Toshkent davlat agrar universiteti X. Nomozov, M. Atabayev, Z. Asqarova, S. Asatova tuproq xossalari va o


IX-bob. O‘zbekistonning asosiy tuproqlari, ularning agrokimyoviy tavsifi va bu tuproqlar xossalarining o‘g‘itlar


Download 1.71 Mb.
bet20/99
Sana14.12.2022
Hajmi1.71 Mb.
#1001746
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   99
Bog'liq
ТУПРОК ХОССАЛАРИ Номозов 1. doc

IX-bob. O‘zbekistonning asosiy tuproqlari, ularning agrokimyoviy tavsifi va bu tuproqlar xossalarining o‘g‘itlar ta’siridagi o‘zgarishi


9.1. O‘zbekiston tuproqlarini hosil qiluvchi asosiy omillar
Tabiiy sharoitda tuproq hosil bo‘lish nazariyasini taniqli rus olimi V.V.Dokuchayev yaratgan va shu bois u genetikaviy tuproqshunoslik fanining asoschisi hisoblanadi. V.V.Dokuchayev tuproq qatlami va tuproq hosil qiluvchi asosiy omillar o‘rtasidagi funksional bog‘liqlikni quyidagi formula bilan ifodalagan (Ienni, 1948; Sattorov,1995):


T= f(I, O, Tj, P) V,
bu yerda:
f - tuproq va tunroq hosil qiluvchi omillar o‘rtasidagi funksional bog‘liqlik.
T - tuproq, I - iqlim, 0 - organizm, Tj - tog‘ jinsi, P - rel’ef, V - vaqt.
Ayni omillarning har xil nisbatdagi ta’siri natijasida tuproq turlari yuzaga keladi.
Tabiiy tuproq hosil bo‘lish jarayonida kimyoviy o‘zgarishlar quyidagi formula bilan ko‘rsatilgan edi:
T= TX(TJ+ A- CH) V,
bu yerda:
T- tuproq, Tx- tuproq hosil bo‘lishi, Tj-tog‘ jinsi, A-moddalarning to‘planishi, CH-biogen moddalarning kelib chiqishi, V-vaqt.
Biroq qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishida tuproq tabiiy sharoitdagidan butunlay farq qiladigan sharoitda, ya’ni inson faoliyati ta’sirida bo‘ladi. Ayniqsa, sug‘oriladigan sharoitda inson faoliyatining tuproqqa ta’siri yanada kuchayadi.
Inson faoliyati tuproq hosil bo‘lish jarayoniga agrotexnik tadbirlar, geologik va qurilish ishlari, daraxtlarni kesish, sizot suvlar sathini pasaytirish yoki ko‘tarish singari ishlar orqali ta’sir ko‘rsatadi.
Agrotexnik tadbirlar qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishida muntazam qo‘llanilgani bois doimiy antropogen omil, qolganlari esa vaqti-vaqti bilan, zarurat tufayli namoyon bo‘lgani sababli muvaqqat antropogen omil deb yuritiladi.
Sobiq Ittifoq davrida Markaziy Osiyodagi barcha respublikalar, ayniqsa O‘zbekiston uchun g‘o‘za yetakchi qishloq xo‘jalik ekini hisoblangan va barcha tuproqlarda paxtadan mo‘l hosil olishga mo‘ljallangan agrotexnik tadbirlar tizimi qo‘llanilgan. Bu tizimga tuproqni kuzgi, bahorgi va yozgi (qator orasini) ishlash, mahalliy va mineral o‘g‘itlar qo‘llash, sug‘orish, o‘simliklarni himoya qilish, ularga desikatsiya, defoliatsiya vositalari va begona o‘tlarga qarshi gerbitsidlar qo‘llash, hosilni mexanizatsiya yordamida yig‘ishtirish va hakozolar kiradi. Demak, tabiiyki, paxtachilik mintaqasi tuproqlari muntazam ravishda yuqorida aytilgan agrotextnik tadbirlar ta’sirida bo‘ladi. Tabiiyki, ular tuproqning tarkibi, xossalari va hosil bo‘lish jarayoniga ta’sir qiladi. Natijada, tuproq hosil qiluvchi omillar yig‘indisi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:

Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling