yo‘qolish sabablari quyidagilar hisoblanadi: Biotsenozning agrotsenoz bilan almashinishi bois tuproqda qoladigan o‘simlik qoldiqlarining kamayishi. Tunroqning ishlanishi va aeratsiyasi bois organik moddalar mineralizatsiyasining kuchayishi. Mineral o‘g‘itlar solinishi natijasida gumusning parchalanishi. 4. Sug‘orishning birinchi yili gumus mineralizatsiyasining oshishi (keyingi yillari gumus mineralizatsiyasi stabillashadi). 5. Erroziya jarayonlari. Tuproqda mineralizatsiyalangan gumus o‘rnini qoplanishning asosiy yo‘llari: Barcha turdagi mahalliy o‘g‘itlarni ishlatish va shuningdek, ularni mineral o‘g‘itlar bilan birga ishlatish. Ko‘k o‘g‘itlarni tuproqqa ko‘mish. Almashlab ekishda dukkakli o‘simliklardan foydalanish. O‘g‘it sifatida somon va azotli o‘g‘itlarni qo‘shib ishlatish. Organik chiqindilarni o‘g‘it sifatida ishlatish Mineral o‘g‘itlar o‘simliklar (yer osti va yer usti) massasini oshirish orqali tuproqdagi gumus miqdorini oshirishni hisobga olish. Tuproq chirindisining sarf qismini aniqlashning oddiy yo‘li bu quyidagicha: Gumus tarkibidagi azotning o‘rtacha miqdori 5%. Tegishli hosilni olish uchun o‘simlik tomonidan 100 kg azot ishlatilgan. Bu miqdor azot necha tonna gumusdan olinadi? 100 kg gumusda - .5 kg azot bor 100 x 100 X kg gumusda - 100 kg azot bor. X= — -— = 2000 kg 5 Savollar I,R,K kabi biogen elemeitlar balansini aniqlaydigan formulalarni yozing. Tuproq gumusining balansi nimalarga asoslangan? Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling